4-mavzu: talab, taklif va bozor munosabati reja


Mahsulotlarning o'rnini bosuvchanligi



Yüklə 104,52 Kb.
səhifə11/11
tarix30.12.2023
ölçüsü104,52 Kb.
#164724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-mavzu

Mahsulotlarning o'rnini bosuvchanligi. Iste'molchiga biror mahsulotning o'mini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko'proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo'ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko'p o'mini bosuvchilari mavjud bo'ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo'ladi.

2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste'molchi daromadidagi salmog'i. Iste'molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta o'rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo'ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o'sishi bir necha so'mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o'sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so'mni tashkil qiladi. Narxlaming bunday o'sishi juda ko'p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.Mahsulotlarning iste'mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda cgiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste'mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining o'sishi non yoki elektr energiyasini iste'mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb- ziynat buyumlariga narxlar oshganda ulami osonlik bilan iste'moldan chiqarib tashlash mumkin.
3. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig'i qancha uzoq bo'Isa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo ladi. Masalan, agar mol go'shtinmg narxi 10 foizga ko'tarilsa, iste'molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o'tishi bilan u o'zining moyilligini tovuq go'shti yoki baliqqa o'tkazishi mumkin.
Shuningdek, daromad bo'yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko'payishi bilan tovar va xizmatlarga bo'lgan talab ham oshadi. Bundan ko'rinadiki, daromad talabga ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir darajasini aniqlash uchun daromad bo'yicha talab egiluvchanligi ko'rsatkichidan foydalaniladi.
Taklif hajmiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar o'zgarmay qolgan sharoitda, narxning Ifoizga o'zgarishi taklifning necha foizga o'zgarishini ifodalovchi ko'rsatkieh taklifning narx bo'yicha egiluvchanligi ko'rsatkichi deyiladf. Bu ko'rsatkich ko'pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi. Taklif egiluvchanligiga ta'sir ko'rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o'zgarishini hisobga olish uchun zarur bo'lgan vaqt oralig'i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o'zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo'lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o'zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o'zgarishiga ta'sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta'sir taklifning egiluvchanligida ham o'z ahamiyatini saqlab qoladi.


Muhokama uchun savollar:
1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta'sir qiladi? Bu omillardan har biri o'zgarsa, talab egri chizig'ida qanday o'zgarish ro'y beradi?
2. Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta'sir qiladi? Bu omillardan har biri o'zgarsa, talab egri chizig'ida qanday o'zgarish ro'y beradi?
3. Talab va taklifning quyidagi o'zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta'sir ко'rsatadi?



11 McConnell, Brne. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 50-53

22 McConnell, Brne. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 50-53

33 McConnell, Brne. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 50-53

Yüklə 104,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə