5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Ayrim hollarda o’qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg’otishi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə15/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Ayrim hollarda o’qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg’otishi kerak, balki o’quv muammosini o’zi hal qilib qo’ymasligi va boshqa hollarda talabalarning o’quv muammosini echishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilishi lozim, natijada talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qo’yish vauni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi hamda bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko’chirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasawurlari rivojlanadi. Talabalar muammoli o’qitish jarayonida muammoli vaziyatda o’quv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini o’zlashtirar ekan, o’rganilganlarni mustaqil tahlil qilar ekan, gipotezalar qo’yish va ularni isbotlash orqali o’quv muammolarini shakllantirar va echar ekan, bunda talabalarning intellektual faolligi ta’minlanadi.

Shunday qilib, muammoli o’qitishning vazifasi, talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga hamkoriik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi hamda o’quv va tarbiya muammolarini hal qilishdir.

O’quv jarayonining amaliy tahlili muammosi o’qitishning o’ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o’qitishning mohiyati, ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan axborotlarni o’qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə