6-mavzu. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning dasturi. Reja

Yüklə 14,58 Kb.
səhifə5/6
tarix28.03.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#103444
1   2   3   4   5   6
Берхауз фредерик скиннер-fayllar.org

Proektiv testlar. Bu usullar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko‘rinishga ega bo‘lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig‘i beriladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan buyumlar, yog‘ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o‘zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berishi mumkin.

Proektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog‘lari" testini kiritish mumkin (1921 y.). Bu dog‘lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog‘lardan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har xil buyoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog‘" ning nimani eslatayotganligini aytish so‘raladi. Uning fikridan va so‘zlaridan, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib) shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.

Ijtimoiy-psixologik eksperiment—bu ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday muloqotning bo‘lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‘playdi. Umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi, ijtimoiy psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari farqlanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi A.Makarenkoning jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog M.Sherif esa guruhlararo munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib o‘rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik tuzilgan jamoa — yozgi ta’til lagerlarida kooperatsiya hamda turli ziddiyatlarning paydo bo‘lishidagi psixologik sabablarni o‘rganishdan iborat edi.

Yüklə 14,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə