6-mavzu. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning dasturi. Reja



Yüklə 14,58 Kb.
səhifə2/6
tarix28.03.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#103444
1   2   3   4   5   6
Берхауз фредерик скиннер-fayllar.org

Kontent-analiz metodi


  • matnni analiz qilish

  • abzatslarni analiz qilish

  • iboralar, tushunchalarni analiz qilish

    Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlar

    Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mo­baynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi.

    Ijtimoiy psixologiyada hujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati

    Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.

    Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish

    Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X.Lassuell va B.Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar.

    So‘roq metodlari.

    So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.


    Yüklə 14,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə