5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə18/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Materialni muammoli bayon qilish. Bunda ijod o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi va tobora faollashtirib boriladi. O’qituvchi yangi materialni bayon qilishda, uning echilishini o’zi ta’minlaydi. Bunda o’qituvchi ziddiyatlarni ta’kidlaydi, uni barchaga eshittirb muhokama qiladi, o’z mulohazalarini bildiradi, haqiqatni faktlar, mantiqiy isbotlar tizimi yordamida asoslaydi. O’qituvchi bu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsa, talabalar uning fikrlari borishiga diqqat bilan qo’shilib boradi, muammolarning echilish oqimiga qo’shilib ketadi hamda birga fikr yuritadi. Birga hayajonlanadi, shu tariqa mashg’ulotning qatnashchisiga aylanadi. Bunda o’qituvchi talabaning bilish jarayonini savollar berish, savolga savol berish yo’li bilan boshqaradi va shu orqali auditoriyadagi o’rganilayotgan materiallar bo’yicha ziddiyatlarga diqqatni jalb qiladi va talabalarni o’ylab fikr yuritishga majbur qiladi. O’qituvchi tushunilmagan savolni hal qilishidan oldinoq talabalar o’zlaricha o’z javoblarini tayyorlab qo’yadilar va uni ma’lum muddat o’tgach o’qituvchining fikri va xulosasi bilan taqqoslaydilar.

Materialni muammoli bayon qilish axborotni bayon qilishdan tubdan farq qiladi. Chunki unda u yoki bu hodisaning belgilari, xossalari, tushunchalari, qoidalari shunchaki tasvirlab beriladi, tayyor xulosalar bayon qilinadi.

O’quv axborotlarining muammoli bayoni metodidan foydalanishning boshqa varianti, fan taraqqiyoti tarixidagi u yoki bu qonunning olimlar tomonidan kashf etilishi yo’lini yoritib berish bo’lishi ham mumkin.

O’quv jarayonida keng tarqalgan metodlardan biri — shartli ravishda o’quv axborotlarining bayonini muammoli boshlash deb nomlanadigan metoddir. Materialni muammoli bayon qilish metodidan bu metod muammoli vaziyat faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi bilangina farqlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi. Albatta, bu metod yuqorida talabaning ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa, ijodiy metodida ko’ringan ko’nikmalarni hosil qilishga imkoniyat bermaydi. Lekin talabalarning mashg’ulot ibtidosida olgan ilxomlari barcha materialni faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg’otishga bevosita turtki beradi. Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi.

Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi ehtimol ko’ringan didaktik maqsadlarni hisobga olish zarur: o’quv materialiga talabalar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularni intellektual zo’riqish mashaqqatlariga olib kelish, talabalar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va ko’nikmalar kelajakda yuzaga keladigan bilishga bo’lgan talablarini qondira olmasligini ko’rsata bilish hamda talabalarga o’quv muammolarini tahlil qilishga, uning echilishidagi eng ratsional yo’llarni aniqlashda yordam berish kerak.

O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:

1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.

2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.

3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo’lgan yo’li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi.

4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o’rtasida ziddiyat yuz beradi.


Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko’p uchraydigan usullari qayd qilinadi:

hodisalar, o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;

olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish;

talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;

ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;

talabalarni fakt, hodisa, xatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyos qilishga undash;

talabalarni go’yo tushunib bo’lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo’yilishiga sabab bo’lgan faktlar bilan tanishtirish.

Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo’ymaydi. Har bir o’qituvchi o’zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.

Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma’lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Xayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik hissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, yuqori ko’tarinkilik bilimlarni samarali o’zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi.

Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko’nikmalari, didaktik maqsadga yo’nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o’zaro munosabatlarining turli variantlari bo’lishi mumkin, ya’ni muammolilikning turli sathlari amalda bo’lishi mumkin.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə