4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


-ilova Ochiq urug‘lilar yoki qarag‘aytoifalar bo’limi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə9/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

1-ilova





Ochiq urug‘lilar yoki qarag‘aytoifalar bo’limi
(Gymnospermae yoki Pinophyta)
Urug‘li o’simliklar urug‘ga ega bo’lishi bilan boshqa yuksak sporali o’simliklardan (yo’sinlar, plaunlar, qirqbug‘imlar va qirqquloqlardan) keskin farq qiladi. Bu o’simliklar urug‘ bilai ko’payadi, murtaklari noqulay muhitda ham uzoq vaqt davomida nobud bo’lmay siqlanib qolishi mumkin.
Sporali o’simliklorning mikrosporangiylari etilgach ona o’simlik bilan aloqasnni uzadi. Urug‘li o’simliklarda to’la etilib bo’lgan murtak hosil bo’lmaguicha mikrosporangiy ona o’simlikdan ajralmaydi, ular faqat urug‘ bo’lib etilgaidan keyingana o’simlikdan ajraladi.
Urug‘li o’simliklar kelib chiqishi jixatdan ikkiga bo’linadi, qadimgi zamonlarda paydo bo’lgan "ochiq urug‘lar” va keyinroq vujudga kelgan, “yopiq urug‘li” yoki gulli o’simliklardir.
Ochiq urug‘li o’simliklar, urug‘ va urug‘kurtakga ega bo’lib, ular makrosporofil yoki mevabargda ochiq holatda joylashgan bo’ladi, shuning uchun ham bu o’simliklar - ochiq urug‘li o’simliklar deb ataladi.
Bu bo’lim vakillari ham arhegonat o’simliklar bo’lib hisoblanadi, lyokin o’ziga xos bo’lgan xususiyati urug‘ning bo’lishidir. Demak, evolyusion prosessda urug‘-gul va mevadan avval paydo bo’lgan.
Urug‘, dastlab maxsus qirqquloqlarda paydo bo’lgan. Bu urug‘li qirqquloq lar (daraxt, lian o’simliklari bo’lgan) bizga faqat qazilma holidagina ma’lum.
Ochiq urug‘li o’simliklar bo’limi asosan oltita sinfga bo’linadi:
1. Urug‘li qirqquloqsimonlar (Pteridospermopsida)
2. Sagovpiksimonlar (Cycadopsida).
3. Bennetitsimonlar (Bennettitopsida). .
4 Ginkgosimonlar (Ginkgopsida)
5. Ninabargsimonlar yoki qubbadorsimonlar (Coniferopsida)
6. Qobiqli urug‘lilar (Shlamydospermopsida).
Ochiq urug‘lilarning hozirda 660 ga yaqin turi ma’lum bo’lib, ular asosan daraxt buta bo’lib, o’tsimon vakillari uchramaydi.
Hozirgi vaqtda sagovniksimonlar vakillari, oz bo’lsada tropik va subtropik oblastlardagina uchraydi, asosan Markaziy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.
Bu sinf 100 ga yaqin turga ega bo’lib, bitta oilaga ega. Sagovniklar daraxtsimon o’simliklar bo’lib, balandligi 15-20 metr, shoxlanmaydi, uchki qismi uzunligi 2 metrga yaqin bo’lgan patsimon barglar bilan qoplangan.
Bennetitilar sinfi vakillari mezazoyda yashagan o’simliklar bo’lib, keyin yo’qolib ketgan o’simliklardir. Bo’larning yo’qolib ketishi gulli o’simliklarning paydo bo’lishi vaqtiga mos keladi. Shuning uchun ham ko’pchilik botanik olimlar gulli o’simliklarning kelib chiqishini bennetitlarga boglaydilar.
Ginkgosimonlar sinfi faqatgina bitta ginkgodoshlar oilasiga va bitta tur – (Ginkgo biloba) ga ega. Ginkgo katta daraxt bo’lib, bo’yi 30-40 metrga etadi. Bargi bandli, barg yaprog‘i elpig‘ichsimon, qishda to’qiladi. Manzarali daraxt sifatida bog‘larda o’stiradi.
Ninabargsimonlar sinfi ochiq urug‘lilar bo’limi ichida eng katta sinf bo’lib, xilma-xil vakillarga ega. Bu sinf 50 ga yaqin turkumga va 550 ga yaqin turga ega. Bo’larning ko’pchiligi qalin o’rmon hosil qiladigan qimmatbaho hom-ashyo (yog‘ochsozlik sanoatida) bo’lib, asosan mutadil va sovuq iqlim mamlakatlarida keng tarqalgan.
Bu sinfning vakillarining dastlabki kelib chiqish markazi Xitoy deb, hisoblanadi. O’simliklar asosan monopodial shoxlanishga ega. Barglari qo’p yillik, ninasimon bo’lib, qisqa poyaga joylashgan, ba’zi turkum vakillarida to’p bog‘lam shaklida bo’lsa, boshqa vakillarida esa bir juft yoki yakka-yakka joylashgan bo’ladi (bu ham sistematik belgilardan biri). Bu sinfning ko’pchilik vakillari doimiy yashil o’simliklardir.
Sinfning keng tarqalgan qarag‘aynamolar qabilasi beshta oilaga ega:
1. Qarag‘aydoshdar (Pinaceae).
2. Sarviguldoshlar (Supressaseae).
3. Taksodiyadoshlar (Taxodioseae).
4. Araukariyadoshlar (Araucariaseae),
5. Tissguldoshlar (Taxusseae).
Qarag‘aylar turkumining‘ keng tarqalgan turi-oddiy qaragay (Rinus silvestris) bo’lib, bo’yi 40 metrga etadigan, o’k ildpzli daraxt. Igna bargi ko’k-yashil, uchi o’tkir, qattiq, 2, ba’zan 3 tadan dasta-dasta bo’lib qisqa navdada joylashgan bo’ladi. Bir uyli, ayrim jinsli o’simlik (…..rasm).
Erkak g‘udda mayda, bahorgi novdalar asosida boshoqqa o’xshagan cho’ziq shaklli, "to’pgul" da yig‘ilgan. Urgochi guddalari esa yakka-yakka joylashgan bo’lib, erkak guddalarga nisbatan ancha yirik, bahorgi va yosh novdalarning uchida hosil bo’ladi.
Sarviguldoshlar oilasi vakillarining bargi qarama-qarshi yoki halqalanib joylashgan, asosan daraxt va buta o’simliklari bo’lib, tangachasimon yoki ninasimon barglarga ega, Ular bir uylik, ba’zan ikki uylik bo’lib, uchta turkum vakillari keng tarqalgan.
1. Archalar (Juniperus)
2. Sarvilar (Sarressus)
3. Savirlar (Thuuia)
Archalar turkumi vakillari bir yoki ikki uyli, doim yashil daraxt va butalardan iborat bo’lib, bargi tangachasimon yoki ninasimon tikan ko’rinishda bo’lib, qarama-qarshi yoki doira bo’lib joylashgan. Qubbalarida 1-14 tagacha urug‘i bo’lib, ikknnchi yili etiladi. Archalar balandligi 18 m gacha, poyasnning diametri esa 30-40 sm gacha bo’ladi. Bo’lar Tyanь-Shanь, Pomir-Oloy tog‘lari va Janubiy Olatovning dengiz satxidan 2000-3000 m balandlikdagi mintaqalarida keng tarqalgan. Tyanь-Shan tog‘larining Turkiston tizmalarida Zarafshon va Turkiston archalari ko’p uchraydi (Juniperus turkestanica, J. seravshanica, J. semiglobosa) (…..rasm).
Sarvilar turkumi vakillarining bargchalari suprotiv joylashgan bo’lib, etilgan qubalari yogochlashgan bo’ladi. Balandligi 30-40 m gacha bo’ladi. Tez o’suvchi, asosan Kavkazning Qora dengiz soxillarida, Qrimda keng tarqalgan (Surressus sempervirens)
Savirlar turkumi vakillari daraxt yoki buta o’simliklari bo’lib, manzarali o’simliklar sifatida O’zbyokistoida ham ko’p ekiladi (Thuia, Viota,...)


3-ilova


БЛИЦ- ЎЙИН






Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə