5-Mavzu: Ta’lim muassasasi menejmenti. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni boshqarish (2 soat). Reja



Yüklə 24,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü24,67 Kb.
#166553
  1   2   3
5-amaliy (1)



5-Mavzu: Ta’lim muassasasi menejmenti. Ta’lim muassasasida metodik 
ishlarni boshqarish (2 soat). 
Reja: 
1. Ta‟lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. 
 
2. Ta‟lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi 
hujjat.
 
3. Boshqaruv tushunchasi. Boshqaruv metodlari. 
 
4. Boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish. 
 
5. Pedagogik tizim tavsifi.
 
Maqsadi
: Pedagogik menejment nazariyasi va amaliyoti. Boshqaruvning 
nazariy asoslari mavzusi yuzasidan egallangan nazariy ma`lumotlarni tahlil 
qilish orqali talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish, mavzu rejalarini tizimli 
bayon qilish va ularning amaliy ahamiyatini yoritib berish orqali talabalar kasbiy 
bilimlarini kengaytirish.
 
Boshqarish ma‟lum bir ob‟yektga tashkiliy, rejali, tizimli ta‟sir ko‟rsatish 
demakdir. Ta‟lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa 
pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‟batlantirish, natijalarni 
nazorat va tahlil qilishga aytiladi. Ta‟lim muassasalarini boshqarish nazariyasi 
ta‟lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment 
nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun 
sharoit yaratish hamda o‟zaro hurmat bilan tavsiflanadi. 
Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish 
maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta‟sir etish, ular bilan hamkorlik qilish 
jarayonidir. Olimlar ta‟lim menejmetining bir qator o‟ziga xos xususiyatlarga ega 
ekanligini ham ta‟kidlab o‟tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy 
hisoblanadi: 
– ta‟lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‟zi bilan aniqlanadigan ma‟naviy 
o‟lchovga ega; 
– ta‟lim menejmenti – bu fan va san‟at (chunki bunda insonlar o‟rtasidagi o‟zaro 
munosabatlar katta rol o‟ynaydi); 
– menejment mazmunida o‟z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat 
manfaatlarining o‟zaro dialektik birligi; 
– ta‟limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. 
Yuqoridagilardan ko‟rinib turibdiki, endilikda ta‟lim tizimini davlat 
tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‟tiladi. Davlat-
jamoatchilik boshqaruvining maqsadi – ta‟lim muassasalarining dolzarb 
masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‟qituvchilar, 
o‟quvchilar hamda otaonalarga ta‟lim dasturlarini, turlarini, ta‟lim muassasalarini 
tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat. 



Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə