4-mavzu. Sezgi. Idrok reja


Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o



Yüklə 194,51 Kb.
səhifə14/15
tarix19.12.2023
ölçüsü194,51 Kb.
#152710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4-mavzu. Sezgi. Idrok reja

Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o`ynashiga qarab: ko`rish, eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta`m bilish idroklari bir-biridan farq qiladi.

  • Yashash shakllariga qarab idrok: fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga bo`linadi.

  • Idrok faollik darajasiga qarab: ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo`linadi. Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bog`liqligidir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq bo`lishiga xizmat qiladi.

    Ma`lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyorsiz idrok hamisha ixtiyorsiz diqqat bilan bog`liq bo`lib, muayyan bir maqsadsiz, hech qanday iroda kuchi sarf qilinmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsani to`satdan, ta`sir etayotgan narsalarning boshqa narsalardan keskin farq qilishi, haddan tashqari originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning butun faoliyati davomida uzluksiz davom etib, ayrim paytlarda ixtiyoriy idrok bilan almashinib turadi. Lekin shunday bo`lsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli benihoya kattadir.
    Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo`lgan iroda jarayonining bir qancha o`ziga xos xususiyatlari bordir. Odatda ikki idrok turi farq qilinadi. Ulardan biri sodda idrok bo`lsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda idrok deganda atrofimizdagi turli-tuman narsalari masalan, xonadagi stol-stullar, shkaflar hamda shkaflardagi o`yinchoqlarni idrok qilish sodda idrok qilishdan iboratdir.
    4.9. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish. Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko’ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:

    1. Fazoni idrok qilish

    2. Vaqtni idrok qilish

    3. Harakatni idrok qilish

    Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, uning xususiyatlari, xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
    Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o’zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o’lchovda idrok qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to’rt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta, kichik, o’rtacha, yirik, mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o’ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko’rish, teri, muskul-harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko’z bilan yoki ikki ko’z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko’zning to’r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko’z gavharlarida bir-birini kesib o’tadi va ularning kesishgan joyida ko’rish burchagi hosil bo’ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga hamda uning ko’zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog’liq. Ko’z gavharlarining va
    umuman ko’zning narsalarni eng yaxshi ko’rish uchun moslashuvini akkomadasiya deyiladi.
    Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki ko’z bilan binokulyar idrok qilinadi.
    Biz bir narsaga ikki ko’z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o’sha narsadan keladigan nurlarning ko’z pardasiga mos yoki mos bo’lmagan nuqtalariga to’g’ri kelishidir.
    Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim ahamiyatga ega.
    Konvergensiya - biror narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining qanshar tomon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq idrok qilishga imkon beradi.
    Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining ob'ektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning o’ziga nisbatan munosabatiga bog’liq bo’lib, shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji motivasiyasi, qiziqishi va intilishlariga mutanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt ob'ektiv jihatdan kechinmalar, his-tuyg’ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida tez o’tganday idrok qilinadi, odatda yoqtirmaslik idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt "sekin" o’tish tuyg’usini uyg’otadi.
    Biz idrok qilib turgan narsa-hodisalar muayyan vaht davomida paydo bo’ladi, o’zgaradi va o’tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ularning muntazamligini aks ettirishdir. Vaqtni idrok qilish ob'ektiv reallikni aks ettirib, kishini o’rab olgan muhitda mo’ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo’ljal olish orientirovkasi miyaning po’st bo’limlari yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a'zo mavjud emas.
    Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oraliqinining bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
    Markaziy asab tizimida bosh miya katta yarim sharlarida qo’zg’alish va tormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya po’stida qo’zg’alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt "tez" o’tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt "sekin" o’tgandek idrok qilinadi. Vaqtning "tez" yoki "sekin" o’tishi kishining vaqtga va diqqati yo’naltirilgan ob'ektga munosabatiga ham bog’liq. Masalan, biror darsning o’tishi, kinofilmni ko’rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtni ob'ektiv belgilash, uning oraliqini to’g’ri farqlashga imkon beradigan narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.
    Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko’rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
    Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida o’z o’rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda o’rin almashtirib turishini, ya'ni harakatini ham idrok qiladilar. harakatni idrok qilishda ko’rish va kinestezik analizator asosiy rol o’ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo’nalishi harakat qilayotgan ob'ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yo’l bilan ma'lumot olishi mumkin.

    Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir.
    a) ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
    b) ko’zni bir nuqtaga qaratib turish.
    Harakat tez yoki sekin bo’layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilinishi narsalarning ob'ektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq yaqinligiga bog’liq harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.



    Yüklə 194,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə