6. Mavzu: Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja


Pedagogik taktni qo‟llash shartlari



Yüklə 363,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix22.04.2023
ölçüsü363,68 Kb.
#106664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu

Pedagogik taktni qo‟llash shartlari 
Tаktikа tаnlаsh turli vаziyatlаrdа хilmа-хil rоllаrni bаjаrish bilаn bоg‟liq. Bu 
hаqidа mа‟lumоtni psiхоtеrаpеvt А.B.Dоbrоvich kitоblаridаn оlish mumkin. Bu 
to‟rttа pоzitsiya bo‟lib, ulаr quyidаgichа: “yuqоridаn pаstgа”, “pаstdаn yuqоrigа”, 
“yonmа-yon” vа “аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi. 


“Yuqоridаn pаstgа” pоzitsiyasidа o‟qituvchi mustаqil hаl etishni nаmоyish 
etаdi, mаs‟uliyatni o‟z zimmаsigа оlаdi. Bu pоzitsiya “оtа-оnа” pоzitsiyasi. 
“Pаstdаn yuqоrigа” pоzitsiyasi tоbеlik, shахsning o‟zigа ishоnmаsligi. 
А.B.Dоbrоvich so‟zi bilаn аytgаndа, bu “tа‟lim оluvchi” pоzitsiyasi. 
“Yonmа-yon” pоzitsiyasidа fаrоsаtlilik vа vаzminlik, vаziyatgа qаrаb ish 
tutish, bоshqаlаrning hаm mаnfааtini o‟ylаsh, o‟zi vа ulаr o‟rtаsidа mаs‟uliyatni 
to‟g‟ri tаqsimlаsh ifоdа etilаdi. Bu “kаttа оdаm” pоzitsiyasi. 
«Аrаlаshmаslik» pоzitsiyasi – аrаlаshmаslik, fаоllikni nаmоyon etmаslik. 
Hаr bir pоzitsiyaning qo‟llаnishi vаziyat tаlаbigа mоs tаnlаnаdi. Mulоqоt 
ikki tоmоnlаmа jаrаyon bo‟lgаnligi uchun o‟qituvchi tа‟lim оluvchi rоlini hаm 
inоbаtgа оlishi shаrt. O‟qituvchining оdаtiy pоzitsiyasi bu hаmkоrlikdа ish оlib 
bоrаyotgаn “kаttа оdаm”, ya‟ni ishgа аlоqаdоr dаrаjаni tаlаb qiluvchi pоzitsiyadir. 
Bu pоzitsiya tа‟lim оluvchidа tеng huquqli shеriklikni shаkllаntirаdi, o‟zаrо 
ishоnch muhitini yarаtаdi. Bundа quyidаgi jumlаlаrni qo‟llаsh mumkin: “Sizlаr 
bilаn mаslаhаtlаshmоqchi edim”, “Kеlinglаr, o‟ylаb ko‟rаylik” vа hоkаzо. 
 
Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi 
Pеdаgоg оdоbi umuminsоniy vа milliy ахlоqning qоnuniyatlаri, vаzifаlаri, 
tаmоyillаri, tushunchаlаri, tаlаblаri, mеzоnlаrini tа‟lim-tаrbiya jаrаyonidа 
оydinlаshtirib, pеdаgоgning tа‟lim оluvchilаr, kаsbdоshlаri, оtа-оnаlаr, tа‟lim 
muаssаsаsi rаhbаrlаri bilаn munоsаbаtlаridа nаmоyon bo‟lаdigаn kаsbiy-ахlоqiy 
хususiyatlаri yig‟indisidir. 
Pеdаgоg оdоbi eng аvvаlо, tаrbiyachi vа tаrbiyalаnuvchilаrning o‟zаrо 
munоsаbаtlаridа nаmоyon bo‟lаdi. Birоq bundаy yondаshuv bir qаdаr chеklаngаn 
nuqtаi nаzаr ekаnligini tа‟kidlаsh jоiz. Zеrо, tаrbiyachining kаsbiy ахlоqi fаqаt 
tаrbiyalаnuvchilаr bilаn mulоqоti jаrаyonidаginа nаmоyon bo‟lmаydi, bаlki uning 
butun fаоliyati dаvоmidа birinchi dаrаjаli ehtiyoj sifаtidа ifоdаlаnаdi. Bоshqаchа 
аytgаndа, pеdаgоg оdоbi tushunchаsi tаrbiyachi dunyoqаrаshining hаyotiy tizimini 
аnglаtаdi. Pеdаgоg оdоbi tushunchаsining mаzmuni ахlоqiylik bilаn birgа 
iqtisоdiy, siyosiy, huquqiy jihаtlаrni hаm o‟z ichigа qаmrаb оlаdi.
Ахlоqiy tа‟lim-tаrbiyaning tаrkibiy qismi sifаtidа pеdаgоg оdоbi fаzilаtlаrini 
shаkllаntirishdа ikki yo‟nаlishdаgi аlоqаdоr tushunchаlаrni tаhlil qilish mаqsаdgа 
muvоfiqdir: birinchisi – jаmiyatning o‟qituvchi shахsigа munоsаbаti; ikkinchisi – 
o‟qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti. 
O‟qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun 
muhim bo‟lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy 
fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‟qituvchi-tarbiyachilar 
uchun ham juda zarurdir. 
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe„l-atvorini tartibga 
solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. 
Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq 
normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri 
ta„sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga 
ma„lum axloqiy talablar qo‟yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar 


shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‟z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq 
normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi. 
O‟qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‟zlashtirib olishi, 
tajribada qo‟llashi, o‟zining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan 
taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‟rish natijasida 
umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‟qituvchining o‟z 
axloqiy fazilatiga, e„tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va 
mulohazalari bilan qo‟shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish 
sharoitida uning o‟rni va rolini belgilaydi. 
O‟qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy 
fazilati va e„tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e„tiqod va sifatlar o‟qituvchining 
dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o‟quvchilar, ota-onalar va boshqa 
kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o‟zining shaxsiy 
namunasi bilan axloqiy ta„sir o‟tkazishida ko‟zga tashlanadi. Pedagogik takt 
o‟qituvchi axloqining amaliy ko‟rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari 
uning yoshlarga axloqiy ta„sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida 
erishgan yutuqlarida namoyon bo‟ladi. 
O‟qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy-axloqiy 
fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog‟liq 
tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy 
g‟urur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas„uliyat, 
vijdon, halollik, rostgo‟ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‟qituvchi 
odobida pedagoglik faoliyati bilan bog‟liq ravishda tahlil qilinadi. Bolalarga 
yaxshilik qilish, o‟qituvchilik burchi, o‟qituvchilik sha„ni, qadr-qimmati, 
o‟qituvchilik mas„uliyati, o‟qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bo‟lish, 
o‟qituvchining ma„naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo‟yligi kabilar o‟qituvchi 
axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularning chuqur va puxta o‟zlashtirish 
bo‟lajak o‟qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Muomala odobi o‟z tabiati, mohiyatiga ko‟ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy 
qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo‟ladi. 
Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma„naviy, umuminsoniy va milliy 
axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda 
qatnashuvchilar o‟rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. 
Ijtimoiy munosabatlarning har biri o‟ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu 
xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning 
xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo‟lgan axloqiy 
qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o‟rtasidagi, shaxsiy va 
ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog‟lanishlarga asoslanadi. 
Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy 
baho esa kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini nazorat qiladi, tartibga soladi. 
Muomala-munosabatlar kishi o‟z xulqi va faoliyatida axloqiy printsiplar, qoidalar, 
talablar, an„analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab 
baholanadi. 
Pedagogik jarayonda sodir bo‟ladigan muomala odobida muallimning 
axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik 


kasb egasi sifatida o‟ziga, o‟z kasbiga, o‟quvchilarga, kasbdoshlariga, ota–
onalariga muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar 
jamiyat, davlat o‟qituvchiga, ta„lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo‟yayotgan axloqiy 
talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi. 
Pedagogik jarayonda muomila odobi o‟qituvchining faoliyatida namoyon bo‟ladi. 
O‟qituvchilik faoliyatida qo‟yiladigan axloqiy talablar, o‟z navbatida, O‟zbekiston 
Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy–an„anaviy, madaniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo‟yayotgan vazifalariga 
bog‟liq. Ular pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan
kishilaning xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik 
jarayon qatnashchilarining ta„lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, 
axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo‟ladi. 
Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik faoliyatda 
sub„ekt-obe„ktmunosabatlari shaklida ifaodalanadi. Sub„ekt-obe„kt munosabatlari 
muallim o‟zining professional burchini bajarayotganida o‟quvchilar, kasbdoshlari, 
ota-onalar, jamoat tashkilotlarining vakillari bilan o‟qituvchi o‟rtasidagi aloqalarda 
vujudga keladi. U o‟zaro hurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixohlik 
tashabbuskorlik, o‟zaro g‟amxo‟rlik, har birlarining inson sifatida qadr–qimmatini 
e„zozlash kabilarda namoyon bo‟ladi.Ular o‟qituvchining pedagogik faoliyatida 
boshqalar bilan muamalasining xarakterini baholashda xizmat qiladi.O‟zaro 
ta„sirlar o‟quv ishida, turmushda, dam olish paytlarida, oiladagi muomala-
munosabatlarining xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. 
Pedagogik jarayonning o‟zida ham faoliyatning turli sohalarida turlicha 
muomala-munosabatlar mavjud. Masalan, o‟quv ishlari sohasida, jamoat 
toashiriqlarini bajarishda o‟quvchilar, bilan sinfdan tashqari ishlarda, dam olish 
paytlardagi muomala, shuningdek, o‟qituvchining Vatanga, xalqqa bo‟lgan 
munosabati o‟ziga, xos xususiyatlarga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, agar 
o‟qituvchining bu muomala munosabati o‟z professional vazifasini burchini 
bajarish jarayonida sodir bo‟lsa, jamiyat o‟qituvchining pedagoglik kasbining 
ijtimoiy mavqeini, unga ma„lum bir huquq va vakolatlar berilganligini nazarda 
tutadi.
Pedagogik etikada muomola odobining biror jihati, masalan, o‟qituvchining 
o‟z kasbiga munosabati, burchi alohida tahlil etilishi mumkin.O‟qituvchilik kasbi 
kishiga ma„lum talablarni qo‟yadi, lekin muallim bu talablarni qanday 
bajarayotgani bu talablarda hali aks etmaydi.O‟qituvchining pedagogik faoliyati 
natijalarini xalq ta„limi bo‟limlari, maktab ma„muriyati, metodik birlashma 
xodimlari baholaydi. O‟qituvchining pedagogik jarayon qatnashchilari bilan
muomalasi-bu kishilarning o‟zaro bir-birlariga bo‟lgan shaxsiy insoniy 
munosabatlari sifatida ham qaraladi, ular pedagogik jarayon qatnashchilarining 
xatti-harakatlarida, xulqida, ish shakli va usullarida namoyon bo‟ladi. Ular 
o‟rtasidagi o‟zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o‟ynaydi. 
Pedagogik jarayonda o‟qituvchi axloqiy munosabatlarning sub„ekti 
hisoblanadi.U pedagogik jarayonning asosiy kishisi-figurasi sifatida o‟quvchilar, 
kasbdoshlar, ota-onalar bilan muomalada bo‟ladi.Pedagogik muomala odobi 
tizimida o‟qituvchi asosiy figuradir. O‟quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, 


pedagoglar jamoasi va jamoat tashkilotlarining vakillari o‟qituvchi uchun 
pedagogik muomala-munosabatlarning ob„ekti hisoblanadi. Ular bilan bo‟ladigan 
aloqalar yosh avlodga ta„lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir 
bo‟ladi.Bu muomala jarayonida ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan 
xayrixoh, ijobiy hissiyotda bo‟lishlari, bir-birlarining fazilatlarini o‟zaro 
baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi. 
Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun ularning 
axloqiy va ruhiyjihatlarini bir-biridan ajratish qiyin bo‟ladi. Shuning uchun ham 
bunday hodisalar haqida gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy 
vaziyat tushunchasi ishlatiladi. 
Demak, o‟qituvchining muomala odobi-u aloqa qiladigan odamlar, 
muassasalar bilan o‟zprofessional vazifasini bajarayotganda sodir bo‟ladigan 
axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu yondoshuv asosida pedagogik muomala 
odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o‟qituvchi bilan 
o‟quvchilar o‟rtasidagi muomala; o‟qituvchi bilan pedagogik jamoa o‟rtasidagi 
muomala; o‟qituvchi bilan ota-onalar o‟rtasidagi muomala; o‟qituvchi bilan 
maktab rahbarlari o‟rtasidagi muomala. 
Muomala odobida o‟qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining 
yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yo‟nalishlari, so‟zi bilan ishining 
birlik darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon bo‟ladi. 

Yüklə 363,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə