6. Mavzu: Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja


O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt



Yüklə 363,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix22.04.2023
ölçüsü363,68 Kb.
#106664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu

 
O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt
 
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo„lmish 
dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda 
bo„lishga intilishi deb ta‟riflanadi. Bu intilish o„qituvchining o„quvchilar va 
atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o„rnata olishi va belgilangan maqsadga 
erishishini ta‟minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo„lmaydi, ayniqsa yosh 
o„qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik
ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o„qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki 
toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta‟kidlaydilar: 
Birinchisi, 
ekstravert
shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, 
osoyishtalikka va tashqi ta‟sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, 
introvert
shaxslar: Ular faqat o„z ichki olamiga beriluvchan, 
atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o„z-o„zini nazorat qilishga, doimo ichki 
xavotirga moyil kishilardir.


Pedagog olimlar o„qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert 
xususiyatlarga ega bo„lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo„lishini 
ta‟kidlaydilar. Biroq, 
ko‘pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash 
insonlar sifatida e’tirof etilganlar.
O„qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi
uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini 
rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o„z kasbiy faoliyatida 
mujassamlashtirgan o„qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak: 

sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega 
bo„lishi; 

o„quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o„quvchiga 
individual shaxs sifatida yondashishi; 

birorta ham o„quvchisining yomon bo„lishiga, ularning hurmat e‟tiborini 
qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi; 

biror o„quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf jamoasi 
bilan o„zaro yaxshi munosabatni yo„lga qo„yilishiga xalaqit qilishini bilishi; 

o„quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardinatsiya) 
saqlash mumkin emasligi; 

sinf jamoasida sodir bo„ladigan kulgili vaziyatlarda o„qituvchining o„ta 
jiddiy va qat‟iy bo„lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini 
unutmasligi; 

har bir o„quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) 
o„qituvchi va o„quvchi orasidagi munosabatni mustahkamlaydigan ko„prik 
ekanligini unutmaslik. 
O„qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati o„quvchilar 
jamoasi bilan qizg„in, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib ketishida namoyon 
bo„ladi. Avvalo, o„qituvchi o„zining kasbiy-pedagogik dilkashlik fazilati haqida va 
uning nima ekanligini va tarkibiy qismlari nimalardan iboratligi to„g„risida aniq 
ma‟lumotga ega bo„lishi lozim. SHu bilan birga o„qituvchi o„zining kasbiga xos 
bo„lgan shaxsiy fazilatlari nuqtai nazaridan e‟tibor berib, dilkashlikning qanday 
jihatlarini o„zida shakllantirish lozimligini aniqlashi va o„z-o„zida kommunikativ 
hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak. 
Pedagogik kommunikatsiyaning o„qituvchi kasbiy faoliyatidagi ahamiyati 
shundan iboratki, unda o„qituvchining yuksak kommunikativ madaniyati qay 
darajada ekanligi namoyon bo„ladi. O„qituvchining kommunikativ madaniyati o„z 
navbatida turli pedagogik vaziyatlarda paydo bo„ladigan oddiy insoniy dilkashlik 
xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, o„z shaxsiy muloqotimizning va o„zgalarning 
biz bilan olib boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan ko„plab ajoyib 
taassurotlar xotiramizda saqlanadi. O„zaro muomalada dilkashlik fazilatlarini 
namoyish etadigan ko„plab pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday 
vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar. Biroq, 
muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o„ziga qaratib, kommunikatsiyaning qoq 
markazida faoliyat ko„rsatishni istovchi o„qituvchilar ham bor. Hayotda yana 
shunday o„qituvchilar uchraydiki, ular muloqotda kamgap, suhbatda istar-istamas 


ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommunikativ rolni bajarishmaydi. Faqat 
kommunikativ xulqi bilan suhbatdoshini qo„llab turadi. Ba‟zan hech kim bilan 
umuman muloqotga kirisha olmaydigan tund toifali o„qituvchilar ham uchraydi. 
Ammo, pedagogik faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy 
fazilat sifatida, balki o„qituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining 

Yüklə 363,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə