4-mavzu: Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning xususiyatlari



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə6/6
tarix23.12.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#155791
1   2   3   4   5   6
4-mavzu Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning xususiyatlari

4.4-jadval




Qurilish ishlari haqiqiy tannarxi va uni reja (normativ) tannarxdan chetlanishi hisobi kalkulyatsion kartochkasi


Ob’ekt – «Do‘stlik kompleksi»





Xarajat moddasi

Reja (normativ) Bo‘yicha

Haqiqatda

Chetlanish (+,-)

1

Material xarajatlari

35300000

35750000

+450000

2

Ish haq xarajatlari

25000000

24650000

-350000

3

Ijtimiy sug‘urta

6250000

6162500

-87500

4

Amortizatsiya ajratmalari

1600000

1475500

-124500

5

Yordamchi ishlab chiqarish
xarajatlari

6100000

5460000

-640000

6

Umumishlab chiqarish
xarajatlari

5750000

5402000

-348000

7

Jami tannarx

80000000

78900000

-1100000

8

Shartnoma qiymati

120000000

120000000

0

9

Shundan QQS

20000000

20000000

0

10

Yalpi foyda

20000000

21100000

+1100000

11

Davr xarajatlari

8000000

8600000

+600000

13

Qurilishga doir soliqgacha foyda summasi

12000000

12500000

+500000

Kalkulyatsion kartochkaning alohida ustunchalarida xarajat moddalari bo‘yicha ularning reja yoki normativ miqdori hamda yuz bergan chetlanishlar ko‘rsatiladi. Kartochka ma’lumotlari qurilish ishi xarajatlarini qay darajada to‘g‘ri rejalashtirilganligi yoki ular bo‘yicha normativlarning to‘g‘ri belgilanganligiga baho berishga, reja yoki normativlardan chetlanishlarning sabablari, aybdorlari va boshqa jihatlarini aniqlashga, shuningdek tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon beradi.


Jarayonli usul qurilish ishlarini tashkil qiluvchi ma’lum jarayonlar, chunonchi loyihalashtirish, qurishga tayyorlash, ob’ektni qurish, jihozlarni o‘rnatish, sinash va topshirish kabi jarayonlar tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi. Har bir jarayonga ketgan haqiqiy sarf-xarajatlar majmuasi uning haqiqiy tannarxini tashkil etadi. Ushbu haqiqiy tannarx summasi keyingi jarayon uchun tugallanmagan qurilish qiymati bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlarini buyurtmachilarga jarayonlar bo‘yicha topshirish pudrat shartnomalarida ko‘zda tutilgan hollarda tugallangan jarayonning haqiqiy tannarxi buyurtmali usulda keltirilgan tartibda kalkulyatsiya qilinadi. Ushbu kalkulyatsiya ma’lkumotlari topshirilgan jarayon qiymatini sotish tannarxi sifatida hisobga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Hissali usul (yoki tugallanish foizi usuli) pudrat shartnomalariga ko‘ra qurilish ishlarini buyurtmachilarga tugallanish foiziga ko‘ra topshirish ko‘zda tutilganda qo‘llaniladi. Qurilishning tugallanish foizi hisobot oyning
oxirida jami haqiqatda ketgan sarf-xarajatlarni qurilish ishlarining smeta tannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish orqali topiladi. Ushbu hisob-kitob asosida topilgan qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi buyurtmachilarga topshirilgan ishlarning tannarxi (sotish tannarxi) sifatida hisobga olinadi.
Yüklə 49,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə