kasbini sevgan o„qituvchigina butun kuch g„ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu
ishga bag„ishlaydi va o„z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish,
ularga mehr-muhabbatli bo„lish o„qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi
muhim fazilatlardir.
O„qituvchi deyarli har kuni o„quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi,
ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma‟qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo„ya
hatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo„lganda
tarbiyaviy metodlarni
qo„llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy
izlanishda bo„lgan o„qituvchi tadqiqotchilik ko„nikma va malakalariga ega bo„ladi,
ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita
oladi.
O„qituvchi o„quvchilarning kattalar bilan muloqotga
kirishish tizimiga
ma‟lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o„rganishga harakat qilishi
kerak. Bu narsa o„quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe‟l-atvorini o„rganish,
tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, o„quvchilar
hayotidagi turli
voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro„y berayotgan
hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u
o„quvchilar jamoasida ro„y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib
bo„lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o„rganish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Natijada o„qituvchi ta‟lim-tarbiyaviy jarayonda o„z oldida
turgan vazifalarni hal
etishda o„quvchilarning o„zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o„qituvchi o„quvchilarning
Dostları ilə paylaş: