4-mavzu: Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning xususiyatlari


Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va ularning taqsimoti



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#155791
1   2   3   4   5   6
4-mavzu Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning xususiyatlari

Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va ularning taqsimoti


Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq umumishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan xarajatlar hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» tizimidaa alohida olib borishlari mumkin. Ushbu schotlar tizimida ochiladigan maxsus schotlarda, chunonchi, quyidagi xarajatlar aks ettiriladi:


a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlari;
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
b) ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari;
g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish xarajatlari;
e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
f) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»
schotining debetida va mos ravishdagi boshqa schotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan xarajatlar qurilish tashkiloti hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schot) va yordamchi ishlab chiqarish (2310 schot) xarajatlariga olib boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari, chunonchi, qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda, ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari misolida 2-bobda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlarining qolgan moddalari ham mos ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal- orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.



    1. Yüklə 49,07 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə