6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix16.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#85550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.

 

 

Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, sovet tuzumi davrida egalitarizm tamoyili asosida majburan 



joriy  etilgan  markazlashgan  "rejali  iqtisodiyot"  tartib-qoidalari  shaxsiy  manfaatdorlik  va 

tadbirkorlikni xalq ongu shuuridan chiqarib tashlay olmadi. Binobarin, sun‘iy tarzda tashkil etilgan 

serxarajat va samarasiz iqtisodiy tizim nuqsonlari va kamomadini qoplashda aynan tadbirkorlik 

aholining  shaxsiy  yordamchi  xo’jaliklari  (SHYOX)  muhim  rol  o’ynadi.  Masalan,  mustaqillik 

arafasida kartoshka, tuxum va qorako’lning 39 foizi, sabzavot va go’shtning 50 foizga yaqini, sut 

va  junning  65  foizi  (Qoraqalpog’iston,  Buxoro,  Xorazm  va  Qashqadaryoda  chorvachilik 

mahsulotining 70 foizi), SHYOX hissasiga to’g’ri kelgan. Respublika davlat sta-tistika qo’mitasi 

ma‘lumotlariga qaraganda, SHYOXlar tomonidan tayyorlangan mahsulot oila byudjetining chorak 

qismini tashkil etgan.

 

Mustaqillikning qo’lga kiritilishi O’zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo’liga qaytishiga imkon 



yaratdi.  "O’zbek  modeli"  konsepsiyasi  asosida  boshlangan  tub  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islohotlar 

respublikada tadbirkorlikning  rivojlanishiga  keng  imkoniyatlar  ochib  berdi.  "Islohotning  asosiy 

ma‘nosi  va,  kerak  bo’lsa,  negizi  bu  -  mulkni  haqiqiy  egasiga  topshirish,  tadbirkorlikka  keng 

imkoniyatlar  ochib  berishdir"  (Karimov  I.A.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  2-j.  T.: 

O’zbekiston,  1996.-B.  336.),  deb  ta‘kidlagan  edi  O’zbekistonning  birinchi  Prezidenti  Islom 

Karimov.


 

Mamlakatimizda  o’tkazilayotgan  islohotlarning  bosqichma-bosqichlik  tamoyilidan  kelib 

chiqqan  holda,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  bir  necha  bosqichda  olib 

borildi.


 

Birinchi  bosqich  1991-1996  yillar.  Bu  bosqichda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  hamda  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etishning  asosi  bo’lgan  kichik  mulkdorlar 

sinfini  shakllantirishdan  boshlandi.  Shu  bilan  birga,  bu  bosqichda  xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitusiyaviy huquq 

va  kafolatlarini  ta‘minlovchi  qonunlar  qabul  qilindi.  Natijada,  1995  yil  oxiriga  kelib,  kichik 

korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga yetib, 1991 yilga nisbatan 4,5 barobar o’sdi. Ularda 

band bo’lganlar soni 441,0 ming kishidan oshib ketdi. YAIM tarkibida kichik biznes ulushining 

1991 yiddagi 1,5 foizdan 1995 yilda 16,9 foizga borib yetishini tub ma‘noda milliy iqtisodiyotning 

yutug’i sifatida e‘tirof etish mumkin.

 

1995  yil  5  yanvarda  O’zbekiston  Prezidentining  "Xususiy  tadbirkorlikda  tashabbus 



ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida"gi  Farmoni qabul qilindi. Ushbu  Farmonga binoan 

ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste‘mol mollari va bir qator 

boshqa  ishlab chiqarish  sohasida  faoliyat  yuritayotgan  tadbirkorlik  subyektlari  foyda  solig’idan 

ozod qilindi.

 

Ikkinchi bosqich 1996-2000 yillar. Qisqa muddat bo’lishiga qaramay, ushbu davr mamlakat 



hayotida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan tasniflanadi. Bundan tashqari, 

ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy 

kapitalni  jalb  qilish  imkoniyatlari  kengaytirildi,  dastlabki  xususiy  tijorat  banklari  va  banqdan 

tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o’z faoliyatini boshladi.

 

1996  yilda  xalqaro  iqtisodiy  makonda  yuz  bergan  paxta  inqirozi  uning  narxi  pasayib 



ketishiga,  ayni  vaqtda,  respublika  iqtisodiga  valyuta  tushumini  ta‘minlab  turgan  ushbu  xom 

ashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o’zida 15 foizga qisqarishiga sabab bo’ldi. 

Boz  ustiga,  1998-1999  yillardagi  noqulay  ob-havo  sharoiti  paxta  hosildorligiga  jiddiy  zarar 

yetkazdi, natijada uning eksporti 25 foizga qisqardi. Bunga javoban mamlakat rahbariyati tegishli 

chora-tadbirlar ko’rishga majbur bo’ldi. Ular import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qo’llab-

quvvatlash  va  bu  davrda  katta  qiyinchilik  bilan  topilayotgan  valyuta  zahirasini  saqlash,  undan 

unumliroq foydalanishga qaratildi. Binobarin, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga qaramay, 

kichik biznes ham alohida muammolar va murakkabliklarga duch kela boshladi, ularning soni bir 

qadar qisqardi.

 



Yuzaga  kelgan  vaziyat  davlat  boshqaruv  organlari  tuzilmalari  va  iqtisodiyotning  ushbu 

sektori uchun bozor infratuzilmalarini takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo’ydi. Shularni 

nazarda tutgan holda, O’z Rning birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb ta‘kidlagan edi: 

"Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  uchun  hamma  yo’lni  ochib  berish 

kerak.  Tadbirkorlik  tuzilmalarining  moliya,  bank  va  boshqa  bozor  tuzilmalari  bilan 

munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish yo’lida mavjud to’siqlarni olib tashlash 

lozim.  Ularning  xom  ashyo  resurslaridan  foydalanishlariga  keng  yo’l  ochib  berish,  ular  ishlab 

chiqarayotgan  mahsulot  mamlakatning  o’zida  ham,  uning  tashqarisida  ham  sotiladigan  bozorni 

kafolatlovchi  tizimni  barpo  etish  darkor"  (Karimov  I.A.  Biz  kelajagimizni  o’z  qo’limiz  bilan 

quramiz. 7-j. -T.: O’zbekiston, 1999. B. 375.).

 

Iqtisodiy  islohotlarni  yanada  erkinlashtirish  va  chuqurlashtirishga  doir  vazifalardan  kelib 



chiqqan  holda,  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  rag’batlantirishni  kuchaytirishga  qaratilgan 

davlatning barqaror va har tomonlama asoslangan siyosatini yuritish maqsadida, ushbu bosqichda 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  rag’batlantirish  bo’yicha  Respublika 

muvofiqlashtiruvchi  kengashining  faoliyati  kuchaytirildi.  Davlat  mulk  qo’mitasi,  Davlat  soliq 

qo’mitasi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligi,  Markaziy  bank,  Adliya  vazirligi,  Monopoliyadan 

chiqarish,  Raqobat  va  tadbirkorlikni  qo’llab-quvvatlash  Davlat  qo’mitasi,  tijorat  banklari  va 

boshqalarning xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasidagi funksiyalari, faoliyat doiralari 

hamda  yo’nalishlari  kengaytirildi.  Amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  kichik  biznes 

subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 yilda 31 foizga yetdi.

 

Uchinchi  bosqich  2000-2010  yillar.  Bu  davrda  makroiqtisodiy  jabha,  shu  jumladan, 



tadbirkorlik  sohasida  ham  iqtisodiyotni  liberallashtirishga  qaratilgan  say-harakatlar  iqtisodiy 

islohotlarnint mazmun-mohiyatini tashkil etdi. Ushbu bosqichning tendensiya va xususiyatlari, bir 

tomondan, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik 

va texnologik qayta qurollantirish bo’yicha dasturlarni qabul qilish, boshqa tarkibiy o’zgarishlar 

bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, kichik biznesning rivojiga keng imkoniyatlar yaratuvchi, ular 

faoliyatiga noqonuniy aralashishlarni cheklovchi, ro’yxatdan o’tkazish tartibini yengillashtiruvchi 

bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan tavsiflanadi.

 

Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko’lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar 



yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 

2000 yilda qabul qilingan O’z Rning "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi 

Qonuni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat 

ro’yxatidai  o’tkazish  mexanizmi  soddalashtirildi,  fuqarolarning  tadbirkorlik  faoliyatida  erkin 

ishtirok  etishi  va  manfaatdorligi  uchun  kafolatlar  hamda  sharoitlar  yaratildi,  tadbirkorlarning 

imtiyozli  kredit  olish  uchun  huquqlari  mustahkamlandi.  Mamlakat  Prezidentining  2003  yil  24 

yanvardagi "O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish 

chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  Farmoni  xususiy  sektorning  milliy  iqtisodiyotdagi  ulushini 

oshirishning  asosiy  strategiyasi  bilan  birga,  tadbirkorlik  faoliyatini  qo’llab-quvvatlash  va 

rag’batlantirishning  yangi  mexanizmlari,  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  20  avgustdagi 

"Tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etish  uchun  ro’yxatdan  o’tkazish  tartibotlari  tizimini  tubdan 

takomillashtirish  to’g’risida"gi  357-sonli  Qarori  yagona  soliq  to’lovini  joriy  etish,  tadbirkorlik 

faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirishni 

ta‘minladi.

 

To’rtinchi bosqich 2010 yildan boshlanadi. 2011 yilning "Kichik biznes va xususiy tadbir-



korlik  yili"  deb  e‘lon  qilinishi  hamda  Islom  Karimovning  2010  yil  27  yanvarda  Oliy  Majlis 

Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish 

va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma‘ruzasi ushbu tarmoqda 

yangi  bosqichning  boshlanishiga  asos  bo’ldi.  Dastur  va  ma‘ruzada  qayd  etilgan  fikrlar 

iqtisodiyotning  muhim  sohasi  va  harakatlantiruvchi  kuchi  bo’lgan  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  rivojiga  ustuvor  axamiyat  berish  bo’yicha  avvalgi  yillarda  boshlangan  ishlarning 

uzviy davomi edi.

 



Bu  bosqichda  belgilangan  vazifalar  2008  yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan «Inqirozga qarshi choralar 

davlat dasturi»dan kelib chiqib, unda kichik biznesni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash siyosati 

aniq manzilli xususiyat kasb etganligini alohida qayd etish zarur. Dastur bo’yicha tadbirkorlarni 

qo’llab-quvvatlash bo’yicha puxta chora-tadbirlar amalga oshirildi, kichik biznes subyektlarining 

tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan 

shug’ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi yanada pasaytirildi.

 

Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to’lashdan manfaatdor bo’lishi kerak. 



2019  yildan  boshlab  joriy  etilgan  yangi  soliq  konsepsiyasining  eng  asosiy  g’oyasi  soliq  yukini 

kamaytirish,  sodda  va  barqaror  soliq  tizimini  qo’llashdir.  Shu  orqali  iqtisodiyotimiz 

raqobatbardoshligini  oshirish,  tadbirkor  va  investorlar  uchun  har  tomonlama  qulay  muhit 

yaratishga erishish mumkin.

 

So’nggi yillarda, xususan 2019 yilda yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 



barobar  kamaytirildi.  Natijada  rasmiy  sektorda  ishlayotganlar  soni  yil  davomida  500  mingtaga 

ko’paydi.

 

Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan 2019 



yili soliq to’lovchilar ixtiyorida 2 trillion so’m qoldi. 2020 yilda bu raqam 11 trillion so’mni tashkil 

etishi  kutilmoqda.  Bir  yilda  tadbirkorlar  ixtiyorida  shuncha  mablag’  qolishi,  albatta,  ularga  o’z 

bizneslarini 

rivojlantirish 

uchun 

juda 


katta 

qo’shimcha 

imkoniyatlar 

yaratadi. 

(O’z.R.Prezidentining Parlamentga murojaatnomasidan. 24.01.2020). 

 

Dasturning ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 2011 



yilda iqtisodiyotda kichik biznes sektorining barqaror o’sishi ta‘minlandi. YAIMdagi uning ulushi 

2000  yildagi  31,0  foizdan  2011  yilda  54  foizga  yetib,  shundan  33,7  foizi  kichik  korxona  va 

mikrofirmalar, 20,3 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobiga to’g’ri keldi.

 

Iqtisodiyotning  ushbu  sektorida  o’sishga,  eng  avvalo,  ichki  omillar  ta‘sirida  erishildi: 



izchillik  bilan  amalga  oshirilayotgan,  birinchi  navbatda,  soliq  yukini  kamaytirishga  qaratilgan 

oqilona  soliq  siyosati,  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarning  ishbilarmonlik  faolligi  va  moliyaviy 

barqarorligini  yuksaltirishga  xizmat  qildi.  Shuningdek,  investitsiyalar  kiritayotgan  va  yangi 

mahsulotlarni o’zlashtirayotgan kichik biznes  va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qo’shimcha 

imtiyozlar  berilishi  va  qulayliklar  yaratilishi,  shubhasiz,  muhim  rol  o’ynadi.  Bugungi  kunda 

ko’plab  kichik  biznes  subyektlari  o’n  mingdan  ortiq  nomdagi  tayyor  mahsulotlar  ishlab 

chiqarmoqda. Jumladan, import o’rnini bosuvchi va yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni 

ta‘minlovchi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ham ishlab chiqarilmoqda.

 

Sektorda yangi ish o’rinlari yaratish va aholini ish bilan ta‘minlashda ham barqaror ijobiy 



o’sish  kuzatildi.  Faoliyat  yuritayotgan  subyektlar  sonining  o’sishi  604  ming  yangi  ish  joylari 

tashkil etilishini ta‘minladi. Bu umumiy yaratilgan yangi ish o’rinlarining 65,0 foizini tashkil etdi. 

Natijada,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sektorida  band  bo’lganlar  soni  8,9  mln.  kishiga 

yetib, umumiy band bo’lganlarning 74,8 foizini tashkil etdi.

 

Prezident  SH.Mirziyayevning  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  keltirilishicha:  Jahon 



bankining biznes yuritish sohasidagi 2018 yilgi reytingida mamlakatimiz qurilish bo’yicha 134-

o’rinni  egallagan.  Bu  esa  sohada  ko’plab  muammolar  borligidan  dalolat  beradi.  Misol  uchun, 

qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bo’lib, ularni olish uchun o’rtacha 246 

kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?.

 

So’nggi  yillarda  Jahon  bankining  Biznes  yuritish  reytingida  eng  yaxshi  50  ta  mamlakat 



qatoriga kirish bo’yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. 2019 yilda qabul 

qilingan  yangi  Soliq  kodeksiga  muvofiq,  bu  2020  yildan  boshlab  soliq  turlari  13  tadan  9  taga 

kamaytirildi.  Soliqlarni  to’lash  muddatini  uzaytirish  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lashga  ruxsat  berish 

bo’yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. (Prezident Murojjaatnomasi. 24.01.2020.)

 

Shunday qilib, kuchli raqobat sharoitida milliy korxonalarimizning jahon xo’jalik tizimiga 



izchil  kirib  borishida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Aynan 

iqtisodiyotda  tarkibiy  qayta  qurishning  jadallashyvi,  modernizatsiyalash  va  barqaror  uzoq 




muddatli  iqtisodiy  o’sishni  ta‘minlashga  erishish  ko’p  jihatdan  kichik  tadbirkorlik  rivojiga 

bog’liqdir.

 

 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə