4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Ismaloqlar turkumi – Spinacia



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə28/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Ismaloqlar turkumi – Spinacia.
Ismaloqlar bir yillik, ikki yillik o’t o’simliklaridair. Changchiga ega bo’lgan o’simliklarning guli ro’vaksimon to’pgullarga yig‘iladi, urug‘chiga ega bo’lgan o’simliklarning guli barg qo’ltiqlarida joylashgan bo’ladi. Ba’zan guli ikki jinsli bo’lganlari ham uchraydi. Ismaloqning bir qancha turlari mavjud.
Poliz ismalog‘i (S.oleracea) bir yillik sabzavot o’simligi bo’lib, yosh barglari pishirib yoki xomligicha ovqatga ishlatiladi. Cho’chqa tikan (S. Turkestanica esa ismalog‘i tog‘ oldi yaylovlarining sug‘oriladigan va bahorgi ekinlari orasida hamda barcha ekin eqiladigan joylarda uchraydigan begona o’tdir.
Saksavullar turkumi – Haloxylon.
Saksovullar daraxt va buta o’simliklar bo’lib, bargi juda sust rivojlangan yoki deyarli rivojlanmagan. Yosh yashil shoxchalari yordamida assimilyasiya qiladi. Guli mayda, ikki jinsli. Saksovul qumli va sho’rxok cho’llarning landshaft o’simligi bo’lib, o’ziga xos siyrak saksavulzor “o’rmonlar” hosil qiladi. Bu turkumning 5ta turi bo’lib, shundan 3turi O’zbyokiston florasida keng tarqalgan.
Qora yoki bargsiz saksovullarning (H.aphyllum) poyasi yo’g‘on, sershox, bo’yi 10-15 metrgacha etadigan daraxt bo’lib qoramtir-kulrang po’stloq bilan qoplangan. Yog‘ochi og‘ir, oson sinadigan. Yuqori kaloriyali yoqilg‘i bo’lganligidan katta ahamiyatga ega. Yashil qismlarini qo’y va tuyalar xush ko’rib eydi. Mevasi mollar uchun juda to’yimli em bo’ladi. O’rta Osiyoning qumli cho’llaridan tortib Balxash ko’li bo’yigacha tarqalgan. Eronda ham uchraydi.
Oq saksovul (H.persicum) bo’yi 5 metrgacha etadigan daraxt, tanasi och kulrang bo’lib, och yashil rangli shoxlari egilib turadi. Og‘ir, quruq, mo’rt yog‘ochi katta kaloriya beradigan yoqilg‘i hisoblanadi. U qumsevar o’simlik bo’lib, Qoraqum, Qizilqumning qumli tealiklarida va barxanlarida hamda markaziy Qozog‘istonning qumliklarida o’sadi.
Zaysan saksovuli (H. ammodendron). Tanasi juda sershox egri-bugri, bo’yi 3 metrgacha etadigan buta o’simligidir. Bu saksovul qora saksovulga yaqin turadi, lyokin po’stlog‘i rangining birmuncha ochligi va shox, novdalarning sersuvligi bilan undan farq qiladi. Bu saksovul O’rta Osiyoda (Ustyurtda, Qoraqumda, Qizilqumning qum ko’chmaydigan joylarida), Jung‘oriya va Mongoliyada uchraydi. Qora saksovul qanday ahamiyatiga egka o’lsa, zaysan saksovuli ham o’zi tarqalgan erlarda shunday ahamyatga egadir.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə