4-mavzu: Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning xususiyatlari


Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari



Yüklə 49,07 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü49,07 Kb.
#155791
1   2   3   4   5   6
4-mavzu Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilishning xususiyatlari

Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari


Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.


Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish bir qancha maqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va haqiqatda ketgangan sarf-xarajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish reja tannarx yoki normativ tannarxga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni aniqlashga, ushbu chetlanishlar bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham, qurilish ishlari haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish jarayonini hisobga olishning yakuniy bosqichida bajariladigan zarur ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi xarajat ob’ekti sifatida qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish ob’ektiga (buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotida to‘plangan hisob ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu schotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya kartochkasining tegishli xarajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi (5.4-jadval).

Yüklə 49,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə