6. Mavzu: Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja



Yüklə 363,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix22.04.2023
ölçüsü363,68 Kb.
#106664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu

ishonchini
qozona olishi shart. YOsh o„quvchi “do„st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga 
kirishi uchun o„qituvchi pedagogik nazokat imkoniyatlarini o„z o„rnida qo„llay 
olishi lozim. O„zaro ishonch munosabatlari o„rnatilgach, o„quvchilar og„ir 
damlarda o„qituvchidan yordam so„rab murojaat qiladilar, o„z mulohazalarini u 
bilan baham ko„radilar. O„zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham 
o„qituvchiga o„quvchilarning ba‟zan anglab bo„lmaydigan ichki dunyosini ko„rish 
imkoniyatini beradi. O„quvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni 
qo„llash natijasida: 

o„qituvchi o„quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bilib oladi, 
o„quvchilar bilan munosabatda do„stona muloqot qilish imkoniyatlari paydo 
bo„ladi;

o„qituvchi o„quvchilar bilan chin ko„ngildan bir-biriga yaqin bo„ladi, 
ba‟zan eshitmasligi kerak bo„lgan o„quvchilarning o„zaro sirli gaplarini 
eshitmasdan o„tib ketishi mumkin, negaki o„zgalar gapini tinglash odobsizlikdir; 

o„qituvchi 
ba‟zan 
o„quvchilar 
jamoasining 
kundalik 
ishlariga 
aralashmasligi, jamoada ro„y beradigan ba‟zi ko„ngilsiz hodisalarni ijobiy hal 
etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin. 
Bularning hammasi o„qituvchining o„quvchilar bilan bo„ladigan ixtiloflariga, 
kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi.
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namunalariga 
ega bo„lishi tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mutlaqo o„zgacha 
harakatni va muomalani talab qiladigan o„qituvchilar uchun chinakam mahoratdir. 


CHunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste‟dodga ega bo„lgan 
o„qituvchida yillar davomida shakllanadi 
Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
O„qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik 
tuyg„ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an‟analar, o„zbekona tavoze va muomala 
madaniyati, o„quvchilar jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy 
muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko„nikma va 
malakalar mujassamlashgan bo„ladi.
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o„quvchi ruhiyatiga 
keskin ta‟sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir 
maromda ushlab turish uchun o„qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va 
bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi. 
YOsh avlod tarbiyasida o„qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik 
nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o„zini 
moslashtirishi lozim:

emotsional his tuyg„ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida 
o„zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish; 

o„zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda 
qo„llash; 

bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to„g„ri 
kelmaydigan bema‟ni so„zlardan o„zini qat‟iy tiyish; 

o„qituvchiga xos notiqlik san‟ati sirlarini puxta egallash, o„quvchi shaxsiga 
og„ir ta‟sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, 
muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo„pol va dag„al so„zlar 
qo„llamaslik; 

dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan 
psixologik va fiziologik me‟yorlarga asoslanish, manmanlikka yo„l qo„ymaslik, o„z 
holatidan boshqa holatga o„tishdan saqlanish; 

o„qituvchilar jamoasi va o„quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish 
kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat‟iy muomala 
hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish. 

Yüklə 363,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə