5-Amaliy ish Mavzu: altni yaratish printsiplari, tarkibi va strukturasi Ishdan maqsad



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə3/3
tarix12.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#148605
1   2   3
5-Amaliy ish

Tizimiy birlik printsipi . Loyihalanayotgan ob’yektning alohida elementlari va ob’yektni to‘liq loyihalashda tizimning bir butunligini va tizimiy «yangilik»ni ta’minlaydi.
Bir - biriga mos kelish printsipi ALTning tarkibiy qismlarining birgalikda ishlashini ta’minlaydi va ochiq tizimni bir butunlikda saqlaydi.
Tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo‘lish printsipi ALTning tipiklashgan va unifikatsiyalashgan elementlarini yaratish va ulardan foydalanishga e’tiborini qaratadi.
Rivojlanish printsipi ALT asosiy qismlarining to‘ldirib borilishini, takomillashtirilishini va yangilanib borishini hamda darajasi va funktsional vazifasi turlicha bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydi.
ALT – inson-mashina tizimi. EHM yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o‘rin egallaydi. ALTda inson birinchidan formalizatsiya qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning evrestik qobiliyatlari asosida samaraliroq echiladigan masalalarni yechadi.
ALT – ierarxik tizim. U hamma darajalarda loyihalashni avtomatlashtirishga kompleks yondoshuvni amalga oshiradi. ALT qo‘llanilganida loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuv saqlanib qolishi kerak. Loyihalashning ierarxik darajalari ierarxik nimtizim ko‘rinishida ALTning maxsus dasturaviy ta’minoti (DT) strukturasida o‘z aksini topadi.
Loyihalash – tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish asosida ob’yektning birlamchi bayonini natijaviy bayonga o‘zgartiradigan jarayondir.
Birlamchi bayonni natijaviy o‘zgartirish oraliq bayonlarni tug‘diradi; ular loyihalash tugaganini aniqlash yoki uni davom ettirish yo‘llarini tanlash maqsadida qarab chiqiladigan predmet vazifasini o‘taydi. Bunday bayonlarni loyihali yechimlar deyishadi.
ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir. ALT vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi tizim bo‘lishi kerakligiga kamida ikkita sabab bor. Birinchidan, ALT kabi murakkab ob’ektni ishlash uzoq muddatni egallaydi, shuning uchun ALT tizimining qismlari tayyor bo‘la borgani sari ularni ekspluatatsiyaga kiritish iqtisodiy nuqtai nazardan foydalidir. Ekspluatatsiyaga kiritilgan tizimning bazaviy varianti keyinchalik kengaytirib boriladi. Ikkinchidan, hisoblash texnikasi va hisoblash matematikasining doimiy progressi yangi, ancha takomillashgan matematik modellar va dasturlar paydo bo‘lishiga olib keladi; ular eskirgan, samaradorligi kam bo‘lgan analoglarni almashtirishi kerak. Shu sababli ALT ochiq tizim bo‘lishi, ya’ni yangi metod va vositalarni ulash qulay bo‘lgan qobiliyatga ega bo‘lishi zarur.
D a s t u r a v i y m e t o d i k k o m p l e k s loyihalash ob’yekti (ob’yektning bir yoki bir necha qismi yoki bir butun ob’yekt) bo‘yicha tugal loyiha yechimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan dasturaviy, informatsion va metodik ta’minotlar (matematik va lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o‘zaro bog‘langan majmuidan iborat.



1-rasm.
ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari Vazifasi bo‘yicha DMKlar u m u m t i z i m i y DMKlarga va b a z a v i y DMKlarga bo‘linadi;

































Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə