4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


-ilova Blis-so’rov savollari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə6/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

1-ilova
Blis-so’rov savollari.
1.Plauntoifalar bo’limi qanday belgilar asosida sinflarga bo’linadi?
2. Plauntoifalar bo’limi vakillarining tarqalishi?
3. Plauntoifalar bo’limi ko’payishini tushuntiring ?
2-ilova





3- ilova
Plauntoifalar bo’limi (Lycopodiophyta)
Bu bo’lim vakillari devon davridan ma’lum bo’lib, hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan turlari 1000 ga yaqin. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan vakillarining hammasi o’tsimon o’simliklardir.
Poleazoyda esa daraxtsimon vakillari nihoyatda keng tarqalgan bo’lgan. Bu bo’limning qazilma holda topilgan va hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan vakillari mayda barglarga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Bu bo’limning yana o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning
jinssiz va jinsiy nasillarning alohida - alohida yashashi va navbatlashishidir. Jinssiz nasl ustunlik qilib, barg, poyaga ega va unda sporali sporangiylar etiladi. Poya uchida spora hosil qiluvchi boshoqchalar mavjud bo’lib, ular «strobilla» deb ataladi.
Plaunlarning ko’pchilik daraxtsimon vakillari poleazoy erasining oxirida qurib bitgan.
Bu bo’lim ikki sinfga bo’linadi:
1. Plaunsimonlar -Lycopodiopsida
2. Polushniksimonlar - Isoetopsida
Polushniksimonlar sinfiga kiruvchi o’simliklar o’t o’simliklar bo’lib, poyasi yaxshi taraqqiy etgan, mayda bargli. Sporalar sporofillarning ustki tamonida joylashgan sporangiylardan hosil bo’ladi. Ularning hammasi bir xil kattalikda. Gametofiti tuganaksimon bo’lib, er ostida o’sadi, shakli va katga - kichikligi xilma - xil bo’lib, bu o’simtalarda jinsiy orginlar - anteridiy va arxegoniylar hosil bo’ladi.
Plaunsimonlar sinfiga mansub bo’lgan, plaunnamolar qabilasi 200 ga yaqin turga ega bo’lib, juda keng tarqalgan. Tropik formalari epifit o’simliklar bo’lganligi sababli ko’zga ko’p tashlanmaydi. Ba’zi iqlim normal bo’lgan xududlarda, to’proq yuzasida o’suvchi vakillari yashil gilamdek qoplam hosil qiladi. Bu o’simliklar doimo yashil bo’lib, aniqsa qishda yaxshi bilinadi. Ko’p yillik, yotib o’suvchi 2-3 metr uzunlikga ega (cho’kmoq plauni).
Plaunnamolar qabilasi faqat bitga oilaga ega bo’lib, uning vakili sifatida cho’qmoqi plaunini olish mumkin, (Lycopodium clavatum) Ular, asosan vaqti - vaqti bilan suv bosadigan joylarda, zax o’rmonlarda keng tarqalgan. Bu plaunlar sporangiylarda hosil bo’lgan sporalar yordamida ko’payadi. Spora beruvchi boshoqchalar esa tik shoxlarning uchida odatda ikkitadan bo’lib joylashadi. Sporangiylar bir xildagi sporalarga to’la bo’ladi (......rasm).
Plaun o’simligining o’zi jinssiz nasl yoki sporafitdir, chunki jinssiz ko’payish organlari sporangiylar, ularda esa sporalar bo’ladi. Spora qulay muhitga tushgach, unib, gametofitga aylanadi. U er ostida o’sadi, kichkina (2-3 mm), rangsiz dumaloq bo’ladi. Gametafitning ustki tomonida jinsiy organlar – anteridiylar, gametofitning markazida joylashgan bo’lsa, arxegoniylar esa cheka qismlarida joylashadi. Arxegoniy etilgach uchidan ochiladi, natijada spermatozoidning tuxum hujayrasiga o’tishi uchun yo’l ochiladi. Tuxum hujayra urug‘langach, bo’lina boshlaydi va ma’lum bosqichni o’tib, yangi o’simlik o’saboshlaydi. Bu bo’lim vakillarida jinssiz nasl jinsiy naslga nisbatan ustunroq hisoblanadi.
Polushniksimonlar sinfiga mansub bo’lgan selaginellanamolar qabilasi esa 700 ga yaqin turga ega bo’lib, asosan nam joylarda keng tarqalgan, ba’zi vakillari cho’l mintaqasida ham o’sadi.
Bu sinfning ko’pchilik vakillari mikrosporalar va megasporalar ya’ni katta-kichik ikki xildagi sporalar hosil qiladi. Sporalar mega yoki mikrosporangiylardan etiladi. Mikrosporadan erkak o’simta (gemetofit), megasporadan esa urg‘ochi gemetofat hosil bo’ladi.
Erkak o’simtaning vegetativ qismi deyarli yo’q bo’lib ketgan, undan bitta hujayraning o’zi qolgan xolos. Urgochi o’simta esa megaspora qobig‘ida o’sadi. U erkak o’simtaga nisbatan anchagina katta bo’lib, to’qimalarga ega. To’qima ichiga joylashgan arxegoniy qisqa bo’yinchaga ega. Urug‘lanish yomg‘ir yogganda suvda o’tadi.
Selaginella selaginellaides uncha baland bo’lmagan (0,5 m), dixotomik shoxlanadigan o’t - o’simligidir. Shoxlari zich joylashgan mayda barg bilan qoplangan. To’proqqa ingichka ildizi bilan brikadi. Uning poyasida rizofor (ildizga o’xshash), deb ataladigan maxsus organ ham bo’ladi, u erga tekgach uning uchidan qo’shimcha ildizlar hosil bo’ladi.
Plaunlar sanoatda, medisinada o’ziga xos ahamiyatga ega. Ular sporasi metallurgiya sanoatida, metallarni qolipdan oson ko’chirishda, metallar yuzasini siliqlashda - ishlov berishda keng qo’llaniladi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə