6-mavzu. Korxonalarining mehnat resurslari. Reja


Mehnat unumdorligini o’lchash usullari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#136236
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
6 (2)

Mehnat unumdorligini o’lchash usullari 
Mehnat unumdorligini o’lchash usullari 


Natural 
usul 
Bir xildagi, turdosh mahsulotlari ishlab chiqishda ishlab chiqarish jarayoning unumdorligini 
ifodalashda qo’llaniladi 
Afzalligi - qulay, tushunarli, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aks 
ettiradi. 
Kamchiligi - keng miqyosda qo’llash mumkin emas, chunki iqtisodiyotning ko’plab 
tarmoqlari, aksariyat korxonalar faqat bir xil mahsulot ishlab chiqarishga ihtisoslashmagan 
Qiymat 
usul 
Turdosh bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini ifodalash 
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, qiymat (pul) birligida o’lchanadi. 
Afzalligi - mehnat unumdorligini tarmoqlar bo’yicha, turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
koxonalarda o’lchash imkonini beradi. 
Kamchiligi - inflyatsiya jarayonlarini aniq hisobga olinmasa, olingan ko’rsatkich taxminiy 
natijaga ega bo’ladi; mahsulotishlab chiqarishdagi ichki, tarkibiy sifat o’zgarishlari aniq aks 
etmaydi.
Mehnat 
usuli 
(norma-soatlarida ifodalanuvchi) ishlab chiqarilgan mahsulotning unga ketgan haqiqiy vaqt 
sarfiga nisbatan iborat bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfiniunumdorlik 
nuqtai nazaridan baholashi imkonini bildiradi. 
Afzalligi – iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilishi mumkin, taqqoslashga juda o’ng’ay. 
Kamchiligi - bu usulda mehnat unumdorligini o’lchash juda qiyin va ko’p vaqtni, xarajatni 
talab qiluvchi o’lchash va hisob ishlarini talab qiladi. 
Ishlab chiqarish hajmlari va mehnat unumdorligini o’lchashning qiymat usuli birmuncha 
murakkab ishlab chiqarish hajmlarini hisoblashda eng maqbul usulni muayyan shart-sharoitlardan kelib 
chiqib tanlash mumkin. Ishlab chiqarish hajmlarini o’lchashning eng ko’p qo’llanadigan usuli yalpi, 
tovar va sotilgan mahsulotlar ko’rsatkichlaridir. Bu xil ulgurji narxlarda «zavod usuli» bo’yicha 
hisoblangan yalpi mahsulot tovar mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini o’lchaysh 
bilan, sotilgan mahsulot tovar mahsulotdan sotish uchun mo’ljallangan, lekin sotilmagan tovar qoldiqlari 
summasi bilan farq qiladi. Moddiy xarajatlarrning har qanday ko’payishi yoki boshqa korxonalar bilan 
kooperatsiya bo’yicha mahsulot yetkazib berish va sotish bo’lsin, baribir mehnat unumdorligining ortib 
borish tasavvurini beradi. Material sig’imining kamayishi esa – mazkur ko’rsatkichning pasayishi 
tasavvurini o’yg’otadi. 
Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina sabablar va omillar ta’sirida 
doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ulardan bir xillari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, 
boshqalari uni pasaytirishga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi va 
o’sishiga mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHart-sharoitlar qulay 
bo’lsa, u yoki bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo’lsa, bu ta’sirni zaiflashtiradi. 
Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy 
ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo’lgan 
ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan shart-
sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb 
mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga 
aytiladi. Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning 
pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini 
ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari sharoitining 
yaxshilanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlarning noqulay 
ta’sir ko’rsatishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy 
elementlarning ta’sir ko’rsatishi kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, ularning hammasini ichki 
va tashqi omillarga bo’lish mumkin. 
Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, qo’llanilayotgan 
texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlanishi darajasi
tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, 


kadrlar tarkibining yaxshilanishi kabi korxonani rahbarlariga bog’liq bo’lgan barcha narsalar kiradi. 
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat buyurtmalari va bozordagi talab hamda 
takliflarning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining 
o’zgarishi; jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari; mehnatni kooperatsiyalashuv 
darajasi, moddiy texnika ta’minoti tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar. 
Barcha omillarni o’z ichki mazmuni va mohiyatiga ko’ra, uchta guruhga bo’lish mumkin: moddiy-
texnika, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va 
texnologiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. SHuning uchun ham 
moddiy-texnika omillari guruhini, odatda, yetakchi va qolgan barcha omillarni belgilovchi guruh deb 
qaraladi. 
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy-texnika omillariga fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz 
rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi. Ishlab 
chiqarishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: ishlab chiqarishning 
avtomatlashtirishga o’tish munosabati bilan uni mexanizatsiyalash; mehnatning energiya bilan 
ta’minlanish darajasini oshirish asosida mashina va asbob-uskunalar quvvatining ortishi; ishlab 
chiqarishni elektrlashtirish; soha va qishloq xo’jaligining bir qancha tarmoqlarida ishlab chiqarishni 
kimyolashtirish; butunlay yangi texnologiyalarning yaratilishi (ular ishlab chiqarish intensivligini 
oshirishni ta’minlaydi va jonli mehnat sarfini keskin qisqartiradi); ishlab chiqarishga material 
sarflanishining pasayishi va moddiy resurslarning tejalishi; mashinalar va asbob-uskunalar 
ixtisoslashuvining chuqurlashuvi va shu kabilar. Energiyaning yangi qudratli manbalari - atom, ichki 
yadro, geoterial, kosmik va hokazo turlarining o’zlashtirilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat unumdorligining o’sishiga doir tashkiliy omillarda korxonalar, tarmoqlar va umuman, 
xalq xo’jaligi darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi. Xususan, korxonalarni mamlakatimiz 
hududlari bo’yicha joylashtirish, ham mamlakat ichida, ham chet mamlakatlar bilan transport aloqalarini 
yo’lga qo’yish; korxonalarni ixtisoslashtirish va ularning keyinchalik kooperatsiyalashuvi; moddiy-
texnika, energiya ta’minoti, ta’mirlash xizmati ko’rsatish va hokazolar katta ahamiyatga egadir. 
Korxonalar ichida ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishiga doir muhim vazifalar 
quyidagilardir: rejalashtirish sifatini oshirish; ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashni 
tashkil etish; yangi texnika va texnologiyani o’z vaqtida joriy qilish; ishlab turgan asbob-uskunalarni 
zamonaviylashtirish; mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar, apparatlarni joriy va kapital 
ta’mirlashni ta’min etish, shuningdek, korxona ichida moddiy-texnika ta’minotini to’g’ri tashkil etish. 
Barcha tashkiliy omillar bir-biri bilan mustahkam bog’langan bo’lib, ishlab chiqarish, mehnat va 
boshqaruvni tashkil etishning yagona tizimini hosil qiladi. Ulardan to’liq foydalanmaslik, turli tashkiliy 
kamchiliklarning mavjud bo’lishi asosan ish vaqtidan foydalanishda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ish vaqtining 
bekor sarf bo’lishi mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar oqibati bo’lib, mehnat 
unumdorligini pasaytiradi, ish vaqti bekor sarf bo’lishini qisqartirish esa mehnat unumdorligining 
ortishini ta’minlaydi. 
Tashkiliy omillar tizimida kadrlar tarkibining yaxshilanishi - boshqaruv xodimlari sonining nisbiy 
qisqarishi va soha - ishlab chiqarish xodimlari umumiy sonida ishchilar salmog’ining, bular orasida esa 
asosiy ishchilar salmog’ining ortishi muhim o’rin tutadi. Soha - ishlab chiqarish xodimlari umumiy 
sonida ishchilar salmog’i qanchalik yuqori bo’lsa, bitta xodimga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligi 
ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj 
olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda 
esa ancha murakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki faqat 
ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lgan insonlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir 
bo’ladi. Bu mehnat faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi - muayyan natijani qo’lga kiritishga bo’lgan 
qiziqishdir. U o’z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lgan insonlarning moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat 
qatnashchilari muayyan mehnat faoliyati natijasini qo’lga kiritishga intilishi bilan bir qatorda yetarli 
darajadagi mehnat qobiliyatiga, ishbilarmonlik va shijoatkorlik kabi zarur shaxsiy sifatlarga ega 
bo’lishlari, shuningdek, tadbirkor va hushyor bo’lishlari lozim. 


Mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar 
kiradi: 

mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik; 

xodimlarning malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va umumiy madaniy-
texnikaviy saviyasi; 

mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi; 

mehnat jamoalari o’z-o’zini boshqarishining rivojlanishi. 
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi 
ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash zahiralari va 
asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi guruhga mehnatni 
tashkil etish, mehnat sharoitlari, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va 
ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, 
xodimlarning mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishni ta’minlash bilan 
bog’liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, 
apparatlar va shu kabilar)dan yaxshiroq foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, 
butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq 
foydalanishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, mehnat unumdorligi darajasi ish vaqti birligiga to’g’ri keladigan mahsulot miqdori 
bilan aniqlanadi. Lekin boshlang’ich hajmlar vaqtda ifodalansa, mehnat unumdorligi ish vaqti fondining 
mahsulot sermehnatlik darajasiga nisbati sifatida hisoblab chiqariladi: 
M
u


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə