4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


-ilova Blis-so’rov savollari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə31/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

1-ilova
Blis-so’rov savollari.
1. Kazuarindoshlar oilasi, qanday oilasi, qanday sistematik belgilari ega?
2.Oila qanday oilachalarga bo’linadi, ularning sistematik farqi nimada?
3. Qayindoshlar oilasining asosiy turkum vakillariga ta’rif?
4.Em-xashak sifatida ishlatiladigan oilani vakillari?
5. Oilaning qanday turi tabobotda qullaniladi?


MAVZU:


Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae).
2-ilova

РЕЖА:
1. Temirdaraxtkabilar ajdodchasining asosiy belgilari,tasnifi,tarqalishi.
2. Temirdaraxtnamolar qabilasi, kazuarinnamolar qabilasi, qayinnamolar qabilasi,
3. Yong`oqnamolar qabilalarining umumiy xususiyatlari, asosiy vakillari, tarqalishi, ahamiyati.


Tayanch iboralar: animafiliya, perforatsiya, rudiment.

Kazuarinnamolar qabilasi — Casuarinales

Qabilaning vakillari daraxt va butalardan iborat. Yosh novdalari reduksiyalangan va halqa hosil qilib o'rnashgan barglarining qo'ltig'ida hosil bo'ladi. Poyasi bo'g'imli va (bo'ylama) egatli. Ildizlarida azot to'plovchi bakteriyalar tugunaklari bor, yog'ochli naylari asosan oddiy perforatsiyali. Gullari boshoq hosil qiladi, mayda, ko'rimsiz, gulqo'rg'onsiz; bir jinsli, ba'zan bir uyli yoki ikki uyli. Changchili guli tirgaksimon, 2 juft reduksiyalangan brakteolalari bor; urug'chili gullari esa, bitta qipiqsimon qoplag'ich bargli va 8 ta brakteolali. Changchilari bitta. Urug'chisining ustunchasi 2 ta. Mevasi qanotchasimon o'simtali, bir urug'li ko'sak. Kazuarinnamolar qabilasining bitta oilasi bor.


Kazuarindoshlar oilasi — Casuarinaceae
Oilaning bitta (Casuarina) turkumi bo'lib, 65 turni o'z ichiga oladi. Ular asosan Avstraliya va Tasmaniyada, ayrim turlari esa Tinch okean orollarida (ayniqsa, Yangi Kaledoniyada) va Malayziyada tarqalgan. Bir necha turlari kontinental Janubi-Sharqiy Osiyoda, shimolda Birmagacha bo'lgan hududlarda uchraydi. Morfologik tuzilishi qabilaga xos. Gul formulasi: P2 A, G0, PqAqG^ . Tugunchasi 2 uyali. Muhimi shundaki, urug'kurtak ichida dastlab 20 tacha megaspora hosil bo'ladi va undan bittasi rivojlanadi. Bu oilaga xos sodda belgidir. Oilaning vakillari tashqi tuzilishiga ko'ra qizilchalarni (efedralarni) va qirqbo'g'imlarni eslatadi.
Kazuarinlardan batafsil o'rganilgani qirqbo'g'imbargli kazuarindir (C. equisetifolia). U va shunga o'xshash bir nechta turlari manzarali o'simlik hisoblanadi. Ba'zi turlarining yog'ochi juda qattiq va qimmatli, shu sababdan „temir daraxt" deyiladi. Ularning po'slog'idan terini oshlovchi moddalar olinadi.
Kazuarinlarning gulli o'simliklar sistemasida tutgan o'rni va ularning kelib chiqishi xususida yagona fikr yo'q, R. Vettshteyn, A. Engler, N. Kuznetsov, N. Bush sistemalarida ular sistcmaning boshlanishiga joylashtirilgan va qarag'aytoifalar bilan magnoliyatoifalarni bog'lovchi bo'g'in deb qaralgan. Ammo keyingi sistemalarga ko'ra (A. Taxtadjyan) kazuarinlarning sodda tuzilishi filogenezda ikkilamchi hodisa deb qabul qilinadi va ularning gulli o'simliklarning boshoq taksonlari bilan genetik aloqasini o'rnatish juda qiyin. Ammo Bessi (1915) kazuarindoshlarni gamamelisdoshlardan kelib chiqqanligini ta'kidlagan va bu bir qator anatomik va morfologik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə