6-mavzu. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning dasturi. Reja



Yüklə 14,58 Kb.
səhifə3/6
tarix28.03.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#103444
1   2   3   4   5   6
Берхауз фредерик скиннер-fayllar.org

So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.

Anketa metodi

Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga etarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir. SHunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.

Ijtimoiy-psixologik testlar- Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul — testda tekshiriladi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo‘lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi ob’ektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’ektlardagina qo‘llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. SHaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’ektlarda sinovdan o‘tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.

1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə