5-mavzu: borliq va rivojlanish falsafasi reja: Falsafa tarixida borliq muammosi


Substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə12/17
tarix11.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#145887
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
5...-BORLIQ VA RIVOJLANISH

Substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o’z-o’zini belgilash (o’z-o’zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo’q qilib bo’lmaydi);
- universallik (hech narsaga bog’liq bo’lmagan, barqaror, o’zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog’liqligini o’z ichiga oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko’rsatadi).
Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Materiya» tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang narsalari yaratib va yo’q qilib bo’lmaydigan, odamlarga ham, xudolarga ham bog’liq bo’lmagan umumiy va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi g’oyani ilgari surgan paytdan e’tiboran falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni yaratish uchun asosiy material bo’lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni shu material materiya deb atalgan.
«Materiya» atamasi lotincha materia so’zidan kelib chiqqan bo’lib, modda degan ma’noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni bir necha marta o’zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydobo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo’lib, har qanday geometrik shakl ko’rinishini kasb etishi mumkin bo’lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Darhaqiqat, hamma narsalarning asosi bo’lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog’langan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo’lgan.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I - bosqich Antik falsafa. Materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida. Falsafa tarixida materiya haqidagi tasavvurlarning shakllanishini «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o’z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o’ziga xos narsadan izlaydi (xuddi Fales bu asosni suv deb izohlaganidek).
Antik qarashlarga ko’ra materiya – jismlar va narsalarning o’zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o’simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalar asosi deb e’lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Tabiatni ilmiy bilishning samarali dasturi yaratilishiga olib kelishga qodir bo’lgan materiyaning birinchi kontseptsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmi. Materiya muayyan o’zgarmas xossalar yig’indisi sifatida tahlil qilingan. O’sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o’zgarmas xossalar yig’indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko’lamlilik, shakl, og’irlik va hokazolarni kiritgan. Ba’zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko’lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ).
III - bosqich XVIII-XIX asrlar. Materiya inson sezgi a’zolari orqali idrok etishga qodir bo’lgan ob’ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. U materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi.
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasi. Ob’ektiv borliqni ifodalash uchun mo’ljallangan falsafiy kategoriya bo’lib, uni inson o’z sezgi a’zolari orqali idrok etadi, uni tuShunishi mumkin va tuShunishga harakat qiladi, lekin bunda materiya insondan qat’iy nazar mavjuddir. Bu davrda materiyani tuShunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o’ringa qo’yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substantsiya sifatida yondaShuvdir. Bu esa materiyaga ob’ektiv borliq sifatida yondoShuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatShunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tuShunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kyechish yo’lidan emas, balki unga tabiatShunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi va yangi xulosalarni kiritish yo’lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog’lash mumkin emasligiga urg’u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondaShuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neo’ozitivizm yo’nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtayi nazardan aniq ta’rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kyechish lozim, deb hisoblaydi.
Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:
- mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil to’adi» tamoyili amal qilmaydi)
- megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar);
- makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi);
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul. Uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiyaning tarkibiy darajalari to’g’risida so’z yuritilganida, subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekular, makroskopik va kosmik darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni o’rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g’oyasi metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi g’oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.
Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu yerda «qism butundan kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq, ikkinchisi murakkabroq, degan ma’noni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning o’ziga xos teran o’zgarishlarini ifodalaydi. Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə