6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi


 Qishloq xo’jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishning asosiy



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix16.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#85550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3. Qishloq xo’jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishning asosiy 

yo’nalishlari va bosqichlari.

 

 

O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  xalq  xo’jaligining  barcha  sohalarida  tub  islohotlar 



o’tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xo’jaligi sohasiga ham xos bo’lib, natijada soha, 

mulk egalari o’zgarib, yangi istiqbolli xo’jalik yuritish shakllari paydo bo’ldi.

 

Mamlakat  rahbari  tomonidan  mustaqillik  arafasi  va  uning  ilk  yillaridayoq  agrar  sohadagi 



islohotlarning  ustuvor  yo’nalishlari  belgilab  berilgan  edi.  Jumladan,  qishloq  xo’jaligini 

diversifikatsiyalash,  paxta  yakkahokimligidan  voz  kechish,  qishloqda  turli  xo’jalik  yuritish 

shakllarini joriy qilish asosida ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan, fermer 

xo’jaliklari tashkil etishni qo’llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 

yaratish,  aholini,  avvalo,  mahalliy  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta‘minlash,  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini 

oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.

 

O’zbekiston o’tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 



bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga qaraganda, 1990 yilda 

aholi  iste‘moli  uchun  zarur  bo’lgan  g’allaning  82  foizi,  kartoshka,  go’sht  va  go’sht 

mahsulotlarining  50  foizi,  sut  va  sut  mahsulotlarining  60  foizga  yaqini  chetdan  keltirilar  edi. 

Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan.

 

Paxta  monopoliyasi  tufayli  respublikada  go’sht  va  sut  yetishtirish  imkoniyatlari  cheklab 



qo’yildi,  ilmiy  asoslangan  almashlab  ekishning  buzilganligi  yer  eroziyasiga  sabab  bo’ldi,  suv 

manbalarining  imkoniyatlari  tobora  kamayib  borishi  qishloq  xo’jaligini  halokat  yoqasiga  olib 

keldi.  Jumladan,  qishloq  xo’jaligida  ekstensiv  rivojlanishni  "moliyalashtirish"  oqibatida  1971-

1985  yillarda  birgina  O’zbekistonda  1,6  mln.  gektar  sug’oriladigan  yerlar  xo’jalik  oborotiga 

qo’shimcha  kiritilgan  edi.  Bu  esa  Markaziy  Osiyoda  Orol  dengizi  qurishini  jadallashtirdi  va 

ekologik  inqirozni  keltirib  chiqardi.  Shu  bilan  birga,  respublika  iqtisodiyoti  paxtaga  qanchalik 

bog’liq  bo’lmasin,  uni  qayta  ishlash  va  undan  tayyor  mahsulot  tayyorlash  markaz  tomonidan 

monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining 

faqat  4-5  foizi  O’zbekistonda  qayta  ishlangan.  Ya‘ni  4,5-5  mln.  tonna  paxta  xom  ashyosi 

yetishtirilgani  holda,  pecpublikadagi  korxonalar  to’la  quvvat  bilan  ishlab,  atigi  150  ming  tonna 

paxtani qayta ishlardi.

 

Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yo’q, 1,8 milliondan ko’proq hovli 



esa uy-joy kurilishi va qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda muhtoj 

edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bo’lgan shaxsiy yordamchi 

xo’jaliklar  qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsulotining  to’rtdan  bir  qismini  ishlab  chiqargan. 

Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, go’shtning yarmidan ko’prog’i va sutning uchdan ikki 

qismi ular hissasiga to’g’ri kelgan.

 

Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga kelgan 



ijtimoiy-siyosiy  keskinlikning  oldini  olishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  dolzarb 

ahamiyat kasb etdi.

 

Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda hal 



qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq-ovqat 

masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa 

bilan ta‘minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish 

haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir kishiga o’rtacha 25 

sotixdan  yer  ajratib  berish  va  tomorqa  maydonlarini  qariyb  4,5  barobar  ko’paytirish  ko’zda 

tug’ilgan  edi.  Bu  boradagi  amaliy  ishlar  natijasida  1989-1990  yillarda  bir  yarim  milliondan 

ko’proq oilaga qo’shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bundan 

tashqari,  yuz  minglab  gektar  sug’oriladigan  yer  texnik  ekinlar  oborotidan  chiqarildi,  paxta 

yetishtirish  rejasi  700  ming  tonnaga  kamaytirildi.  Bu  paxta  yakkahokimligini  bartaraf  etish 

yo’lidagi dastlabki, ammo o’ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy, iqtisodiy, qolaversa, 




siyosiy  tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki o’rtacha 10 mln.dan ziyod 

qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi.

 

Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish 



va mahsulotlarni ko’paytirish yo’lidagi ilk qadamlardan biri bo’ldi.

 

Haqiqatan  ham  ko’p  yillar  davomida  iqtisodiyotda  bir  tomonlama  siyosat  olib  borilishi 



natijasida  qishloq  xo’jaligi  respublika  iqtisodiyotining  eng  muhim  tarmog’iga  aylangan  edi. 

Chunonchi,  mustaqillik  arafasi  va  uning  dastlabki  yillarida  sanoatning  aksariyat  qismi 

iqtisodiyotning agrar tarmog’iga bog’liq edi.

 

Mustaqil  O’zbekiston  boshidan  og’ir  kunlarni  kechirganida,  qishloq  xo’jaligidan  olingan 



mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bo’ldi. Islom Karimov 90-yillar 

boshida  Samarqand  viloyati  faollari  bilan  bo’lgan  uchrashuvda  respublika  aholisini  faqat  oziq-

ovqat  mahsulotlari  bilan  ta‘minlash  uchun  har  oyda  55  ming  tonna  paxta  tolasini  iste‘mol 

mahsulotlariga almashtirishga to’g’ri kelayotganligini ta‘kidlagan edi.

 

Keyingi  davrda  ham  qishloq  xo’jaligi  o’z  mavqeini  yo’qotmadi.  Chunki  mamlakat  yalpi 



ichki mahsulotining to’rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog’iga to’g’ri kelar edi. Bundan 

tashqari,  respublika  ishlab  chiqarish  va  intellektual  salohiyatining  yarmidan  ziyodi  qishloq 

xo’jaligi bilan bog’liq bo’lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50 foizdan ortig’i 

qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  eksportidan tushdi.  Ijtimoiy  nuqtai  nazardan  olib  qaraganda, 

respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog’i) qishloq aholisi tashkil qilib, ularning 

turmush darajasi va moddiy-ma‘naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq bilan bog’liq edi.

 

Shu  bilan  birga,  iqtisodiyotning  ushbu  muxim  tarmog’ida  yillar  davomida  to’plangan  va 



yechimini  kutayotgan  muammolar  qishloq  xo’jaligiga  nisbatan  davlat  siyosatini  tubdan 

o’zgartirishni talab kilardi. Shu o’rinda bir misol keltirish o’rinli. Gollandiyada bir nafar fermer 

80 kishiga yetadigan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya‘ni, bu mamlakat fermerlari o’z 

mamlakatining  aholisini  boqibgina  qolmay,  Yevropaning  ko’pgina  mamlakatlariga  oziq-ovqat 

mahsulotlarini eksport ham qiladi. O’zbekiston davlat va jamoa xo’jaliklarida esa bir dehqon ko’pi 

bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq xo’jaligi mehnat 

unumdorligining pastligini ko’rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa yangicha iqtisodiy 

munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi.

 

Ayni  paytda,  qishloq  xo’jaligiga  nisbatan  davlat  siyosatida  ikki  xil  holat  kuzatildi: 



birinchidan, qishloq xo’jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga 

asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bo’lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan, sanoat 

bilan qishloq xo’jaligining uyg’unlikda rivojlanib borishini ta‘minlash, ya‘ni agrar sohani sanoat 

asosiga  qo’yish  orqali  mamlakatning  siyosiy-ijtimoiy,  iqtisodiy-ma‘naviy  istiqbolini  ta‘minlash 

chora-tadbirlarini ko’rishga alohida e‘tibor berish va qo’llab-quvvatlash (mustaqillik davri).

 

Dunyo  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  davlat  siyosatida  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirishning 



ikkinchi yo’lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda katta 

yutuqlarga  erishish  mumkin.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  qishloqqa  nisbatan  siyosati  ilg’or 

bo’lgan mamlakatlar tajribasini o’rganish va ularning respublika uchun ma‘qul tomonlarini olish, 

o’zbek xalqining qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy ananalariga, milliy 

va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi.

 

Albatta, respublika qishloq xo’jaligining holati keskin choralar ko’rish o’rniga, bosqichma-



bosqich,  keng  qamrovli,  islohotlarning  bevosiga  mavjud  shart-sharoitlar  hisobga  olingan  holda 

amalga oshirilishini taqozo etar edi.

 

Shu nuqtai nazardan ham qishloq xo’jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.



 

Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohada rivojlanishning "o’zbek modeli asosida olib 

borilayotgan  tub  islohotlarning  huquqiy  poydevorini  yaratishga  katta  e‘tibor  qaratildi,  qishloq 

xo’jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va 

normativ  hujjatlar  qabul  qilindi.  1991  yil  21  dekabrda  qabul  qilingan  "Dehqon  (fermer) 

xo’jaliklarini  yanada  mustahkamlash  va  tadbirkorlik  faoliyatini  davlat  tomonidan  qo’llab-

quvvatlash to’g’risida"gi Farmon, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xo’jaligi to’g’risidagi 

Qonun,  shuningdek,  O’z  R  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  fevraldagi  "Chorvachilikda 




islohotlarni  takomillashtirish  va  dehqon  (fermer)  xo’jaliklari  hamda  xususiylashtirilgan 

fermalarning manfaatlarini himoya qilish to’g’risida"gi Qarori va boshqa hujjatlar qishloqda yangi 

huquqiy  munosabatlarni  joriy  etish,  ko’p  ukladli  iqtisodiyotni  shakllantirish,  tadbirkorlik, 

fermerlik va shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish imkonini berdi.

 

Ushbu  bosqichda  qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  borasidagi 



muhim  chora-tadbirlardan  biri  sohaga  rahbarlikni  yaxshilash  edi.  Ushbu  jarayon  1991-1996 

yillarda  amalga  oshirildi.  Bu  davrda  qishloq  xo’jaligi  kompleksiga  raxbarlikni  yaxshilash, 

qishloqda  o’tkazilayotgan  islohotlarning  huquqiy  asosini  yaratish  choralari  ko’rildi.  1992  yilda 

Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o’rinbosari boshchiligida qishloq 

xo’jaligi  masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  kompleks  tashkil  qilindi.  Sohaga  rahbarlikni 

takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bo’ldi.

 

1994-1995-yillarda  Vazirlar  Mahkamasining  qishloqda  islohotlar  o’tkazishga  doir  10  dan 



ortiq  qarori  qabul  qilindi.  Ularda  qishloq  xo’jaligi  kompleksiga  raxbarlikni  yaxshilash, 

zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda O’z. 

R  Vazirlar  Mahkamasining  "O’z  R  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligi  faoliyatni  tashkil  etish 

masalalari to’g’risida"gi Qarori bilan Qishloq va Suv xujaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana 

shu siyosatning mantiqiy davomi bo’ldi.

 

Bundan  tashqari,  barcha  qishloq  xo’jalik  korxonalari  bilan  teng  sharoitda  fermer 



xo’jaliklarining  traktorlar,  asbob-uskunalar,  yoqilg’i  moylash,  qurilish  materiallari,  mineral 

o’g’itlar  va  boshqa  resurslar  bilan  ta‘minlanishi  hamda  dastlabki  ikki  yil  mobaynida  foyda 

(daromad)  solig’idan  ozod  qilinishi,  ularga  chorva  mollari  sotib  olish  uchun  kredit  ajratilishi, 

jamoa, davlat va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan ularni zarur mineral va organik 

o’g’itlar bilan ta‘minlash ko’zda tutildi.

 

Fermer xo’jaliklarining dastlabki shakllanish davrida bunday shart-sharoitlar yaratilishi va 



qo’llab-quvvatlashlar  natijasida  qishloq  xo’jaligida  tadbirkorlikni  rivojlantirishda  qo’shimcha 

imkoniyatlar bo’ldi.

 

Qishloq  xo’jaligidagi  islohotlarning  dastlabki  bosqichida  yangidan  shakllanayotgan 



xo’jaliklarning  faoliyat  yuritish  mexanizmini  takomillashtirish  jarayonlari  muntazam  ravishda 

amalga oshirildi. Ularni o’z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning xo’jaliklar 

faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ikkinchidan, 

qishloq  xo’jaligi  xodimlari  moddiy  manfaatdorligi  hamda  turmush  sharoitini  yaxshilash  uchun 

dehqonchilik  va  chorvachilik  mahsulotlarining  xarid  narxlari  muttasil  oshib  bordi.  Kartoshka, 

meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorako’l teri va jun mahsulotlariga 1995 yil boshiga 

kelib  erkin  (kelishilgan)  narxlar  joriy  qilindi.  Doimiy  ravishda  qishloq  xo’jaligining  asosiy 

mahsuloti  hisoblangan  paxta  yetishtirishni  qo’llab-quvvatlashga  e‘tibor  qaratildi.  O’z  R 

Prezidentining  1992  yil  22  oktabrdagi  "Paxta  xom  ashyosiga  xarid  narxlarini  oshirish 

to’g’risida"gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992 yil hosilidan boshlab 

1,5 martaga oshirildi.

 

Uchinchidan, davlat ehtiyojlariga qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berish uchun davlat 



buyurtmasi  tizimi  ham  muntazam  ravishda  qayta  ko’rib  borildi.  Bunda  davlat  buyurtmasi  va 

qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  yetishtirish  uchun  ekin  maydonlari  va  mahsulot  yetishtirish 

miqdorini  nazorat  qilishni  cheklash,  ya‘ni  ma‘lum  qishloq  xo’jalik  ekinlari  ekish  uchun 

xo’jaliklarga  qat‘iy  talablar  qo’yishdan  voz  kechish  va  yetishtirilgan  mahsulotlarning  ma‘lum 

qismiga bo’lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi.

 

Davlat  buyurtmasini  bosqichma-bosqich  bekor  qilishda  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining 



aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularni yetishtirayotgan xo’jalik shakllarining davlat tasarrufida 

ekanligi  inobatga  olindi.  Dastlab,  1994  yildan  boshlab  sabzavot,  poliz,  kartoshka, meva,  uzum, 

kanop,  tamaki,  jun,  pilla,  qorako’l  teriga,  1995  yiddan  boshlab  go’sht,  sut  va  guxumga  davlat 

buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan paxta bo’yicha ham davlat buyurtmasi 

1991  yilda  95  foizdan  1995  yilda  60  foizgacha  va  don  bo’yicha,  mos  ravishda  100  foizdan  50 

foizgacha  qisqartirildi.  Bunday  jarayon  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarini  bozor 

iqtisodiyoti tamoyillariga ko’nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi.

 



Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq  g’alla mustaqilligiga erishilishidir. Birgina 1994 

yilda mamlakat "Don mustaqilligi Dasturi"ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari maydoni 

1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 martaga oshib, aholi jon boshiga don ishlab 

chiqarish bir necha barobar ortdi, bir vaqtning o’zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni 

hal qilish imkonini berdi.

 

Mustaqil  O’zbekistonning  mavjud  salohiyat  va  imkoniyatlarni  to’liq  hisobga  oladigan, 



samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish va mutanosib rivojlantirish, eng avvalo, mamlakatimiz 

xavfsizligiga  taxdid  solib  turgan  aholining  oziq-ovqat,  xususan,  un  mahsulotlariga  bo’lgan 

ehtiyojini qondirishni taqozo etar edi. Shunga ko’ra, qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligiga 

barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop 

g’alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g’alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 

4003  ming  tonna  miqdordagi  don  mahsulotini  import  qilishga  majbur  bo’lgan  bo’lsak, 

mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 baravar qisqartirishga, 

keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi.

 

Shunday  qilib,  qishloq  xo’jaligini  isloh  qilish  amaliyoti  va  maqsadlarining  hukuqiy  asosi 



zamon  talablaridan  ortda  qolayotganligini  inobatga  olib,  bu  soha  bo’yicha  yaqin  yillarga 

mo’ljallangan  dastur  ishlab  chiqish  zarurati  yuzaga  keldi  va  1998  yil  18  martda  1998-2000 

yillardagi davrda qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to’g’risida"gi 

Prezident Farmoni qabul qilindi. O’z Rning yangi tahrirdagi "Fermer xo’jaligi to’g’risida"gi va 

"Dehqon  xo’jaligi  to’g’risida"gi  Qonunlari  hamda  1998  yil  22  apreldagi  "Dehqon  va  fermer 

xo’jaliklari  faoliyatini  tashkil  etish  to’g’risida"gi  Qarori  ushbu  dasturni  amaliyotga  kiritishda 

muhim asos bo’lib xizmat qildi.

 

Mamlakat qishloq xo’jaligi sohasida islohotlar o’tkazishda yerni xususiy mulk qilib berish 



mulkdorlar  sinfini  shakllantirishning  boshlanishi  edi.  Bu  yo’nalishda  quyidagi  chora-tadbirlar 

amalga oshirildi:

 

-

 



sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xo’jalikning yil davomidagi ish natijalariga ko’ra, har 

bir  a‘zoga  dividend  olish  imkoniyatini  beruvchi  kooperativ  paychilik  xo’jaliklariga  aylantirila 

boshlandi. 1999 yilda 898 ta xo’jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi;

 

-



 

davlat tomonidan qishloq xo’jalik korxonalariga cheksiz muddatga taqdim etilgan yer 

maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xo’jaligi korxonalari a‘zolari o’rtasida 

ijara pudratining turli ko’rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etildi. 1998 yilda yer pudrat 

jamoalariga  1  yilga  berilgan  bo’lsa,  1999  yildan  boshlab  3  yildan  kam  bo’lmagan  muddatga 

topshirildi;

 

-

 



ko’p sonli xususiy fermer xo’jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga yer 

uzoq  muddatli  ijaraga,  ya‘ni  50  yildan  ko’p  bo’lmagan,  lekin  kamida  10  yillik  muddatga 

beriladigan bo’ldi. 2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541 mln.ta 

dexqon  (oilaviy  dehqon)  xo’jaliklari  faoliyat  ko’rsatdi.  Fermer  va  dehqon  xo’jaliklariga 

biriktirilgan  yer  maydoni  1996-2000  yillarda  18,7  ming  gektardan  21,4  ming  gektargacha 

kengaydi.  1998  yilda  fermer  xo’jaliklarining  hissasi  ishlab  chiqarilgan  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotining  umumiy  hajmida  3,5  foizni  tashkil  qilgan  bo’lsa,  bu  ko’rsatkich  1999  yilda  4,4 

foizga yetdi.

 

Bundan tashqari, hukumat ko’plab xo’jaliklarning moliyaviy ahvolini o’nglash maqsadida, 



xo’jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA‘ni O’z Rning "Bankrotlik to’g’risida"gi va 

"Qishloq  xo’jalik  korxonalarini  sanatsiya  qilish  to’g’risida"gi  Qonunlari  orqali  sanatsiya 

tadbirlarini  amalga  oshirishning  tashkiliy-huquqiy  asoslari  yaratilgan  bo’lsa,  Respublika 

Prezidentining  qator  farmonlari  va  hukumat  qarorlari  asosida  sanatsiyani  amalga  oshirish 

mexanizmlari ishlab chiqildi.

 

Qishloq  xo’jaligi  sohasida  olib  borilgan  islohotlar  yuzasidan  qilingan  tahlil  hamda 



respublika hukumatining bu sohada olib borgan siyosati natijalari fermer xo’jaligining afzalligini 

isbotladi. Yangi asr boshiga kelib hukumat miqyosida zarar bilan faoliyat ko’rsatayotgan shirkat 

va  jamoa  xo’jaliklari  negizida  fermer  xo’jaliklari  tashkil  etish  tadbirlariga  katta  e‘tibor  berila 

boshladi.

 



Shu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xo’jaligida olib borilayoggan islohotlarning yangi 

uchinchi  bosqichi  boshlandi.  Bunga  qishloq  xo’jaligida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish, 

qishloqda 

ishlab 

chiqarish 

munosabatlarini 

takomillashtirishga  qaratilgan  O’z  R  Prezidengining  2003  yil  24  martdagi  "Qishloq  xo’jaligida 

islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  yo’nalishlari  to’g’risida"gi  Farmoni  huquqiy  asos 

bo’lib xizmat qildi. Mazkur Farmonda fermer xo’jaliklarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil 

qilish  jarayonida  O’z  R  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligi,  Yer  resurslari  davlat  qo’mitasi, 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari amal qilishi zarur bo’lgan 

asosiy qoidalar qat‘iy belgilab berildi. 2004 yilda "Fermer xo’jaligi to’g’risida" yangi tahrirdagi 

qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, fermer xo’jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat 

resurslari bo’lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladigan bo’ldi. Fermer xo’jaliklariga yer 

uchastkalari  zahira  yerlaridan,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  berilmagan,  qishloq  xo’jaligiga 

mo’ljallangan  yerlardan,  qayta  tashkil  etilayotgan  va  tugatilayotgan  qishloq  xo’jaligi 

kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va 

tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilishi belgilab qo’yildi.

 

Natijada,  qishloq  xo’jaligining  tarmoq  tuzilishida  anchagina  tarkibiy  siljishlar  yuz  berdi, 



mamlakatning qishloq xo’jaligida butkul yangi institusional tuzilma vujudga keldi.

 

Mulkdorlarning  fermerlik  sinfi  yaratildi,  xo’jalik  yuritish  va  mulkchilikning  tashkiliy-huquqiy 



shakllari  tubdan  o’zgartirildi;  chorvachilik  va  dehqonchilikda  faoliyat  yuritish  tizimi,  qishloq 

xo’jaligi  va  unga  xizmat  qiluvchi  sohalar  o’rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlar  takomillashtirildi; 

faoliyat  turini  tanlashda  fermerlarning  huquqi  va  mustaqilligi  kengaytirildi,  fermer  xo’jaliklari 

tasarrufidagi yer uchastkalari maydoni maqbullashdi; fermer xo’jaliklari faoliyatini tartibga solish, 

qo’llab-quvvatlashning bozor tamoyillariga mos mexanizmlariga asoslangan Respublika fermerlar 

kengashi va uning hududlardagi tuzilmalari tashkil etildi.

 

Prezidentning 2006 yil 9 yanvardagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy 



islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  Farmoni  va  ushbu  farmon  ijrosini 

ta‘minlash  maqsadida  O’z  R  Prezidentining  "Meva-sabzavotchilik  va  uzumchilik  sohasida 

iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  Qarorining  qabul  qilinishi 

respublikamizda  meva-sabzavotchilik  sohasini  rivojlantirishga  keng  miqyosdagi  e‘tibor 

qaratilayotganidan  dalolat  berdi. 

Yangidan  tashkil  etilgan  bog’dorchilik  yo’nalishidagi  fermer 

xo’jaliklari yagona yer solig’i to’lashdan 5 yil muddatga, fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat 

ko’rsatish  sohasi  korxonalari  ishtirokida  ixtiyoriylik  asosida  yangidan  tashkil  etilgan  agrosanoat 

firmalari  esa  daromad  (foyda)  solig’i,  yer  solig’i,  mulk  solig’i,  qo’shilgan  qiymat  solig’i  (importga 

qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi.

 

O’z  R  Prezidentining  2006  yil  23  martdagi  "Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer 



xo’jaliklarida  chorva  mollarini  ko’paytirishni  rag’batlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi 

Qarorida  kam ta‘minlangan,  ijtimoiy  muhofazaga  muhtoj  oilalarga  mol  berish,  chorvachilik  va 

infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

 

2006-2010  yillar  davrida  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklarida  chorva 



mollari, birinchi navbatda, qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturi ishlab chiqildi. 

Dasturga  muvofiq,  mintaqalar  bo’yicha  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklarida 

qoramollar  sonini  ko’paytirish,  zooveterinariya  punktlari  va  chorva  mollarini  suniy  urchitish 

punktlari  tarmog’ini  kengaytirish,  zotdor  mollarni  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fer-mer 

xo’jaliklariga  auksionlar  orqali  sotish,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi, 

viloyatlar hokimliklari, O’z R Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, "O’zdonmahsulot" aksiyadorlik 

kompaniyasi  bilan  birgalikda  don  mahsulotlari  korxonalari  tomonidan  ishlab  chiqariladigan 

omuxga yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga berishni kengaytirish chora-tadbirlari 

amalga  oshirilishi,  tuman  markazlari  va  yirik  aholi  punktlarida  ixtisoslashtirilgan  savdo 

shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalar tayyorlash ko’zda tutilgan edi.

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  viloyatlar  hokimlari,  homiylar  va 



nodavlat  xayriya  tashkilotlari  mablag’i  hisobiga  kam  ta‘minlangan  oilalarga  sigir  tarqatish 

evaziga, faqatgina 2007 yilning o’zidayoq, barcha toifadagi xo’jaliklarda qoramollar soni 6571,4 




ming boshdan  7042,5 ming boshga,  shu  jumladan, dehqon xo’jaliklarida 6061,3 ming  boshdan 

6537,0  ming  boshga  hamda  fermer  xo’jaliklarida  332,3  ming  boshdan  374,7  ming  boshga 

ko’paydi.

 

2008  yilga  kelib  dastlab  tashkil  topgan  aksariyat  fermer  xo’jaliklarida  yer  maydoni 



hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga va barqaror foyda olishga 

to’sqinlik  qilishi,  iqtisodiy  ahvoli  nochor  bo’lgan  fermer  xo’jaliklari  o’zlarini  zarur  texnika 

vositalari  va  aylanma  mablag’  bilan  ta‘minlashga,  bankdan  kredit  olish  uchun  garov  ta‘minoti 

qo’yishga  imkoniyati  yetmayotganligi,  olingan  qarz  majburiyatlarini  qoplash  uchun  to’lovga 

qobillik (likvidlik) darajasining pastligi ma‘lum bo’lib qoldi.

 

Shundan  kelib  chiqqan  xolda,  O’z  R  Prezidentining  2008  yil  6  oktabrdagi  "Fermer 



xo’jaliklari  tasarrufidagi  yer  uchastkalari  maydonini  maqbullashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida"gi  hamda  2009  yil  22  oktabrdagi  "Fermer  xo’jaliklari  tasarrufidagi  yer  uchastkalari 

maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoyishlari qabul qilindi.

 

O’zbekiston agrar sohasining muammolaridan biri sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini 



yaxshilash masalasi edi. Xususan, 2008 yilga kelib sug’oriladigan yerlarning qariyb 8 foizi meliorativ 

jihatdan yomon holatga kelib qolgan bo’lib, bu avvalo, tuproqning sho’rlanish darajasi yuqoriligi va 

yer osti suvlarining ko’tarilishi bilan bog’liq edi. Salkam 330 ming gektar yer meliorativ holatiga ko’ra 

qoniqarsizligi tufayli qishloq xo’jaligi uchun yaroqsiz hisoblanardi.

 

Mazkur muammoni hal etish maqsadida O’z R Prezidentining 2007 yil 31 oktabrdagi 718-



sonli Qarori asosida "2008-2012 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 

davlat dasturi"ni amalga oshirish boshlandi. Ushbu Davlat dasturi doirasida jami 130 mlrd. so’m 

ajratilgan  bo’lib,  shu  hisobdan  2009  yilda  102  ta  loyiha  bo’yicha  702  kilometr  uzunlikda  kol-

lektor-drenaj tarmog’i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 ta tik quduq, 6 ta meliorativ nasos 

stansiyasi hamda 485 ta kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.  Bundan tashqari, ta 

loyiha bo’yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog’i tozalandi, 1311 kilometr yopiq-

yotiq drenaj qazildi, 1249 ta vertikal drenaj, 57 ta meliorativ nasos agregatlar ta‘mirlanib, mlrd. 

142 mln. so’mlik (101,8 foiz) mablag’ o’zlashtirildi. Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xo’jaliklari 

tasarrufidagi  yer  maydonlarining  yaxshilanishi  va  samaradorligining  oshishiga  ijobiy  ta‘sir 

ko’rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g’alla esa 9,5 

sentnerga ko’tarildi.

 

Respublika  qishloq  xo’jaligining  moddiy  texnika  bazasini  mustahkamlash,  soha  ishlab 



chiqarishini  kompleks  mexanizatsiyalash  maqsadida  yangi  turdagi  yuqori  unumli  texnika 

vositalarini  ishlab  chiqarish,  ularning  ta‘minotini  yo’lga  qo’yish,  mashina  va  mexanizmlarning 

chidamliligini  oshirish  va  ulardan  samarali  foydalanishga  qaratilgan  bir  qator  chora-tadbirlar 

amalga oshirildi. O’tgan davrda respublika olimlari va konstruktorlari tomonidan 82 turdagi yangi 

texnika yaratildi va 144 ta mashina yanada takomillashtirildi.

 

Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy 



texnologiyalarga  asoslangan  qo’shma  korxonalarda  bir  necha  turdagi  yangi  qishloq  xo’jaligi 

traktorlari  va  mashinalari  ishlab  chiqarilib,  mashina-traktor  parklari  va  fermer  xo’jaliklariga 

yetkazib berilmoqda.

 

Shunisi  diqqatga  sazovorki,  zamonaviy  texnikalardan  foydalanish  salmog’i  yildan-yilga 



oshmoqda. Masalan, 1998 yilda jami haydalgan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi, 2010 

yilda esa 80 foizdan oshiqrog’i yuqori unumli zamonaviy g’ildirakli va zanjirli haydov traktorlari 

bilan shudgor qilindi.

 

G’alla hosilini unumli kombaynlar bilan o’rib-yig’ib olishda yanada yuqori ko’rsatkichlarga 



erishildi. Agar 1998 yilda g’alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi ana shunday kombaynlar 

yordamida o’rib olingan bo’lsa, 2010 yilda o’rib olingan g’allaning 98 foizi ular ulushiga to’g’ri 

keldi. Shu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularga yuqori 

saviyada texnik servis xizmati ko’rsatishni yo’lga qo’yish maqsadida respublikamiz hududida chet 

el texnikalariga xizmat ko’rsatadigan 22 ta servis markazi tashkil etildi.

 

Uchinchi bosqichning o’ziga xos xususiyati sifatida o’sish sur‘atlarining barqarorlashgani 



natijasida don maydoni 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka, sabzavot 

va  poliz  ekinlari  maydoni  237  ming  gektarga,  yem-xashak  32,4  ming  gektarga  ko’paydi. 




Shuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon boshiga qishloq 

xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishildi.

 

2016-2017  yildan  boshlab  mamlakatimizda  qishloq  xo’jaligi  sohasiga  tamomila  yangicha 



yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar ro’y-rost aytilib, uni bartaraf 

qilish choralari ko’rila boshlandi.

 

Chorvachilikda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishga  doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar 



to’g’risidagi  PQ-2841,  (16.03.2017)  Respublika  ipakchilik  tarmog’i  korxonalarini  yanada  qo’llab-

quvvatlash  chora-tadbirlari  to’g’risidagi  F-4881  (24.03.2017),  Baliqchilik  tarmog’ini  boshqarish 

tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2939 (01.05.2017), O’z 

R

 



Moliya  vazirligi  huzurida  Qishloq  xo’jaligini  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash 

jamg’armasini  tashkil  etish  to’g’risidagi  PF-5095  (27.06.2017),  «Ilg’or  fermer»,  «Mehnatkash 

dehqon» va «Namunali tomorqachi» ko’krak nishonlarini ta‘sis etish chora-tadbirlari to’g’risidagi 

PQ-3803  (26.06.2018),  O’z  R  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirishning  2020-2030  yillarga 

mo’ljallangan  strategiyasini  tasdiqlash  to’g’risidagi  PF-5853  (23.10.2019),  Respublika 

hududlarini  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  yetishtirishga  ixtisoslashtirish  bo’yicha  qo’shimcha 

chora-tadbirlar  to’g’risidagi  PQ-4709  (11.05.2020)  O’z  R  Prezidentining  Qarorlari,  Farmon  va 

Farmoiyshlari qishloq xo’jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga ko’tarishga xizmat 

qilmoqda. 

2017 yil holatiga ko’ra yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashasada qishloq 

xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmagan. Agrar 

soha  mahsulotlarini  qayta  ishlash  hajmi  esa  10  foizga  ham  yetmaydi.  Holbuki,  rivojlangan 

davlatlarda bu ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. 

O’zbekiston  2017  yilda  1,5-2  milliard  dollar  miqdorida  meva-sabzavot  mahsulotlarini 

eksport qilgan. Lekin O’zbekistonda ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport 

qilish  imkoniyati  mavjud.  So’nggi  yillarda  qishloq  xo’jaligi  sohasida  fermer  va  dehqonlarning 

manfaatdorligini  oshirish  maqsadida  2018  yildan  sohaga  ilg’or  texnologiyalar  va  klaster  tizimi 

joriy etila boshlandi.

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  14  dekabrdagi  PF-5285-sonli 



To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Farmoni 

bilan keng turdagi sifatli to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil 

etish,  mahalliylashtirishni  chuqurlashtirish,  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  eksport 

salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi. 

Xujjat  3-ilovasi  bilan  paxta-to’qimachilik  klasterlarini  o’rta  muddatli  istiqbolda  rivojlantirish 

konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo’yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi. 2019 yilda 

klaster  usulida  paxta  yetishtirishni  kamida  52  foizga  yetkazish  uchun  48  ta  paxta-to’qimachilik 

klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  7  dekabrdagi  O’zbekiston  qishloq 



xo’jaligi  xodimlariga  tabrigida  bu  borada  erishilgan  yutuqlar  sarhisob  qilindi  va  ...biz  keyingi 

yildan  boshlab  paxta  yetishtirishni to’liq 100  foiz  klaster  usuliga  o’tkazishga  qaror  qildik.  Shu 

bilan  birga,  g’allachilik,  meva-sabzvotchilik,  parrandachilik,  chorvachilik,  baliqchilik  va 

pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz, degan so’zlari bilan tegishli 

yo’nalishlar rahbar va mutaxassislariga qator vazifalar yuklatildi. 2020 yilda mamlakatimizning 

paxta-to’qimachilik yo’nalishidagi klasterlari soni 75 taga yetdi

 

2019 yil 23 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-



2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasni tasdiqlash to’g’risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Sohada  erishilgan  yutuqlar  Prezident  SH.Mirziyoyevning  2019  yil  6  dekabrdagi  Qishloq 



xo’jaligi  xodimlari  kuniga  bag’ishlangan  tabrik  so’zida  batafsil  yoritib  berildi.  Unda  qayd 

qilinishicha,  mazkur  yilda  qishloq  qo’jaligi  xodimlari  fidokorona  mehnatlari  tufayli 

respublikamizda 7 mln 130 ming tonna g’alla, 2 mln 845 ming tonna paxta, 19 ming tonna pilla, 

21 mln tonna meva-sabzovot, 400 ming tonna sholi, 2 mln 600 ming tonna go’sht va 11 mln tonna 

sut maxsulotlari 8,1 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.

 



Natijada qishloq xo’jaligi maxsulotlaridan 217 trln 700 mlrd so’m yoki 2018 yilga nisbatan 

12 % ko’p foyda olingan.

 

Joriy  yil  paxta  xosilining  73  %  paxta-to’qimachilik  klasterlari  hissasiga  to’g’ri  kelgan.  Hozirgi 



kunda meva-sabzavot maxsulotlarining 3,5 mln tonnasi qayta ishlanib, 350 mln

 

dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda eksportni 5 mlrd dollarga yetkazish 



rejalashtirilgan.

 

2019 yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy ko’llarda 200 ming tonna baliq 



yetishtirildi. Asalarichilik ushmasi a‘zolari soni 14 mingdan oshib, 2019 yil  19 ming tonna asal 

yetishtirildi (Qarang: Asarlar. 4-jild. 387-392 betlar.).

 

Qishloq xo’jaligidagi islohotlardan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek,  – 



iqtisodiy  foyda  ko’rish  bilan  birga,  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta‘minlash,  xalq  farovonligini 

oshirishdan  iboratdir.  Buni  hech  qachon  esimizdan  chiqarmasligimiz  zarur.  2019-2024  yillarda 

mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy dasturi qabul qilindi.

 

Respublikamizning  umumjahon  xo’jalik  tizimiga  bosqichma-bosqich  va  samarali 



integratsiyalashuvi  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  agrar  siyosatning  strategiyasi  va 

taktikasini  oqilona  belgilashga  ko’p  jihatdan  bog’liq.  Shuningdek,  agrar  sohaning  barqarorligi, 

samaradorligi  va  yangi  iqtisodiy  munosabatlarning  joriy  etilishi  mamlakat  kelajagi  va  uning 

iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omildir.

 

 

 





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə