4-Mavzu: Turli yosh guruhlarda “Bizning inoq mamlakatimiz” “Qo‘shni mamlakatlar”, “Dunyo mamlakatlari” mavzusida o‘yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish


Bolalar: (O‘rtoqlarimiz) Tarbiyachi



Yüklə 56,07 Kb.
səhifə3/7
tarix07.06.2023
ölçüsü56,07 Kb.
#115910
1   2   3   4   5   6   7
4-мавзу

Bolalar: (O‘rtoqlarimiz)
Tarbiyachi: Yana ularni nima deb atash mumki?
Bolalar: (Qo‘shnilar)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, qo‘shnilar. Bolalar, qo‘shnilar kimlar?
Bolalar: (Yonimizda yashovchilar)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, ular yonimizda yashovchi qo‘shnilarimiz, bir stolda
o‘tiradiganlarimiz va h.k. Yana uylar oldilarida, ko‘chalarda, shaharlarda,
mamlakatlarda qo‘shnilar bo‘lishi mumkinmi?
(Bolalar javoblari)
Tarbiyachi: Barakalla, bolajonlar! Biz qaysi shaharda yashaymiz?
Bolalar: (Buxoro shahrida)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, Buxoro shahrida. (Kartadan , globusdan yoki slaydda
ko‘rsatiladi). Qani menga biz yashayotgan mamlakatimizni aytib beringlarchi?
Bolalar: (O‘zbekiston!)
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bu O‘zbekiston. Qaranglar men hozir sizlarga xaritadan (globusdan,xaritadan yoki slayddan) O‘zbekiston Respublikasining chegarasini ko‘rsataman, mana. O‘zbekistonning poytaxti qayer bolajonlar? (Toshkent). Prezidentichi? (Sh.M.Mirziyoyev). Maydoni 448, 978 kilometr kvadrat. Aholisi 34, 972 ming. Chegara nima? (bolalar javoblari).
Bolalar: (Chegara bu-faqat O‘zbekiston hududiga tegishli joydir).
Tarbiyachi: Chegaramiz bolalar hoh suvda, hoh quriqlikda bo‘lsin u chegara hisoblanadi. Kelinglar, qaysi davlatlar O‘zbekistonning qo‘shni davlatlari ekanligini ko‘ramiz va unga sayohat qilamiz. Mana bu mamlakatlar: Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Avg‘onistonlar bizning mamlakatimiz qo‘shnilaridir va ular bilan chegaradoshdir. O‘zbekistonning mana bu chizig‘idan ag‘ida qo‘shni mamlakatlar yashaydi. Har bir mamlakatning o‘z chegarasi mavjuddir. Chegaradan pasportsiz va ruxsatnomasiz o‘tib bo‘lmaydi.
Tojikiston Respublikasi- O‘zbekistonning janubiy sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming kilometr.Aholisi 8,486,300 kishi. G‘arbiy va shimoliy g‘arbiy tomonidan O‘zbekiston davlati bilan chegaradosh. Poytaxti Dushanbe shahri. Tojikiston prezidenti Imomoali Rahmon. (Doskaga liboslari, Tojikston bayroq, gerb rasmlari ilib qo‘yiladi, musiqalaridan parcha qo‘yib beriladi).

Yüklə 56,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə