5-Amaliy ish Mavzu: altni yaratish printsiplari, tarkibi va strukturasi Ishdan maqsad



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#148605
  1   2   3
5-Amaliy ish


5-Amaliy ish
Mavzu: ALTni yaratish printsiplari, tarkibi va strukturasi
Ishdan maqsad: Loyihalash, loyihalashni avtomatlashtirish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, vositalar kompleksi, informatsion-qidiruv tizimi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
1. ALTni yaratish printsiplari.
1.1. Texnikaviy ob’yektni loyihalash
1.2. ALT – inson-mashina tizimidir
1.3. ALT – ierarxik tizim
1.4. ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir
1.5. ALT – unifikatsiyalashgan modullar maksimal foydalaniladigan ixtisoslashgan tizimdir
2. ALT tarkibi va strukturasi.
2.1. Loyihalovchi nimtizimla
2.2. Nimtizimga xizmat ko‘rsatish (boshqarish)
2.3. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari
1.1. ALTni yaratish printsiplari
Texnikaviy ob’yektni loyihalash ushbu ob’yekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da yaratish, qayta o‘zgartirish va tasvirlab berish bilan bog‘liq. Ob’yekt yoki uning tarkibiy qismining obrazi inson tasavvurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o‘zaro ta’siri jarayonida ba’zi algoritmlar bo‘yicha yuzaga kelishi (генерироваться) mumkin.
Loyihalash – loyihalash uchun topshiriq bo‘lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko‘rinishida bo‘ladi va ob’yektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, ob’yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma’lumotlarni jamlagan hujjatlarning to‘liq komplekti o‘taydi. Bu hujjatlar ob’yektning natijaviy bayoni bo‘ladi.
Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning o‘zaro ta’siri y o‘li bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.
Loyihalash – bu ob’yektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo‘lmagan ob’yektni yaratish uchun zarur bo‘lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma’lum sohada to‘plangan tajriba va ko‘nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo‘lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o‘ziga xos turidir.
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash lozim.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə