YOsh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI
I.
1.
O„zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi?
2.
Yolg„iz o„zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo„lishni
istaysizmi, yoki aksincha, yolg„iz qolishdan qoniqish hosil qilasizmi?
3.
Ko„chada tanishingizni ko„rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo
bo„ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan qochishni istaysizmi?
4.
Tanish do„stlaringiz ko„pmi?
5.
Nima deb o„ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq
olishadilarmi?
6.
Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha
olasizmi?
7.
Telefonda
uzoq
gaplashasizmi
(do„stlaringiz,
tanishlaringiz,
hamkasblaringizga qaraganda)?
8.
Sizda ba‟zan shunday holat bo„ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy
muloqot qilishdan charchagansiz, yolg„iz o„zingiz qolishni istaysiz, ammo
bir necha soniya vaqt o„tmasdan, siz yana kishilar va do„stlaringiz bilan
muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi?
9.
Ba‟zan tanishlaringiz haqida o„ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi
paydo bo„ladimi va suhbatning lozim bo„lgan mavzusi ham topiladimi?
II
1.
O„quvchilar bilan muloqotga kirishish istagida doimiy ehtiyojni his
qilasizmi?
2.
Ishdan bo„sh vaqtlaringizda bolalar va o„quvchilaringiz haqida
o„ylaysizmi?
3.
Sizda shunday holat bo„ladimi: masalan, o„qigan kitobingiz haqida yoki
ijtimoiy hayotda ro„y bergan biror taassurotli hodisa haqida
o„quvchilaringizga aytib berish, o„z mulohazalaringizni bildirish istagi
paydo bo„ladi? Bu holatingizni batafsilroq sharhlab bering.
4.
Bolalar, sinf, ular bilan muloqot qilish haqida o„ylaganingizda sizda
birdaniga o„qitish, tarbiyalash istagi paydo bo„ladimi?
5.
O„quvchilarga ta‟til berilgan paytlarda ular bilan muloqot qilish istagi
sizda paydo bo„ladimi?
6.
Sizning ishchanlik faoliyatingizga, o„quvchilar bilan bo„lajak muloqot
jarayonini qanday tashkil etish va ular haqida o„ylashingiz ta‟sir etadimi,
nima deb o„ylaysiz?
7.
O„quvchilar jamoasi bilan o„tkaziladigan mashg„ulotlar oldidan maktabga
kelganingizda siz qanday taassurotni his etasiz? Batafsil tahlil qiling.
8.
Ma‟lumki, tanaffus payti – ta‟lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu
vaqtda sizni qanday his-hayajon qamrab oladi: befarqlik, asabiylashish
holati, charchoq va toliqish, o„quvchilarni kuzatish va ayrimlariga tanbeh
berish istagi, bu ko„rinishdan qoniqish hissi?
9.
Dars oldidan o„qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo„lajak
muloqot haqida o„ylaysizmi, bu o„y va fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga
qanday ta‟sir etadi?
10.
Sinfga kirib kelishingiz, o„quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning
boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta‟sir etadi (tez harakat
qilishga da‟vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg„otadi, tetiklantiradi,
ko„ngillarga yaxshi kayfiyat bag„ishlaydi, umuman ta‟sir qilmaydi va
hokazo.)?
11.
Dars jarayonida o„zlashtirmovchi va intizomsiz o„quvchilarga nisbatan
asabiylashish holatingizni oson bartaraf eta olasizmi?
12.
Siz uchun o„quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki o„zingizni
ko„proq betaraf his qilasizmi?
13.
Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo„lga qo„yilmasa, o„zingizni qanday his
qilasiz: qayg„urasiz, munosabatni yaxshilashga urinasiz, befarqsiz, o„z
aytganingizni
majburlab
bajartirasiz,
o„quvchilar
fikrini
ham
ma‟qullaysiz?
14.
Dars jarayoni yaxshi o„tganidan qoniqishni his qilasizmi? Bu sizning
ishchanlik kayfiyatingizga ta‟sir etadimi, o„quvchilar bilan muloqot qilish
zaruriyatini keltirib chiqaradimi?
15.
O„quvchilaringizni ko„chada, mahallada ko„rib qolgan paytlaringizda, ular
bilan suhbatlashish istagi paydo bo„ladimi?
16.
Transportda, ko„chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o„quvchini
kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish istagi paydo bo„ladimi?
17.
Sinfda dars o„tish davomida siz uchun ma‟lum bo„lgan holatni tahlil
qiling: o„quvchilarni tushunishga intilish, ularning kayfiyatini va ruhiy
kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfiyatidan qat‟iy nazar
belgilangan dars rejasini amalga oshirish.
18.
Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o„rganish bo„yicha
turli pedagogik texnologiyalarni tanlash bilan bir qatorda, o„quvchilar
bilan muloqotga kirishish variantlarini ham o„ylab olasizmi?
19.
O„quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz uzoq vaqt
davom etadimi?
20.
O„qituvchilik
kasbingizni
o„zgartira
olarmidingiz?
Agarda
o„zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo„lardingiz?
III.
1.
O„quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot usullari
sizda shakllanganmi yoki yo„qmi: uni tahlil qiling?
2.
Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga qanchalik
yordam beradi deb o„ylaysiz?
3.
Siz o„zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo„ladigan
kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega?
4.
Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars o„tish
davomida o„quvchilar bilan bo„ladigan muloqotni farqlay olasizmi? Agar
farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat?
5.
Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida odamlar bilan kundalik
muloqotdan farqli nimalar paydo bo„ladi?
6.
Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba‟zan kishilar bilan
odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko„chirgan holatlaringiz
bo„ladimi? Tahlil qiling.
O„tkazilgan o„z-o„zini kuzatish asosida, o„zingiz uchun dilkashlik
xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o„quvchilar
bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib
chiqqan
holda
o„zingiz uchun
Dostları ilə paylaş: |