CHunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste‟dodga ega bo„lgan
o„qituvchida yillar davomida shakllanadi
Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
O„qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik
tuyg„ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an‟analar, o„zbekona tavoze va muomala
madaniyati, o„quvchilar jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy
muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko„nikma va
malakalar mujassamlashgan bo„ladi.
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o„quvchi ruhiyatiga
keskin ta‟sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir
maromda ushlab turish uchun o„qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va
bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi.
YOsh avlod tarbiyasida o„qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik
nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o„zini
moslashtirishi lozim:
emotsional his tuyg„ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida
o„zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;
o„zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda
qo„llash;
bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to„g„ri
kelmaydigan bema‟ni so„zlardan o„zini qat‟iy tiyish;
o„qituvchiga xos notiqlik san‟ati sirlarini puxta egallash, o„quvchi shaxsiga
og„ir ta‟sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik,
muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo„pol va dag„al so„zlar
qo„llamaslik;
dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan
psixologik va fiziologik me‟yorlarga asoslanish, manmanlikka yo„l qo„ymaslik, o„z
holatidan boshqa holatga o„tishdan saqlanish;
o„qituvchilar jamoasi va o„quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish
kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat‟iy muomala
hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
Dostları ilə paylaş: