“Kommunikativ jihatdan o„z-o„zini
tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”
ni tuzishingiz mumkin.
Ushbu
dastur – kasbiy fazilat sifatida o„qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni
rivojlantirish dasturi (o„quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past
bo„lganida) bo„la oladi hamda o„quvchilar bilan muloqotda salbiy ko„rinishlarni
bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ
ko„nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi.
Kommunikativ jihatdan o„z-o„zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan
tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo„lishi kerak.
Tabiiyki,
muloqotga oid ko„p narsalarni har qanday o„qituvchi o„zining shunchaki sog„lom
tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan
muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin
o„z tajribasini ongli ravishda orttirishi, psixologik to„siqlarni ma‟lum bir maqsadni
ko„zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o„qituvchi turli seminarlarda,
yig„ilishlarda, o„qituvchilar davrasida ko„proq chiqish qilishga intilishi,
hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan
foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida
bir nechta hamkasblaringiz
bilan gaplashish vazifasini qo„ying. YOshi ulug„, tajribali o„qituvchilarga
o„zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do„kon
sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va
hokazo. Ko„chada yo„lovchining savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish
hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga tayyorgarlik ko„rib,
yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday
qo„llashni, balki sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr
xayolingizni band qilsin. O„quvchilar bilan maktabdan tashqari ta‟lim va tarbiya
jarayonida muloqot qilish haqida o„ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi
kayfiyat bag„ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O„quvchilar bilan
muloqotdagi ba‟zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga urining. Xatolaringizni
tan oling va ko„ra biling, sizga qoniqish bag„ishlashi uchun navbatdagi
muloqotlarni qanday tashkil qilishni o„ylang.
Sizga muloqotda noloyiq
inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy
tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, hatti-harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz
bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va
xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga o„zingizni
ishontirishga harakat
qiling. Tajribalar asosida o„z kasbiy holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda
dilkashlikni
kasbiy
jihatdan
ahamiyatli
xususiyatlarini
rivojlantirish,
kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko„nikma va
malakalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta‟lim va
tarbiyadan ko„zlangan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta‟siri ekan, demak, aynan
o„quvchilar bilan o„zaro hamkorlik sharoitida o„qituvchi ularning ma‟naviy
dunyosiga kirib borishi kerak
Quyidagi ko„rsatkichlar asosida o„zingiz yoki kasbdoshlaringizning darsini
tahlil qiling, keyin esa o„zingizni yoki kasbdoshingizni sinf jamoasi bilan
muloqotiga yakuniy tavsif bering:
1.
Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo„sh).
2.
Muloqotning boshlang„ich bosqichida o„zini erkin his etish, umumiy
kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, ishonchsiz).
3.
Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama mukammal
tayyorgarlikni ta‟riflash, yoki ifodalanadigan kommunikativ kayfiyatning yo„qligi).
4.
Kommunikativ tashabbusni
shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga yaxshi
kayfiyat bilan kirishish, bu kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», darsning ko„tarinki
ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik, muloqotni tashkil qilishda
tashabbusning yo„qligi.
5.
Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida,
bosqichma bosqich, ba‟zi
vaziyatlarda) bo„lgan o„qituvchiga xos ruhiy kayfiyatni yarata bilish.
6.
Dars jarayonida va o„quvchilar bilan muloqot davomida o„z ruhiy
hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy holat, dars davomida yuzaga keladigan
vaziyatlarga muvofiq tarzda o„zini boshqara olish qobiliyati, kayfiyatning
buzilishi, o„z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik).
7.
Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg„un, sermahsul,
engil, rasmiy; yoki majburiy, zo„rma-zo„raki muloqot).
8.
Ta‟lim-tarbiyaviy
vazifalarni hal etish, o„quvchilar bilan o„zaro
munosabatlarni tashkil qilish uchun muloqotni boshqarish samaradorligi (tezkorlik,
nazokatlilik, muloqotda o„z shaxsiy uslubi samaradorligini his qilish, o„zaro
muloqot va ta‟sir o„tkazish metodlari birligini tashkil qila olish malakasi; yoki
muloqotdan ta‟lim-tarbiyaviy ta‟sir quroli sifatida etarlicha foydalana olmaganlik).
9.
Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissiyotga
berilish bilan; oddiy va betaraf;
bosiq va vazmin gapirish; yoki ifodaliligi kam,
ta‟sirchanlikning yo„qligi; betaraf; yo„riqnomaviy-idoraviy).
10.
Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko„rinishga ega bo„lish, tashqi
ko„rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg„ularga boy, bosiq va
vazmin ko„rinishni yuzda aks etishi).
g„ularga boy, bosiq va vazmin bo„lish, betaraf, beo„xshov harakatlardan saqlanish).
Ushbu tahlilga yakun yasab, o„zingiz uchun foydali bo„lgan
xulosalar
chiqaring, o„zingizda mavjud bo„lgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf
etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot madaniyati va
texnologiyasini shakllantirish bo„yicha maxsus tizim bilan ishlang, ma‟lum bir
maqsadga yo„naltirilgan trening, dilkashlik va xushmuomalalikni shakllantiruvchi
o„zingiz uchun maxsus mashqlar tizimini yarating.