5-mavzu. Indekslar va ularning qo’llanilishi Reja


Indeks ko’rsatkichlarning qishloq xo’jaligi korxonalarida qo’llanilishi



Yüklə 88,81 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü88,81 Kb.
#166423
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu

5.3. Indeks ko’rsatkichlarning qishloq xo’jaligi korxonalarida qo’llanilishi.


Qishloq ho‘jalik mahsulotlari bahosi indeksi. Bu indekslar qishloq ho‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlatga va boshqa iste’molchilarga sotilgan mahsulot vakillari to‘plami bo‘yicha o‘rtacha bozor baholarining o‘zgarishini ta’riflaydi. O‘zbekistonda tovar - vakillari to‘plami 37 qishloq xo‘jaligi mahsulot turlarini o‘z ichiga oladi. Davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlar bo‘yicha baholar indeksi tayyorlov tashkilotlaridan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi. Barcha sotish yo‘llari bo‘yicha baholar indeksini aniqlash uchun o‘rtacha bozor baholari hisoblanadi. Bunda transport, ortish - tushirish, tayyorlash xarajatlari inobatga olinmaydi. Umumiy baholar indekslari Paashe formulasi asosida hisoblanadi.

Asosiy tushuncha va atamalar


Indeks, hududiy indekslar, halqaro indekslar, yakka indekslar, guruhiy indekslar, umumiy indekslar, zanjirsimon indekslar, o‘zgaruvchan asosli indekslar, o‘zgarmas asosli indekslar, o‘rtacha indekslar, agregat indekslar, vazn, vaznsiz umumiy indekslar, joriy vaznli Paashe indekslari, bazis vaznli Laspeyres indekslari, Fisher indeksi, o‘zgaruvchan tarkibli indekslar, o‘zgarmas tarkibli indekslar, analitik indekslar tizimi.
Qisqacha xulosalar

Indeks ko‘p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo‘llanib, ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko‘rsatkich ma’nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko‘rinishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo‘l bilan o‘lchashdan hosil bo‘lgan ko‘rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir.


Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz beradi. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me’yori bo‘lib xizmat qiladi, ular hodisalarning nisbiy, o‘rtacha va mutlaq o‘zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi. Qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi, obyektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma yoki iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuuilmalardagi ichki siljishlar namoyon bo‘ladi. Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki shartnomani bajarish, tuzilmaviy o‘zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun nazariy- uslubiy zamin yaratadi. Shu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan, to‘plam birliklarini qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga qarab ham tasniflanadi. Natijada indekslarning murakkab, ko‘p pog‘onali turkumlarining oilasi vujudga keladi.
Guruhiy indekslar tabiati jihatidan yakka va umumiy indekslar o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Ayrim bir jinsli tarkibiy unsurlarning o‘zgarishini ifodalovchi yakka indekslarga nisbatan ular umumiy indeks xarakteriga ega. Bu holda gurhiy indekslar ushbu unsurlarning o‘rtacha o‘zgarishini o‘lchaydi va ikki shaklda: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli indekslar ko‘rinishida tuziladi.
Umumiy to‘plam chegarasida muayyan bir jinsli unsurlar o‘zgarishini ifodalovchi indeks sifatida ular yakka indekslar xususiyatiga ega. Bu holda guruhiy indekslar o‘rtacha darajalarni bevosita taqqoslashga asoslanadi.
Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo‘lishi uchun ularning asosida yotadigan ko‘rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Aks holda ular mavhum, arifmetik son bo‘lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor chegarada ko‘rsatkichlarning bir o‘lchamligini yuzaki ta’minlash ma’nosida talqin etish noto‘g‘ridir. Indekslar real hodisalar o‘zgarishini ma’lum sharoitda va jihatdan kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy talabga javob beradi. Ushbu bobda ko‘rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni qoniqtiradi.
Yakka, vaznsiz va o‘zgarmas vaznli umumiy indekslar shaklan nisbiy miqdorlarga ko‘proq yaqinlashsa ham, ammo mazmunan ulardan farq qiladi, chunki ular ham nisbiy o‘zgarish bilan birgalikda o‘rtacha va mutlaq o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi, predmetlik, moddiylik talabiga asoslanadi. Shu bilan birga bu indekslar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Vaqt bo‘yicha teskarilanish, omillar teskarilanishi, doiraviy aylanma bo‘yicha teskarilanish, o‘lchov usuliga nisbatan barqarorlik kabi xislatlari bilan ular boshqa indekslar toifasidan ajralib turadi.
Bu xususiyatlar o‘zgaruvchan bazis yoki joriy vaznli (Laspeyres va Paashe usuli) umumiy indekslar uchun xos emas. Shu sababli indekslarning test nazariyasi vujudga kelib, unga binoan yuqorida ko‘rsatilgan xossalar ideal indekslarni tuzishda asosiy mezonlar sifatida qabul qilinishi kerak. Bunday indekslar ushbu nazariya asoschisi Ivring Fisher nomi bilan Fisher indekslari deb ataladi. Ular Laspeyres va Paashe usulida tuzilgan agregat indekslardan hisoblangan geometrik o‘rtacha indekslar bo‘lib, yuqoridagi xossalarga ega bo‘lgan indekslar turkumini to‘ldiradi.
Umumiy indekslarning asosiy shakli agregat indekslarni hisoblash, sifat ko‘rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida, ya’ni joriy vazn bilan, miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun esa Laspeyres usulida(bazis vazn bilan) tuzish haqidagi statistikaga oid darslik va qo‘llanmalarda xanuzgacha keng targ‘ib etib kelinayotgan metodologik yechim - tavsiya na nazariy va na amaliy jihatdan asosga ega. Har qanday agregat indeks surati yoki maxrajidagi ko‘rsatkichlardan biri real, hayotda mavjud bo‘lgan iqtisodiy voqeani o‘lchovchi ko‘rsatkich emas, u ma’lum shart bilan hisoblab topilgan shartli ko‘rsatkichdir. Demak, uning predmetligi, moddiyligi, iqtisodiy realligi bu holda shartli tushunchadir. Indeksning iqtisodiy mazmuni qaysi davr ko‘rsatkichi vazn qilib olinishi bilan belgilanmaydi. Balki u qanday sharoitda va bog‘lanishda, rivojlanish jarayonining qaysi jihatini oydinlashtirishi, o‘lchashi bilan indeksning iqtisodiy mohiyati aniqlanadi. Ana shu jihatdan har bir indeks hodisa o‘zgarishining asosiy me’yori bo‘lib, uning nisbiy, o‘rtacha mutlaq miqdorini aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga har bir indeks nazariy va amaliy jihatdan ijobiy tomonlarga ham, kamchiliklarga ham ega. Ideal indekslar yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.

Yüklə 88,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə