6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar



Yüklə 214,06 Kb.
səhifə5/15
tarix22.03.2024
ölçüsü214,06 Kb.
#183838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6-mavzu yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich

Elektr teshilish mexanizmi ikki xil tabiatga ega: ko‘chkili va tunnel.
Ko‘chkili teshilish. Elektron yoki kovak yarimo‘tkazgich atomi bilan to‘qnashib uni ionlashtiradi. Buning uchun u elektr maydon ta’sirida erkin yugurish uzunligida yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zonasi energiyasidan katta energiya olib ulgurgan bo‘lishi lozim.
Zaryad tashuvchi elektr maydon ta’sirida yetarli kinetik energiya to‘plagandan so‘ng, atom bilan to‘qnashadi va undan valent elektronni urib chiqarib o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tkazadi. Zarba natijasida generatsiyalangan elektron – kovak juftlik ham maydon ta’sirida to‘qnashganda ionlashtirish jarayonida ishtirok etadi. Jarayon ko‘chkisimon ortadi va teskari tokning keskin ortishiga olib keladi. p-n o‘tishdan ketayotgan n2 zaryad tashuvchilarni o‘tishga kirayotgan n1 zaryad tashuvchilar soniga nisbati ko‘chkili ko‘payish koeffitsiyenti M n2 / n1 deb ataladi. Uni baholash uchun quyidagi approksimatsiyadan foydalaniladi:
M 1
U m

U
1 ТЕС
ТЕШ
Bu yerda m – yarimo‘tkazgich materialiga va baza soha turiga bog‘liq parametr, n – kremniy vа
p germaniy uchun m =5, p – kremniy va n – germaniy uchun m =3.

p-n o‘tishdagi elektr maydon kuchlanganligining o‘rtacha qiymati
E UТЕСК / l .

Ko‘chkili teshilish kuchlanishi UTESH qiymati yarimo‘tkazgich taqiqlangan zona kengligi ortishi va kiritmalar konsentratsiyasi kamayishi bilan ortib boradi. Amalda teshilish rejimida p-n o‘tish teskari tokining teskari kuchlanish bilan quyidagi empirik bog‘liqligidan foydalaniladi:





IТЕСК
I0
U в .

1 ТЕСК
UТЕШ
Turli yarimo‘tkazgich materiallar uchun в=2÷6.

Ko‘chkili teshilishda М va ITESK larning UTESK ga bog‘liqligi 6.2-rasmda keltirilgan.
6.2-rasm. Ko‘chkili teshilishda М va ITESK larning UTESK ga bog‘liqligi


р-n o‘tishning elektr parametrlari.


p-n o‘tishning differensial qarshiligi va sig‘imi uning muhim elektr parametrlari hisoblanadi.

Yüklə 214,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə