6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi


 Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix16.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#85550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.  

 

Mazkur  soxada  ham  jiddiy  islohotlar  amalga  oshirildi.  Chunonchi,  respublika  mustaqillikka 

erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash 

va  sohani  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  maqsadida  "O’zbekiston  havo  yo’llari"  milliy 

aviakompaniyasi  (1992  yil  28  yanvar),  "O’zbekiston avtomobil  transporti"  ("O’zavtotrans")  davlat-

aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan O’zbekiston avtomobil va daryo 

transporti agentliti); "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) 

kabi  idoralar  tashkil  etildi.  Mamlakatda  transport  korxonalari  davlat  ishtirokidagi  aksiyadorlik 

kompaniyalari,  korporatsiyalari,  ochiq  turdagi  aksiyadorlik  va  masuliyati  cheklangan  jamiyatlarga, 

jamoa korxonalariga aylantirildi.

 

Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  xalqaro  talablarga  javob  beradigan  avtomobil  yo’llari 



qurish,  mavjudlarini  xalqaro  andozalarga  moslashtirish,  yo’llarni  saqlash  va  ta‘mirlash,  yangi 

barpo  etilayotgan  sanoat  hududlarini  xalqaro  magistrallar  bilan  bog’laydigan  yo’llar  qurish 

masalalariga  e‘tibor  kuchaydi.  O’z  R.ning  Markaziy  Osiyoda  tutgan  o’rni,  sanoat  va  boshqa 

sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 

1995-2010  yillarga mo’ljallangan milliy  dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996  yildan 

Toshkent-Andijon-O’sh  magistralining  100  km.dan  ortiq  tog’li  uchastkalarida  qurilish  ishlari 

boshlandi.  Qamchiq  va  Rezak  tonellari  foydalanishga  topshirildi.  Almati-Bishkek-Toshkent-

Termiz  va  Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi  avtomobil  yo’li,  Yevropani  Kavkaz 

orqali Osiyo bilan bog’laydigan avtomobil yo’li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport  yo’lagi)ning 

respublika  hududidan  o’tadigan  qismini  ta‘mirlash  ishlari  amalga  oshirildi.  O’zbekistonni 

Qozog’iston  orqali  Rossiya  Federatsiyasi  bilan  bog’laydigan  340  kilometrli  Qo’ng’irot-Beynov 

avtomobil yo’li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.

 

Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7 



mayda O’z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.

 

O’zbekistonning yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha 1994-2001 yillarda 



uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurib bitkazildi.

 

Respublika  hududida  barcha  transport  turlarining  yuk  va  yo’lovchilar  tashish  ishlarini 



maqbul  holga  keltirish,  samaradorligini  oshirish,  kommunikatsiyalarni  jadal  rivojlantirish, 

transportda yuk va yo’lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy 

transport yo’laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11 

oktabrda  "O’zbekiston  transport  va  transport  kommunikatsiyalari  uyushmasi"  tashkil  etildi. 

Uyushma tarkibiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi,  "O’zbekiston 

havo  yo’llari"  milliy  aviakompaniyasi,  O’zbekiston  avtomobil  va  daryo  transporti  agengligi, 

"O’zavtoyo’l"  kompaniyasi,  transport  kommunikatsiyalari  qurilishi  bilan  shug’ullanuvchi 

respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.

 

1995-2005  yillarda  O’zbekistonda  2500  km.  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo’llari 



qurildi, 1435 km. avtomobil yo’llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o’tkazildi, 47046 km. 

yo’l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko’prik qurildi.

 

Bu  davrda  "O’zbekiston  havo  yo’llari"  belgisi  bilan  parvoz  qilayotgan  samolyotlar  turli 



davlatlarda joylashgan  40  dan  ziyod  aeroportga  muntazam  qatnay  boshladi.  Aviatsiya  sohasida 

amalga  oshirilgan  chuqur  o’zgarishlar  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  mustahkamlashda,  uning 

dunyo miqyosidagi obro’-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.

 

2003  yildan  boshlab  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  isloh  qilish,  qo’shni  davlatlar 



hududidan  o’tmaydigan,  mamlakat  hududlarini  bog’lovchi  yangi  temir  va  avtomobil  yo’llari 

qurish  ishlarini  davom  ettirish,  ba‘zi  ishlab  chiqarish  infratuzilma  obyektlarini  dunyo  talablari 

darajasiga  yetkazish,  transport-kommunikatsiya  sohalarining  barqaror  rivojlanishini  taminlash 

vazifalari  ustuvor  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  bosqichda  respublika  temir  yo’l  tarmog’ini  yanada 

takomillashtirish maqsadida yangi G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi amalga 

oshirildi.

 



2007  yil  24  avgustda  O’z.Rning  Birinchi  Prezidenti Islom  Karimov  Toshg’uzor-Boysun-

Qumqo’rg’on  temir  yo’lining  tantanali  ochilishida  nutq  so’zlab,  "Asriy  tog’u  toshlar,  dashtu 

biyobonlar  bag’rida  tunu  kun  mardona  mehnat  qilib,  223  kilometrdan  iborat  bo’lgan  bu  temir 

yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining 

o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, 

ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz", deb ta‘kidlagan edi.

 

Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning  muhim ahamiyati  va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi 



o’z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr 

balandlikda,  qattiq  qoya  toshlardan  iborat  tog’li  hududlar  bo’ylab,  yozning  jazirama  issig’i, 

garmsellari,  qishning  izg’irin  shamollari  ostida  temir  yo’l  izlari  yotqizilgani,  Toshg’uzor  va 

Dehqonobod,  Oqrabot  va  Darband,  Boysun  va  Qumqo’rg’on  kabi  6  ta  yangi  stansiya  va  yo’lovchi 

platformalariga  ega  bo’lgan  9  ta  bekat  barpo  etilgani  misolida  ham  ko’rish  mumkin.  Barcha 

stansiyalarda  yo’l  xavfsizligini  ta‘minlaydigan  ishlab  chiqarish  obyektlari,  maktab,  tibbiyot 

maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning 

eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi.

 

Yangi temir yo’l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy 



tuz koni asosida Dehqonobod kaliy o’g’itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash  va unga 

xorijiy  mamlakatlarning  investitsiyalarini  jalb  etish  bo’yicha  ishlar  boshlandi.  Surxondaryo 

viloyatida  Xonjiza  polimetall,  Sharg’un  va  Boysun  toshko’mir  konlarini  o’zlashtirish,  yangi 

sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yo’l tarmog’ining 

ishga  tushirilishi  natijasida  yuk  tashish  va  yo’lovchilar  qatnovini  tashkil  qilish,  temir  yo’llarga 

xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2-2,5 ming qo’shimcha yangi ish o’rni 

yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlik  sohalarida  qo’shimcha  3-4  mingta  ish  o’rniga  ega  bo’lingani  ulkan 

muvaffaqiyatdir.

 

Bu  yo’l  O’zbekistonning  chet  davlatlarga,  avvalo,  Transafg’on  temir  yo’l  yo’lagi  orqali 



yaqin  kelajakda  to’g’ridan-to’g’ri  Hind  okeani,  Janubiy  va  Janubi-sharqiy  Osiyo  mamlakatlari 

portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini 

keskin oshiradi.

 

Respublikada  2011-2015  yillarda  transport  va  kommunikatsiya  infratuzilmasi  qurilishini 



jadal  rivojlantirish  dasturining  amalga  oshirilishi  ishlab  chiqarish,  transport  va  muhandislik-

kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog’ini yanada rivojlantirish imkonini berdi.

 

2012  yilning  5  yanvarida  temir  yo’llarni  elektrlashtirish  va  zamonaviy  texnologiyalarni 



qo’llash  asosida  yo’lovchi  va  yuk  tashish  samaradorligini  oshirish,  sifatli  xizmat  ko’rsatishni 

ta‘minlash  maqsadida  Osiyo  Taraqqiyot  banki  ishtirokida  "Maroqand-Qarshi  temir  yo’l 

uchastkasini  elektrlashtirish"  loyihasini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»  Prezident 

Qarori qabul qilindi.

 

2017 yil 13 martda Buxoro-Miskin temir yo’l liniyasini qurish chora-tadbirlari to’g’risidagi (PQ-



2827),  shu  yil  26  mayda  esa  Islom  taraqqiyot  banki  ishtirokida  «M39  Toshkent-Termiz  avtomobil 

yo’lini  rekonstruksiya  qilish»  hamda  «Saudiya  taraqqiyot  jamg’armasi  va  Quvayt  arab  iqtisodiy 

taraqqiyot  jamg’armasi  ishtirokida  «4R87  G’uzor-Chim-Ko’kdala  avtomobil  yo’lini  rekonstruksiya 

qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezident  Qarorlarining  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  transport-

kommunikatsiya tizimini yaxshilash yo’lidagi navbatdagi qadam bo’ldi. 

Mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  "Navoiy"  xalqaro  intermodal  logistika  markazi  va 

"Angren"  logistika  markazining  imkoniyatlari  juda  keng.  Ta‘kidlash  joizki,  Mustaqil  Davlatlar 

Hamdo’stligi  hududida  yagona  bo’lgan  ushbu  markazda  tovarlarni  yuklash  va  tushirish,  ularni 

tarqatish  va  omborlarga  joylash  ishlari  zamonaviy  texnika  vositalari  yordamida  tezkorlik  bilan 

amalga oshiriladi.

 

2012  yilga  kelib  aviakompaniya  zamonaviy  havo  kemalari  bilan  ta‘minlandi.  Jumladan, 



O’zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ-85 

samolyotlari bilan to’ldirildi. "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq 

mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo’nalishini boshqarmoqda. 



Shuningdek,  aviakompaniya  tarkibida  faoliyat  ko’rsatayotgan,  so’nggi  avlod  aviatsiya 

texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta‘mirlash bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida 

yagona  bo’lgan  markazning  xizmatlaridan  320  ta  xorijiy  aviakompaniya  samolyotlariga 

aeronavigatsiya xizmati ko’rsatilayotir.

 

"O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, 



Buxoro,  Urganch,  Termiz,  Qarshi,  Namangan,  Andijon,  Farg’ona,  Navoiy)  zamona-viy 

aeroportlar  jahon  andozalari  darajasida  modernizatsiya  qilindi.  Toshkent  aeroporti  Markaziy 

Osiyodagi  eng  yirik  xalqaro  aeroport  hisoblanadi.  Buxoro,  Samarqand  va  Urganch  aeroportlari 

xalqaro aeroport maqomini oldi.

 

"Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari 



bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo’lishidan qat‘i 

nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bo’ldi.

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  1  fevraldagi  Transport  sohasida  davlat 



boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF-5647-son Farmoni 

bilan  O’zbekiston  avtomobil  transporti  agentligi  negizida  O’zbekiston  Respublikasi  Transport 

vazirligi tashkil etildi.

 

Vazirlik  avtomobil,  temir  yo’l,  havo,  daryo  transportlari,  metropoliten,  shuningdek,  yo’l 



xo’jaligini  rivojlantirish  sohasidagi  yagona  davlat  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 

bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

 

Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi 



hududiy bo’linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

 

Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylandi.



 

2019  yilga  kelib  bu  sohaning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  6  foizdan  oshgani  ham  bu  fikrni 

yaqqol tasdiqlab turibdi.

 

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko’ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar 



qo’llash va yangi istiqbolli yo’nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 

7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.

 

Iqtisodiy  yuksalishni  ta‘minlash  uchun  barcha  qulayliklarga  ega  bo’lgan  zamonaviy 



infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga 

Murojaatnomasida  qayd  qilinishicha  keyingi  3  yilda  yo’l  qurilishiga  –  9,8  trillion  so’m,  suv 

tarmoqlariga – 4,6 trillion so’m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion so’m, tabiiy gaz ta‘minotiga – 

1,2  trillion  so’m  mablag’  ajratilgan.  Bu  raqamlar  ushbu  tarmoqlar  uchun  so’nggi  10  yilda 

sarflangan  mablag’lardan  bir  necha  barobar  ko’pdir.  Lekin,  shunga  qaramasdan,  zamonaviy 

infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha o’n barobar 

ko’p mablag’ talab etiladi.

 

2020  yil  noyabr  xolatiga  ko‘ra  mamlakativiz  hududida  42  869  km.  uzunlikdagi  yo’llar 



mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo’llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yo’llar 14 203 km. 

va mahalliy ahamiyatdagi yo’llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.

 

2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan avtotransport vositalari soni 



3.083.849  tani  tashkil  qiladi.  Shundan  eng  ko’p  avtotransport  vositalari  soni  Toshkent  shahri 

(487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta) hududlariga 

to’g’ri kelmoqda.

 

Respublikadagi yo’l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, 



kuzatuv  kameralari  95  ta,  onlayn  rejimda  ishlovchi  fotoradarlar  183  ta,  chorrahalardagi 

qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qilgan.



 

 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə