5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə40/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

«Registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi o’yin ishtirokchilari;

«Ekspertlar» - ma’ ruza muhokamasidagi chiqishlar va echimning guruh bo’lib qabul qilinishi bo’yicha obektiv baho beruvchi o’yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’quv yurti o’qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari murnkin.

Bunday o’yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:

bo’lgusi mutaxassisni axborotlar almashishga o’rgatish;

ularda o’z nuqtai nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa kishilarning g’oyalariga kirib bora olish, guruh bo’lib echim qabul qila olish malakasini shakllantirish.

O’yin-munozaralar bo’lg’usi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammosini qo^a bilish va echishga, mustaqil fikrlashga, obektivlikka nisbatan qiziqishni shakllantiradi hamda muammolarni qo’yish, uni muhokama qilish, ularni echishda o’zini tuta bilish ko’nikmalarini hosil qiladi.

O’yin- munozaralar muayyan muammo bo’yicha bahslar tashkil etilishini ko’zda tutadi.

Bahs muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo’lib tadqiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati (raqibi)ning fikrini asoslash, uni inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o’z monopoliyasini o’rnatadi.

Bahs munozara borishining turli variantlari mavjud:



Evristik yondashuvda tomonlardan biri muammoning echimi bo’yicha o’zining yondashuvini qabul qilishga urinmasdan ishontirish metodi, ichki tuyg’u, sog’lom aqldan foydalangan holda bahs ishtirokchilarini o’zining nuqtai nazariga og’dirib oladi.

Mantiqiy yondashuvdagi bahsga o’ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil-isbotlar xarakterli bo’lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə