4-mavzu: psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi reja



Yüklə 95,97 Kb.
səhifə8/9
tarix02.04.2023
ölçüsü95,97 Kb.
#104046
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-mavzu psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi reja

Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo`llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo`lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo`llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng ko`llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu metodi ham so`roq-javob metodiga tegishlidir. Ko`pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o`xshatib, ya’ni ko`p masalalar yuzasidan ko`plab javoblar olishni ko`zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to`g‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o`rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o`rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo`llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar bog‘chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko`proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo`lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o`tkazilsa ancha foydaliroq bo`ladi), balki o`rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o`tkazilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog‘liq bo`lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.

Yüklə 95,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə