5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə19/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Birinchi sathda o’qituvchi o’zi muammoni qo’yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo’lini qidirishga yo’naltiradi.

Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar.

Uchinchi sath — oliy sath bo’lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko’zda tutadi: muayyan muammoni ko’rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro’baro’» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo’naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiq qiladilar.

O’quv muammosining qo’yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo’ladi. echilish lozim bo’lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan awalgi o’zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo’yib bo’lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibat aloqalarini o’mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e’tiboriga faqat ular uchun qulay bo’lgan muammolarni qo’ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning echilishi uni to’g’ri qo’ya bilishga ko’p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur.

Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin.

O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi:

yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma’lum tushunchalarningjihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi

usullari);

faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko’rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma ‘lum va yangi bilim o’rtasidagi ziddiyat;

umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish.

Shuni ta’kidlash lozimki, o’qitish jarayoni faqat «muammoli» yoki «nomuammoli» metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun xilma xil metodlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. O’qituvchi mashg’ulotning maqsadi, o’quv materiallarining mazmunini to’plash, auditoriyada qatnashgan talabalarning xarakteri, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ularni tinglash hamda birini ikkinchisi bilan bog’lashni amalga oshiradi. Shundagina o’quv jarayonining yuqori samaradorligi ta’minlanadi. Shuningdek, muammoli o’qitishning samaradorligi ko’p jihatlardan talabalarning ijodiy faoliyatiga, muammoni ifodalash va echishga bo’lgan tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi. Ularni ijodiy faoliyatga jalb qilishda muammoli boshlash bayonidan asta-sekin tadqiqot ishlarigacha o’tish tavsiya etiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning barcha metodlari zanjirida asta-sekin oddiydan murakkabga O’tish kerak bo’ladi.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda talabalarning ijodiy faoliyati reproduktiv, qayta ishlab chiqish metodlarini shakllantirmasdan awal amalda bo’la olmasligi ta’kidlanadi. Agar o’rganilayotgan kursning (bo’lim, mavzuning) mohiyatini, ulardan foydalanishning zarur metodik materiallari va qoidalarini talabalar bilmasa va anglamasa, o’qituvchi ularning ijodiy faoliyatini tashkil eta olmaydi.

Demak, muammoli o’qitish etarli darajada samarali bo’lishi uchun u yaxlit o’quv-tarbiya jarayonining uzviy qismi bo’lishi kerak.

Muammoli leksiyalar o’tkazish jarayonida talabalarda ijodiy faoliyatga zarur bo’lgan motivlar, qimmatli yo’l-yo’riqlar va yo’llanmalarning shakllanganligi muhim o’rin egallaydi.

Ta’kidalash joizki, o’quv faoliyati motivlarining doirasi juda ko’p motivlar yig’indisi bo’lsa-da, ulardan ikki guruhi belgilovchi hisoblanadi.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə