5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
маънавият маъруза-5

Эрих Фромм, Рамон Хирау. 
Предисловие к антологии «Природа человека». — В кн.: «Глобальные 
проблемы и общечеловеческие ценности». М., 1990. 149-6. 


ehtirosi tufayli yuksalgan, jamiyatni takomillashtirgan, ezgulik uchun kurashgan, 
kerak bo‘lsa, jonini fido qilgan. 
Inson tabiati faqat umumiy insoniy xossalardan yoki tamoyillardan iborat 
emas. U, shuningdek, insonning konkret tarixiy-ijtimoiy va individual mavjudlik 
holati bilan bog‘liq. Bu holat shaxsning moyilliklari, u yoki bu narsani yaxshi 
ko‘rishi, erkin tanlashi va sevishi, nimalargadir sig‘inishi, taqvodorlikka moyillik 
yoki uni inkor qilish kabi axloqiy, huquqiy, estetik, diniy tuyg‘u va me’yorlarni 
o‘z ichiga oladi. «Ishqsiz eshak, dardsiz kesak» deganida, ota-bobolarimiz inson 
tabiatining eng muhim jihatlaridan birini e’tirof etganlar. 
Shaxsning sobit moyilliklari, sobit, barqaror hissiyoti (kayfiyati emas) ham 
inson tabiatini tashkil etadi. Inson bir narsaga mehr qo‘yishga, u haqda 
qayg‘urishga, uni parvarishlab, avaylab e’zozlashga yoki unga erishish uchun 
katta kuch-g‘ayrat sarflashga, turli to‘siklarni, qiyinchiliklarni bartaraf etishga, 
hatto o‘z-o‘zini qayta yaratishga (masalan, mutaxassisligini o‘zgartirish uchun 
qayta o‘qishga va sh.k.) qodir va qobil. 
Buni Alisher Navoiy so‘fiyona tarzda ifoda etgan: inson jazm qilsa, Haq 
vasliga erisha oladi. Zero, Insonga Haqqa vosil bo‘lish qobiliyati berilgan: 
Kim sen-o‘q sen har nekim maqsud erur,
Sendin o‘zga yo‘q nekim mavjud erur.
Zotning ishmolig‘a tafsilsen,
Ham vujud ishkolig‘a ta’vilsen.
O‘z vujudingg‘a tafakkur aylag‘il,
Har ne istarsen o‘zingdin istagil.
Turfa qushsen ravza naxlistonidin,
Pok toyirsen sharaf bo‘stonidin.
Lek Simurg‘ istagan ul jam’i tayr,
Kim suluk ichra riyozat birla sayr


Aylabon chun o‘zni qobil qildilar,
Ul talabdin vasl hosil qildilar.
Senda ham bilquvva ul mavjud erur,
Fe’lg‘a kelsa davo maqsud erur.
Tasavvuf mutafakkirlari kabi Alisher Navoiy Ollohga muhabbat (ishq)ni va 
unga fano orqali yetisha olishni inson tabiatiga xos qobiliyat, deb hisoblagan. 
Ollohga ishq muhabbatning oliy ko‘rinishi. Ungacha inson muhabbatning turli 
shaqllarini boshdan kechirishi mumkin. Bu uning seva olish qobiliyatiga bog‘liq. 
Fanolikka ko‘tarilish (o‘zligidan kecha olish) inson qobiliyatining eng yuqori 
cho‘qqisidir. Faqat to‘liq kamolotga erishganlargina haqiqiy ishqqa va fanoga 
sazovor bo‘ladilar va, aksincha. 
Kamolotning turli maqomlari uchun esa muhabbatning va qobiliyatning 
tegishli shakllari va darajalari xos. Muhabbat va boshqa qobiliyatlar inson 
tabiatining mazmunini tashkil etadigan, yuqorida qayd etilgan tamoyillarni 
to‘ldiradigan muhim fazilatlardir. Shu boisdan quyidagi fikr adolatlidir: «Inson 
tabiati nafaqat tamoyildir, shuningdek qobiliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, 
inson muhabbatini va aqlini takomillashtirgandagina, u o‘zining (asl) 
mavjudligiga intilgan bo‘ladi. Aytish mumkinki, inson mavjud ekan, sevishga va 
mulohaza yuritishga qobil va, aksincha, u mulohaza yuritishga va sevishga qobil 
ekan, u mavjud. O‘zini, o‘z ekzistensial vaziyatini anglay olish uni insonga 
aylantiradi: bu qobiliyat, mohiyatan, uning tabiatini tashkil etadi».
8
Bu xulosa 
inson tabiatini yangi bir muhim belgi bilan boyitadi, ammo oxirigacha u ham 
ochib bermaydi. Bizning fikrimizcha, inson tabiatiga yuqorida keltirilgan 
tamoyillar va qobiliyatlardan tashqari, inson ehtiyojlarining yuksalib borish 
qonuni kiradi. Shu qonunni ham yuqoridagi tamoyillarga, belgilar va 
qobiliyatlarga qo‘shib tahlil etsak, inson tabiatini yanada aniqroq tasavvur 
8
Эрих Фромм, Рамон Хирау. Ўша асар, 153-6. 


etishga, chuqurroq tushunishga, binobarin, ma’naviyatni yaxshiroq bilishga 
imkon yaraladi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə