6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə11/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

2. 
Axborot 
urushi 
va 
uning 
mazmuni. 
Insonlararo
o‘zaro
munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir. Axborot har
qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib, u nafaqat, to‘qnashuv
paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yo‘nalgan
faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini
belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.
Qadim davrlardan buyon axborotni o‘zaro urush va nizolar jarayonida hujum
uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo‘lib
keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida
rasmiy.lashdi. bunday urushlarning moxiyatini anglashga doir metodologik
yoidashl’lar, nazariyalar shakllandi. «Bunday sharoitda, – deb yozadi NA.Kostin, –
axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot
urushi» deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo‘lmokda».
Bugungi kunda axborot urushlari haqida ko‘p yozilmokda. Bu
tushunchaning paydo bo‘lish tarixi, ilk marotaba ko‘llanilishi haqida turli, ba’zida
bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida ravishda to‘xtalmagan
holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga e’tiborni qaratish joiz. Manbalarda
ta’kidlanishicha, «axborot urushi» atamasi ilk bor 1976 yi. «Boeing» kompaniyasi
uchun tayyorlangan «Qurol tizimi va axboro urushi» deb nomlangan hisobotda
Tomas Rona tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi



AQSH iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi


ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo‘lib qolayogganini
ta’kidlagan.
T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g‘oya harbiylar ommaviy axborot
vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervyular,
chiqishlar avj oldi. 1980 yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad
hamda qurol, vosita sifatida namoyon bo‘lishi haqida yagona xulosa shakllandi.
«Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSH oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi
bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil
«Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba
harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
1996 yil Pentagon eksperti Robert Banker AQSH mudofaa kuchlarining XXI
asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bag‘ishlangan ma’ruza qiladi. Unda
mutaxassis harbiy harakatlar teatrini an’anaviy harbiy makon hamda
kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Boshqacha aytganda, R.Banker raqib harbiy kuchlarini bostirish, neytrallashga
qaratilgan an’anaviy harbiy konitsepsiyalarning tabiiy to‘ldiruvchisi sifatida xizmat
qilishi zarur bo‘lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. SHu tariqa,
quruqlik, dengiz, havo yo‘llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga «infomakon»
– axborot makoni ham qo‘shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi urushlarda
raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy ob’ekt (nishon) bo‘ladi.
1998 yil oktyabrda AQSH mudofaa vazirligi «Axborot operatsiyalarining
birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi. Aslida, ushbu doktrina avval
«Axborot urushining birlashgan doktrinasi» deb nomlangan edi. Keyinchalik uning
nomi o‘zgartirildi. Bunga sabab esa, «axborot operatsiyalari» va «axborot urushi»
tushunchalarining o‘zaro munosabatiga oydinlik kiritish edi. SHu tariqa axborot
operatsiyasi – o‘z axborot tizimlarini himoya qilish jarayonida raqib tomonning
axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash borasidagi ishlarini
murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakat; axborot urushi
esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy boshqaruv tizimi hamda
rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot operatsiyalari majmui, deb
ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush holatlarida raqib tomon
rahbariyatini informatsion ta’sir o‘tkazayotgan tomonga maqbul qarorlar qabul
qilishiga erishish maqsadi ko‘zlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani
ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan
xatti-harakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir
o‘tkazish bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.



Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz


to‘plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o‘ziga
xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni amalga oshirishda
to‘sqinliklar qilish, qarshiliklar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. SHuningdek,
axborot sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-
harakatlarining aniq va interfaol manzarasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko‘plab
davlatlar siyosatining ystuvop yo‘nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar
tomonidan axborot agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat
ekspansiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi ishlar amalga
oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan
foydalanish, axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun
xujjatlari majmui shakllantirildi. Jumladan, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida "Axborotlashtirish sohasidagi
davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini
rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga
olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida o‘z aksini
topgan.
Hozirda mazkur yo‘nalishdagi konunchilik amaliyoti boshqa davlatlar
siyosatida ham keng o‘rin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda,

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə