5-Amaliy ish Mavzu: altni yaratish printsiplari, tarkibi va strukturasi Ishdan maqsad



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#148605
1   2   3
5-Amaliy ish

ALTni yaratish uchun:
- matematik metodlar hamda hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llash asosida loyihalashni takomillashtirish;
- izlash, ishlov berish va informatsiya (ma’lumot)ni chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
- optimallashtirish va ko‘p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish;
- loyihalanayotgan ob’yektlar, buyumlar va materiallarning matematik modellarini samarali qo‘llash;
- ob’yektlarni avtomatlashtirilgan loyihalash uchun zarur bo‘lgan, ma’lumotnoma tavsifidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarga ega ma’lumotlar bankini yaratish;
- loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish;
- ijodiy bo‘lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar mehnatining ijodiy ulushini oshirish;
- loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish;
- ALT sohaqidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- loyihalovchi bo‘limlarning turli darajadagi hamda vazifasi har xil bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog‘langan avtomatlashtirilgan loyihalash vositalarining majmuidir. ALT texnikaviy vositalar hamda matematik va dasturaviy ta’minlashni birlashtiradi;
matematik va dasturaviy ta’minot muhandislik loyihalash va konstruktsiyalash masalalarining xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi. ALTda muhandisning EHM bilan operativ bog‘lanishi vositalari, maxsus muammoli-yo‘naltirilgan tillar va informatsion-ma’lumot bazasi qo‘llanilishi hisobiga dasturlardan foydalanish qulayligi ta’minlanadi.
ALT ning asosiy vazifasi – ob’yekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni avtomatlashtirilgan tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik, bir- biriga mos kelish, tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo‘lish hamda rivojlanish printsiplariga amal qilish lozim.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə