ustuvor yo„nalishi deb e‟lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,
xulq-atvori bilan o„zgalarga ibrat bo„ladigan bilimli, ma‟rifatli yoshlarni tarbiyalab
voyaga etkazish o„qituvchi zimmasida. SHunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat
o„qituvchisining o„zi avvalo barkamol inson bo„lishi, mukammal bilimlar sohibi,
o„z kasbining etuk egasi bo„lishi zarur. O„qituvchi xulq-atvorida pedagogik
nazokat ma‟lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari
ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi.
O„qituvchi pedagogik nazokatga ta‟lim va tarbiya jarayonidagi har bir
vaziyatga adolatli baho berishi, o„quvchilarning hatti-harakatini to„g„ri idrok etishi,
sabot va matonat, o„zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi
xususiyatlarni o„zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o„z
Dostları ilə paylaş: