5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108301
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
маънавият маъруза-5

22.Ma’naviyat va globallashuv 
Globallashuv zamonaviy taraqqiyotning bosh tendenitsiyasidir. U butun yer 
kurrasiga oid. Taraqqiyot darajasi qandayligidan, qaysi qit’ada joylashuvidan qat’i 
nazar barcha mamlakatlar, xalqlar hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy omillar, 
yo‘nalishlar, qonuniyatlarni anglatadi. Atamaning o‘zagi glob(us) yer kurrasini 
bildiradi. XX asr oxirgi choragi – XXI asr boshlarida globallashuv nihoyatda 
tezlashdi (intensivlashdi). U jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. 
Chukotkada, Alyaskada, Aleut orollarida, qumli, suvsiz sahrolarda yoki qalin 
chakalakzorlarda yashaydigan kechagi ibtidoiy qabilalar bugun telekommunikatsiya 
xizmatidan, mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniga ega. Biror joyda yangi 
ishlab chiqarish korxonasi qurilsa, litsenziya sotib olib, unga eng yangi 
texnologiyalarni joriy qilish mumkin. Har qanday sohadagi yangiliklar, ixtirolar, 
yutuqlar butun insoniyatning mulkiga aylanmoqda. Faqat uni yaratgan, o‘ylab 
topgan kishining, jamoaning mualliflik huquqi buzilmasa, bo‘lgani. Globallashuv 
har qanday ahamiyatli, qiziq g‘oyalarning, foydali va foydasiz axborotning, 
texnologiyalarning, mahsulotlarning dunyo bo‘ylab tez tarqalishini va amaliyotga 
joriy etilishini bildiradi. Ushbu imkoniyat globallashuvning zamonaviy jamiyat 
hayotiga, taraqqiyotiga ziddiyatli, qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatishini belgilaydi. 


Ushbu imkoniyat globallashuvning zamonaviy jamiyat hayotiga, taraqqiyotiga 
ziddiyatli, qarama – qarshi ta’sir ko‘rsatishini belgilaydi. Bir tomondan, ilg‘or 
g‘oyalar, tehnologiyalar tez tarqalayotgan, milliy mahdudlik barham topayotgan, 
yagona ahborot, muloqot va bozor makoni shakllanayotir. Ikkinchi tomondan -
milliy chegaralar nisbiylashib, milliy madaniyatlar, milliy identlik katta bosim ostida 
qolmoqda, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tahdidlar kuchaymoqda, buzg‘unchi 
g‘oyalar tez tarqalmoqda. Iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tahdidlarga qarshi turish, 
identligini saqlash maqsadida ba’zi mamlakatlarda ekstremistik g‘oyalar, harakatlar 
tarqalmoqda. Bular globallashuvning salbiy oqibatlaridir. XIX asr oxiri XX asr 
birinchi yarmidagi mustamlakachilik davrida mustabid millat o‘ziga qaramlarni 
ochiqchasiga iqtisodiy jihatdan talab, siyosiy jihatdan bo‘ysundirgan va tilini, dini 
va madaniyatini assimilyatsiya qilishga uringan. Globallashuv tufayli bu tahdidlar 
yashirincha ko‘rinish oldi va bir necha marta kuchaydi.
Globallashuv tufayli turli xalqlar, mamlakatlarning taraqqiyot darajasidagi, 
axborot bilan ta’minlanish borasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, keskin 
farqni sezilarli kamaytirish imkoni vujudga keldi. To‘g‘ri, hali o‘ta qashshoq, aholisi 
ocharchilik xavfida yashaydigan, turli siyosiy va etnik guruhlar o‘rtasida o‘n yillab 
qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan, xalqining katta qismi savodsiz mamlakatlar 
bor. Ular taraqqiyotda juda ortda. Ibtidoiy urug‘-qabilachilik munosabatlari 
qoldiqlari ijtimoiy-ma’naviy hayotida keng tarqalgan, hatto ustunlik qiladigan 
qabilalar bor. Ammo ular ham zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan 
foydalanadi, yoki foydalanish imkoniga ega.
Gap bu yerda globallashuvning xalqlar taraqqiyot darajasini tenglashtirgani 
ustida ketayotgani yo‘q. Yaqin istiqbolda taraqqiyot darajasidagi farq saqlanadi. Gap 
bu yerda globallashuv yangi imkoniyatlar yaratgani haqida ketmoqda. XIX asrda 
yevropalik ovchilar miltiqdan foydalangan, ibtidoiy qabilalar ovchilari esa 
kamondan. XX asr boshlarida sharq xalqlari dehqonlari yerni omoch va qo‘sh bilan 
shudgorlagan, g‘arb dehqonlari plug va traktorlar yordamida yer haydagan. 
Xalqlarning texnologik taraqqiyoti o‘rtasida farq qarama-qarshi edi. Bugun ilmiy-
texnika taraqqiyot yutuqlari ishlab chiqarishga joriy qilingani tufayli qarama-


qarshilik yo‘qoldi. Sharq xalqlari dehqonlari traktorni allaqachon o‘zlashtirdi, 
ibtidoiy munosabatlar saqlanib qolgan urug‘-qabilalar ovchilari zamonaviy 
qurollardan foydalanadi. Lekin iqtisodiy farovonlik, daromad, ijtimoiy-madaniy 
rivojlanish darajasidagi, dunyoqarash va ma’naviyatdagi farq hamon katta.
Globallashuv nafaqat ishlab chiqarish texnologiyalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, 
tovarlar va axborotlar tarqalishiga, shuningdek, madaniy mahsulotlar iste’moliga 
ham ulkan ta’sir ko‘rsatayotir. Televidenie, radio, video-, audio-kompakt disklar, 
internet orqali adabiyot va san’at asarlari, muzeylardagi asoru-atiqalar, 
kutubxonalardagi badiiy va ilmiy asarlar bilan tanishish, ulardan bahramand bo‘lish, 
masofadan turib bilim olish imkoni vujudga keldi. Ammo ularga nisbatan yanada 
ko‘proq turli estrada konsertlari, shou-tomoshalar, ijtimoiy tarmoqlar orqali virtual 
muloqotlar, har xil elektron o‘yinlar va ommaviy madaniyatning boshqa 
standartlashgan, mazmunan sayoz, ba’zan odamlarni chalg‘ituvchi, ma’naviyatga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar tarqalmoqda. Axborot texnologiyalari har 3-5 
yilda yangilanmoqda. Bular globallashuvni nihoyatda tezlashtirib yubordi. 
Standartlashgan g‘arb ommaviy madaniyati mahsulotlarini iste’mol qilish 
texnologiyalari va tovarlari, urbanizatsiya qatorida odamlarning turmush tarzini, 
qadriyatlar tizmini, ongini, psixologiyasini ma’lum darajada yaqinlashtirmoqda. 
Afsuski, bu jarayon ham juda ziddiyatli kechmoqda, unda ijobiy jihatlar qatorida 
salbiy jihatlar ko‘p. O‘zaro yaqinlashish milliy madaniyatlarning o‘zaro boyishi, 
rivojlanishiga nisbatan ko‘proq g‘arb ommaviy madaniyati andozalariga 
moslashuvi, aksariyat rivojlanayotgan xalqlar madaniyatlarining g‘arb madaniyatiga 
qisman assimiliyatsiyalashuvi, milliy xususiyatlarining qashshoqlashuvi asosida 
kechmoqda. Hatto boy madaniy an’analarga, ulkan yutuqlarga va intellektual 
salohiyatiga ega rus xalqining yangi avlodi ongiga, shuuriga, qadriyatlar mo‘ljaliga 
g‘arb ommaviy madaniyatining ta’siri xatarli tus olmoqda. G‘arb tillaridan rus tiliga 
zarur, yangi voqelikni anglatuvchi so‘zlar qatorida, turli tasqara, jargon so‘zlar, yoki 
ruscha ekvivalenti bor, zarurati bo‘lmagan so‘zlar ham kirib kelmoqda va uning 
sofligiga, tozaligiga xavf solmoqda, til madaniyatini tubanlashtirmoqda. Bu masala 


o‘zbek tili va madaniyati uchun ham dolzarb. Boshqa nisbatan qoloq xalqlar tili va 
madaniyati to‘g‘risida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar telekanallari, boshqa OAV orqali tarqalayotgan 
mahsulotlar, savdo tarmoqlarida sotilayotgan disklar, har xil elektron o‘yinlarning 
hajmi shiddat bilan ko‘payib borayotir. Qaysi telekanalga, qaysi mamalakatga 
boqmang, namoyish etilayotgan g‘arb filmlarining salmog‘i o‘z filmlariga nisbatan 
bir-necha barobar ortiq. Globallashuvning milliy madaniyatlarga ta’sirining ijobiy 
tomonlari orasida, shubhasiz, ilg‘or gumanistik g‘oyalarning, ayrim umuminsoniy 
qadriyatlarining, zamonaviy erkin tafakkur unsurlarining tarqalishi, umumiy 
madaniy saviyasining o‘sishi ko‘rinib turadi. Salbiy jihatlari ba’zi bir buzg‘unchi 
g‘oyalarning, axloqiy, estetik va boshqa soxta qadriyatlarning tarqalishidan tashqari, 
milliy madaniyatlarning o‘zigaxosligi zaiflashuvida namoyon bo‘layotir. 
Globallashuvning asosiy salbiy ma’naviy-siyosiy ta’siri haqida ham unutmaslik 
kerak. Bu demokratiyani, g‘arb qadriyatlarini olg‘a siljitish bahonasida 
rivojlanayotgan mamlakatlarga siyosiy tazyiq o‘tkazish, ichki ishlariga aralashishga 
harakat qilish, rivojlangan mamlakatlarning xavfli o‘zaro geosiyosiy raqobatga 
kirishishi, diniy, mafkuraviy-siyosiy, milliy va madaniy tolerantlikning tobora 
pasayib borayotganidir. 
XX asr 80-yillar oxirida jahonda global axborot fazosi (makoni) shakllanishi 
internetning 1989-yilda paydo bo‘lishi bilan yakunlandi va yangi sifat bosqichiga 
ko‘tarildi. Aslida global axborot makonining shakllanishi birdaniga ro‘y bergani 
yo‘q, taxminan bir asr davom etdi. Dastlab kapitalning milliy chegaralaridan chiqib, 
jahonda savdo-sotiqning rivojlanishi, turli birjalardagi narx-navo va kotirovkalar 
to‘g‘risida tadbirkorlarning ishonchli ma’lumotlarni bilish ehtiyoji jahon miqyosida 
telegraf, telefon aloqalarini, tezyurar transport vositalarini rivojlanishini 
rag‘batlantirdi. Amerika qit’asi va Yevropa o‘rtasida Atlantik okeani tubida telefon 
va telegraf kabellari yotqizildi. Quriqlik hududlarida simyog‘ochli aloqalar 
o‘rnatildi. Birjalar, banklar, yirik ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, sug‘urta 
kompaniyalari, yirik sarmoyadorlar, korchalonlar turli xil informatsiyalar bilan 
almasha boshladilar.


Ularga iqtisodiy, moliyaviy informatsiyalardan tashqari ijtimoiy-siyosiy 
mazmundagi informatsiyalar ham kerak edi. Chunki biror mamlakatda, mintaqada 
savdo-sotiq qilmoqchi , investitsiya kiritib, o‘z savdo uyini yoki filialini ochmoqchi 
bo‘lsa, har xil xatarlarni, o‘sha mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni, tinch-
totuvlikni, davlat olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni, xorijiy ishbilarmonlarga 
munosabatni, qo‘shni davlat bilan do‘stona yoki taranglashgan aloqalarni, aholining 
faollik darajasini, xarid qobiliyatini, savodxonligi va madaniy saviyasini va boshqa 
ko‘plab omillarni hisobga olishi shart. Buning uchun tegishli informatsiya va 
informatsiyani o‘z vaqtida yetkazib beruvchi vositalar kerak.
Telekommunikatsiya (uzoqdan aloqa qilish) vositalari tez rivojlandi. XX 
asrda radio, teletayp, televidenie, yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali transkontinental 
aloqa qilish va, nihoyat, internet vujudga keldi. Transmilliy kompaniyalar, xalqaro 
miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan banklar uchun iqtisodiy, moliyaviy hisobotlar, 
savdo-sotiq, almashuv, audit va hamkorlikning hamma uchun bir xil bo‘lgan xalqaro 
standartlari shakllandi. Bu talablar mahsulotlar sifatiga, ko‘rinishiga, funksional 
vazifalariga, ishlab chiqarish texnologiyalariga asta-sekin ko‘chdi. Informatsiyalar 
tarqatish usullarining, nizomlarining, qoidalarining, instruksiyalarining, xo‘jalik 
huquqi me’yorlarining standardlashuvi, birxillashuvi xalqaro iqtisodiy aloqalar 
rivojlanishiga, transmilliy kompaniyalarga katta qulaylik tug‘dirar edi. Bunga 
erishish yana jahon miqyosida uzil-kesil qaror topgan yagona axborot makoni zarur 
edi va uning shakllanishi tabiiy-tarixiy tarzda davom etdi. Yuqorida aytilganidek, 
1989-yil xalqaro internet tarmog‘i paydo bo‘lishiga olib keldi. Industrial jamiyatda 
madaniyatning yangi ommaviy standartlashgan turi shakllana boshladi. 
Postindustrial jamiyatda u ijtimoiy fenomenga aylandi va milliy madaniyatlarga, 
inson ma’naviyatiga turli tahdidlar tug‘dirdi. Avvalgi avom madaniyatidan 
ommaviy madaniyat sanoatlashgan, birqolipli, OAV orqali tarqalishiga 
mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. U jamiyat ma’naviyatini, odamlar ongini 
boyitishga emas, balki ma’naviy hayotni va ijtimoiy ongni birxillashtirishga xizmat 
qiladi. U ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish (uni istalgan kuyga solib 
boshqarish) quroliga aylandi. An’anaviy mumtoz qadriyatlarning deformatsiyani 


kuchaytirdi. Ommaviy madaniyat tug‘dirgan ko‘plab qulayliklar qatorida ulardan 
ham ko‘proq ma’naviy tahdidlarni yuzaga keltirdi. 
Internet tizimining ma’naviyatga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari amalda 
cheksiz. Avval ta’kidlaganimizdek, u ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. 
Softver xizmati aloqa tizimida, zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalarida 
inqilobiy to‘ntarish yasadi. Internetga ulangan dunyoning istalgan kutubxonasi 
kitoblaridan, arxivlari hujjatlaridan foydalanish, ta’lim olish, masofadan o‘qish, turli 
konferensiyalar, yig‘ilishlar o‘tkazish, fikrlar va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish 
imkoniyati vujudga keldi. Hukumatga, parlamentga,jamoat va nodavlat notijorat 
tashkilotlariga so‘rov berish, taklif kiritish, umuman siyosiy, ijtimoiy, ijodiy 
faollikni namoyon etish mumkin. Sizni qiziqtirgan har qanday informatsiyani, 
jumladan madaniy-ma’naviy mazmundagi ma’lumotlarni topish, undan foydalanish 
osonlashdi. O‘z ilmiy, publitsistik maqolalaringizni, asarlaringizni, ijro etgan 
qo‘shiq va raqslaringizni, tushgan suratlaringizni, o‘tkazgan tadbirlaringiz video 
tasvirlaringizni 
va 
h.k.larni 
Internetga 
joylashtirib, 
boshqalar 
bilan 
o‘rtoqlashishingiz mumkin. Internet orqali o‘zingizga hamsuhbat, maslakdosh 
topishingiz, bo‘sh vaqtlaringizda turli xil elektron o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish 
imkoniyatingiz bor. 
Internet insonning real olamini, real faoliyatini virtual olam, virtual faoliyat 
bilan to‘ldiradi va boyitadi. Internet yordamida siz dunyoning ilgari hech 
ko‘rmagan, aniq tasavvurga ega bo‘lmagan joylariga, tabiiy qo‘riqxonalarga, 
shaharlariga, muzeylariga sayohat qilishingiz, turli xalqlarning me’moriy 
yodgorliklarini, urf-odatlari, madaniy tadbirlari, bayramlari va boshqa nomoddiy 
merosi haqida tasavvur hosil qilasiz. Internet milliy chegaralarni bilmaydi.
Lekin internet tarmog‘ida joylashgan barcha axborotlar ijobiy mazmunga ega 
emas. Ular orasida g‘oyaviy jihatdan shubhali, hatto zararli, siyosiy va diniy 
ekstremizmni, axloqiy buzuqlikni, zo‘ravonlik va fahshni, nafs va hirs tiyiqsizligini 
targ‘ib etuvchi, inson ma’naviyatini ich-ichidan yemiruvchilari bor. Afsuski, 
internet orqali nafaqat ezgu niyatli kishilar, shuningdek yovuz niyatli kishilar ham 
o‘zlariga 
maslakdosh 
topmoqdalar. 
Turli 
aksilijtimoiy 
harakatlarini 


muvofiqlashtirmoqdalar. Xalqaro va milliy terroristik guruhlar o‘z safiga ayrim 
yoshlarni yollashni shaxsiy muloqotlar qatorida internet yordamida amalga 
oshirmoqdalar. Bundan tashqari, kompyuterning virtual dunyosi va internetdagi 
ayrim axborot klasterlari, ayrim elektron o‘yinlar inson ijtimoiy ruhiy-intelektual 
mavjudot sifatidagi tabiatini zaiflashtirmoqda, nozik, insonparvarlik, mehr-oqibat 
bilan bog‘liq tomonlarini yemirmoqda. 
Ba’zi kishilar real, jonli hayotdan, muloqotdan ko‘ra, o‘zlarining ko‘p vaqtini 
internetning virtual, hayolot dunyosida, ijtimoiy tarmoqlar orqali virtual muloqotda 
o‘tkazmoqdalar. Ular kompyuter va internet bandilariga, asirlariga aylanib qolayotir. 
Har qanday narsada, voqea, jarayonda me’yor buzilsa, teskari oqibatlarga olib 
keladi. Bunday hollarda internet inson ma’naviy olamini boyitish o‘rniga uni 
biryoqlama, xayolotga, virtuallikka tobe qilib qo‘yadi. Inson psixikasini buzuvchi 
g‘oyalar, salbiy mazmundagi axborot zarari shundoqqina ko‘rinib turibdi. Ular inson 
ma’naviyatini, shaxsini bevosita yemiradi. Buzg‘unchi siyosiy va ekstremistik 
g‘oyalar bilan zaxarlangan kishilar, dushmanlarini hech ikkilanmasdan otib, urib, 
o‘ldirib ketadigan supermenlarni elektron o‘yinlarda, kinokartinalarda ko‘rib o‘sgan 
ayrim bolalar, o‘smirlar vahshiy qotillarga aylanayotgani, ularning ongi, tafakkuri, 
qadriyatlar tizimi to‘liq deformatsiyalashgani to‘g‘risida bugun hamma biladi. Yoki 
boshqa bir guruh kishilar, yoshlar bor. Ular vahshiy, qotil emas. Lekin ularning ongi, 
tafakkuri, qadriyatlar mo‘ljali ham to‘liq deformatsiyalashgan. Ular real hayotga, 
insoniy orzu havaslarga tamomila befarq , loqayd kishilardir. Ular o‘zlarining 
fiziologik mayllarini ma’lum darajada qondirsa, unga birov tegmasa, bas. Hech kim 
bilan, hech narsa bilan ishi yo‘q. “Ma’naviy” ehtiyojlarini esa internet, ijtimoiy 
tarmoqlar yordamida qondiradi, “yarimtarkidunyo” qilgan kimsalarga aylanib 
qolayotirlar. 
Internetning, axborot texnologiyalarining inson ma’naviyatiga ta’siri haqida 
yana ko‘p gapirish, yoki son-sanoqsiz misollar keltirish mumkin. Aytganlarning o‘zi 
masala mohiyatini tushunish uchun yetarli , deb o‘ylaymiz. Globallashuv dunyo 
miqyosida geosiyosiy raqobatning kuchayishiga, milliy davlatchilik va milliy 
manfaatlar ikkinchi darajali deb qaralishiga, milliy identlik, milliy adabiyotlar, 


san’at, boshqa ma’naviy qadriyatlar inkor qilinishiga sabab bo‘layotir. Keyingi 
tendensiya ayniqsa, g‘arb mamlakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hatto 
adabiyot, san’at, madaniyat “o‘limi” haqida bahslar yuritilmoqda. Milliy 
madaniyatlar, adabiyot, san’at o‘rniga g‘oyaviy mazmunga ko‘ra ularga ko‘p 
jihatdan qarshi turadigan, mumtoz va an’anaviy qadriyatlarni tan olmaydigan 
ommaviy madaniyat, yoki ijodkorning o‘ta sub’ektiv idrokini, ongosti intilishlarini 
ifodalaydigan “asarlar” yoyilib borayotir. Shu sababdan milliy identligini
mentaliteti va qadriyatlarini, davlat mustaqilligini saqlab qolish, boshqa ma’naviy 
tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish, milliy iqtisodiyotini rivojlantirish zarurati g‘arb 
mamlakatlari aholisi o‘rtasida globallshuvga nisbatan salbiy kayfiyatni, norozilikni 
tug‘dirmoqda. Antiglobalistlar harakati avj olmoqda, radikal millatchilik 
jonlanmoqda. Ayniqsa, bunday kayfiyat “arab bahori” dan keyin Yevropaga son – 
sanoqsiz muhojirlarning oqib kelishi tufayli yanada keskin tus oldi.
Globallashuv, yuqorida ta’kidlanganidek, - ob’ektiv tendensiya. Uni bekor 
qilish imkonsiz. Ammo uning keskin ziddiyatlarini yumshatish, ijobiy jtihatlaridan 
oqilona foydlanish mumkin. Buning uchun xalqora munosabatlarni huquqiy 
sivilizatsion asoslarda qayta tashkil etish, geosiyosiy qarama – qarshiliklarni xalqaro 
huquq me’yorlari yordamida tinchlik va o‘zaro foydali hamkorlik bilan hal qilish 
zarur.
Biz o‘zbeklar ham, boshqa xalqlar singari, zamonaviy sivilizatsiya, u 
tug‘dirgan texnologiyalar, globallashuvning tahlikali ta’siridan, ommaviy 
madaniyatdan voz kecha olmaymiz. Lekin ularning insonga salbiy ta’sirini 
minimallashtirishga erishmog‘imiz kerak. Buning uchun ta’lim-tarbiya, birinchi 
galda manaviy tarbiya mazmunini, usul va vositalarini zamon talablarini hisobga 
olib, takomillashtirish zarur. “Bugungi kunda zmonaviy axborot maydonidagi 
harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki,- deb yozgandi Islom Karimov, – endi 
ilgaridek, ha, bu voqea bizdan ju olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb 
beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat 
taraqqiyotida yuz yillar ortda qolib ketishi hech gap emas”
12
.
12
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. 112 бет. 


Globallashuvning milliy o‘ziga xoslikka, milliy madaniyatlarga, tillarga 
solayotgan xavfi, inson axloqi, ma’naviyati, qadriyatlar tizimining zamonaviy 
sivilizatsiya va ommaviy madaniyat ta’sirida deformatsiyaga uchrashi, 
demokratiyani olg‘a siljitish niqobida neomustamlakachilik, geosiyosiy manfaatlar 
to‘qnashuvi va sh.k. noxush tendensiyalar, yuqorida ta’kidlanganidek, jahonda 
antiglobolistik harakat vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Antiglobalistiklarning 
ko‘pgina konkret masalalarda haqliligini ta’kidlagan holda, umumiy yondashuvi va 
pozitsiyasi noto‘g‘ri ekanligini aytish lozim. Chunki globallashuvga qarshi emas, 
undan g‘arazli niyatlarda foydalanayotganlarga qarshi kurashish kerak.
Ma’naviy tarbiya insonning asl tabiatini mustahkamlash va yanada 
rivojlantirishga qaratilgan. Insonning asl tabiati haqida gap ketganda, odatda 
quyidagilarga urg‘u beriladi: 

inson ongli, aqlli mavjudot; 

inson bioijtimoiy mavjudot, u faqat jamiyatdagina shakllanadi,
jamiyatdan tashqarida inson bolasi halok bo‘lmay qolganda ham, hayvondan farq 
qilmaydigan mavjudot bo‘lib yetishadi; 

inson yaratuvchi mavjudot. Hayvon tabiatni o‘zgartirmaydi, faqat 
unga borligi tufayli biologik xilma-xillik bag‘ishlaydi, u tabiat bergan mahsulotni 
iste’mol qiladi. Inson esa ishlab chiqarish qurollari yasashdan, yashashi uchun shart-
sharoit yaratish (boshpana qurish, kiyim-kechak tikish) va ovqatlanishgacha tabiat 
mahsulotlarini qayta ishlaydi, ulardan o‘ziga kerakli mahsulot ishlab chiqadi, 
shaharlar va qishloqlar, yo‘llar va ko‘priklar quradi, ekinzorlar, zavod va fabrikalar 
yaratadi, ariqlar, kanallar tizimini barpo etadi, boshqacha aytganda tabiatni qayta 
yaratadi; 

inson ehtiyojlari uzluksiz o‘sadigan, yuksaladigan mavjudot. U o‘z 
ehtiyojlarini anglashga va ularni qondirish uchun muayyan maqsad qo‘yishga, reja 
tuzishga, yaratuvchilik bilan shug‘ullanishga qodir. Bunday xislat hayvonda yo‘q. 
Insonning ongi, tafakkuri uning uchun birinchi mohiyatli belgi ekan, 
globallashuv, internet va virtual voqelik kengayishi sharoitida ma’naviy tarbiya 
avvalo inson ongi, tafakkurini yanada rivojlantirishga, yuksaltirishga xizmat qilishi 


kerak. Ong murakkab, ko‘pqavatli tuzilmaga ega. Uning poydevorini insoniy 
tuyg‘ular: uyat, or-nomus, mehr, go‘zallikdan, mardlik va jasoratdan zavqlanish, 
yaxshilikdan quvonish, yomonlikdan azoblanish, o‘zi nojo‘ya yoki nohaq ish qilib 
qo‘ysa, xijolat chekish, vijdonan qiynalish, yaxshi ishdan mamnun bo‘lish, 
haqiqatga, adolatga intilish kabi tuyg‘ular faqat odamlarga xos. Ular ma’naviyatning 
ijaralmas qismidir. 
Inson tuyg‘ular, his – hayojon bilan cheklanib qolmaydi. U o‘zining ijobiy 
va salbiy tuyg‘ularini keltirib chiqargan sabablarni, tuyg‘ular ob’ektini tahlil qiladi. 
Ularga baho beradi, ular to‘g‘risida fikr yuritadi. Shunday qilib, tuyg‘ulardan 
boshlangan ong asta-sekin yuqori bosqichga – tafakkurga o‘tadi. Avval 
ta’kidlaganimizdek, tuyg‘ular, his-hayojonlar, kechinmalar kishining ko‘ngil 
dunyosini, tafakkur esa aql dunyosini tashkil etadi. Ularni bir-biridan ajratish yoki 
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish holatlari uchrab turadi: “ko‘ngil bilan yashash 
kerakmi, yo aql bilan” qabilida munozaralar ham uyushtiriladi. Chunki ayrim 
kishilar hayotda asl insoniy tuyg‘ularga bepisand qaraydi, ro‘zg‘or va ish 
tashvishlari bilan band bo‘lib, ularni unutadi. Ayrimlar ko‘proq o‘zga foyda 
beradigan yo‘lni tanlaydi. Or-nomus, vijdon uchun zarar ko‘raymi, deb go‘yoki “aql 
bilan ish tutadi”. Aslida xudbinligi namoyon qiladi. Xudbinlik ko‘ngilning 
qashshoqligi, aqlning ijobiy his-tuyg‘ulardan ajralib, salbiy his-tuyg‘ular ta’sirida 
qolgani tufayli shakllanadi. 
Ma’naviy tarbiyaning maqsadlaridan biri insonning ko‘ngil va aql 
dunyosini muvozanatga keltirish, uni nafs va hirs, yoki loqaydlik, befarqlik domiga 
tushib qolishdan asrashdir. Globallashuv, virtual hayot kengayishi, an’anaviy 
qadriyatlarning deformatsiyaga uchrashi, turli axborot va reklama bosimning 
odamlar ongiga kuchayishi natijasida ular qadriyatlar mo‘ljalini yo‘qotdi. Kishi 
nimaga intilsin, hayotda o‘zi muqaddas narsa bormi? Yashashdan maqsad nima, 
ma’ni bormi? Yuksak ideallardan mahrum, ijtimoiy mo‘ljallarni yo‘qotgan, 
yashashida, ishlashida, boshqalar bilan muloqot qilishda hech qanday ma’ni 
ko‘rmayotgan odamlar soni tez ko‘payib borayotir. Buni adabiyot va san’at, har 
galgidek, boshqalarga nisbatan, xususan ilm-fan va dinga nisbatan avvalroq 


payqaydi. Absurd adabiyoti, san’ati, ya’ni ma’nisiz hayotni, yashashidan ma’ni 
topolmay qiynalayotgan insonlarni tasvirlaydigan adabiyot va san’at asarlari paydo 
bo‘ldi. 
Inson ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa insonlar bilan, oilasi, mahallasi, 
mehnat jamoasi, yurti, mamlakati va butun jamiyat bilan yaqindan bog‘langan. 
Binobarin, tarbiyaning asosiy vazifasi insonni o‘z-o‘zi bilan, oilasi, jamoasi, butun 
jamiyat hamda tabiat bilan uyg‘un yashashga o‘rgatishdir. Ma’naviy tarbiyaning har 
bir yo‘nalishi va shakli bir-birini to‘ldiradi, har qaysi o‘z usul va vositalariga ega. 
Ular bir-biridan ajratilmasdan, ma’naviy tarbiya yaxlit kompleks tizim sifatida 
yo‘lga qo‘yilishi lozim. Eng asosiysi, hozirgi globallashuv talablari va insonga 
tahdidlarini hisobga olib, tarbiyani yana ta’limga yaqinlashtirish, buning uchun 
tarbiyaning yangi konsepsiyasini ishlab chiqarish zarur.
Konsepsiyada jahonda
globallashuv tufayli sodir bo‘layotgan yangi 
mafkuraviy jarayonlarning asl sabablari, turli diniy, siyosiy oqimlar va yirik 
geosiyosiy kuchlarning asl maqsadini tushuntirishga, yoshlarda mafkuraviy 
immunitetni shakllantirishga yetarlicha e’tibor qaratilishi zarur. Mafkuraviy 
immunitet – keng tushuncha. U nafaqat tashqi mafkuraviy tahdidlarga, axborot 
xurujiga qarshi, umuman har qanday buzg‘unchi g‘oyalarga, ular tashqi kuchlardan 
keladimi, yo ichki, siyosiy, diniy, axloqiy, estetik, yoki millatlararo munosabatlarga 
taalluqli bo‘ladimi, qat’iy nazar, qarshi tura olishni tarbiyalashni bildiradi. Bunga 
har tomonlama gumanitar va ijtimoiy-siyosiy bilimlar berish, ta’lim mazmunini 
gumanitarlashtirish orqali erishiladi. 
Ta’lim tarbiyalovchi ta’limga aylanishi lozim. Zero, haqiqiy tarbiya, 
jumladan diniy tarbiya ham avvalo ehtiroslarga va nasihatlarga emas, balki ob’ektiv 
bilimlarga asoslanadi. Yetarli bilimlarga ega bo‘lmagan kishi, birinchidan, osongina 
har xil bid’at va xurofatlar, g‘arazli mafkuraviy targ‘ibot ta’siriga tushib qoladi. 
Chunki eshitayotgan, ko‘rayotgan hodisani to‘g‘ri tahlil qilish, baholash va 
noto‘g‘ri jihatlarini aniqlash uning uchun qiyin. Ikkinchidan, unga hayotni teran 
anglashda, uni modellashtirish va o‘zgartirishda ham bilim yetmay qoladi. Oqibatda 
uning yaratuvchanlik, bunyodkorlik salohiyati pasayib ketadi. Bularning oldini olish 


uchun har bir avlodning ijtimoiy va ijodiy faolligini o‘rganish maqsadida 
sotsiometrik ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqib, tadqiqotlar natijasini ta’lim 
va tarbiya jarayonida hisobga olib borish zarur. Shundagina mafkuraviy immunitetni 
shakllantirish, ma’naviy jihatdan erkin, o‘z huquqlarini yaxshi taniydigan, 
boqimandalikning har qanday ko‘rinishini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va 
aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat 
manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan shaxsni tarbiyalash bo‘yicha qo‘yilgan 
vazifalarini samarali amalga oshira olamiz, globallashuvning salbiy ta’sirlarini, 
ommaviy madaniyatning ma’naviy tahdidlarini minimallashtirishga erishamiz. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, globallashuv ma’naviyatga o‘ta ziddiyatli ta’sir 
ko‘rsatayotir. Ota – bobolariga nisbatan boshqacha fikrlaydigan, boshqacha 
qadriyatlar tizimiga amal qilayotgan yangi avlod generatsiyasi vujudga kelmoqda. 
Ular avvalgi avlodlardan aqlliroq, yaxshiroq ham, soddaroq va yomonroq ham emas. 
Ular boshqacha. Konkret va rang – barang axborotga ko‘proq ega, har qanday 
muammo bo‘yicha axborot izlab topish imkoniyati avvalgi avlodga nisbatan bir 
necha barobar ustun bo‘lsa-da tafakkur erkinligi, tahlil va umumlashtirish, xulosa 
qilish, hayotiy vaziyatlarni oldindan hayolida modellashtirish imkoniyatlari biroz 
pastroq. Ammo tayyor xulosalar, tayyor modellarni, kompyuter dasturlarini ishga 
solib oxir – oqibatda taraqqiyotga erishish imkoniyatlari esa yuqoriroq. 
Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri, shunday qilib, ham ijobiy, ham salbiy.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə