6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞) 20.4. Gulxayridoshlar oilasi



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə34/53
tarix11.12.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#144634
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
6-sinf. Botanika 7-dars gul

Gk(3)+(5) Gt5 Ch(∞) U(∞)
20.4. Gulxayridoshlar oilasi

Oila vakillari: Bo`ritaroq, dorivor gulxayri, go`za, kanop, tugmachagul
Bu oilaga asosan tropik, qisman mo‘tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan 70 turkumga mansub
900 o‘sim­lik turi kiradi. O‘zbekistonda gulxayridoshlarga mansub 7 turkumga oid 27 tur o‘simlik o‘sadi.
Gulxayridoshlarga, asosan o‘tlar, qisman butalar va daraxtlar kiradi. Ildizi o‘qildiz tizimli. Poyasi asosan tik. Barglari oddiy, uzun bandli, panjasimon tomirli, butun yoki o‘yilgan, ko‘pincha panjasimon bo‘lakli. Gullari barg qo‘ltig‘ida yoki shoxlar uchidagi to‘pgulda bittadan joylashgan, to‘g‘ri, ikki jinsli. Gulkosachasi 5 ta gulkosabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Ko‘pchilik vakillarida kosacha ikki qavatli. Bunda ostki gulkosacha, erkin holdagi yoki qo‘shilgan gulbargchalardan tashkil topgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin. Changchilari ko‘p, iplari bir-biri bilan qo‘shilib, urug‘chini o‘rab turadi. Urug‘chisi bitta. Mevasi 3-5 uyli ko‘sak yoki bir urug‘li juda ko‘p mevachalarga bo‘linadigan yig‘ma meva.
Gulxayridoshlarning ko‘p tarqalgan vakillaridan biri yerbag‘ir tugmachaguldir. U bo‘yi 10-40 sm keladigan, bir yillik begona o‘t. Uni barcha sug‘oriladigan yerlarda, ariqlar bo‘yida va ekinlar orasida uchratish mumkin. Poyasi sershox, yer bag‘irlab yoki yonboshlab o‘sadi. Barglari uzun bandli, yaprog‘i deyarli yumaloq, cheti 5-7 ga bo‘lingan. Gullari barg qo‘ltig‘ida o‘rnashgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin, gulkosachabarglarga nisbatan 2 marta uzun. Changchilari ko‘p, iplari birikkan, urug‘chini o‘rab turadi. Urug‘chilari ham ko‘p (12-16).
Yerbag‘ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gullaydi. Mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan.
Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug‘i xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Bu turkumga oid turlardan 6 tasi O‘zbekistonda o‘sadi. Bularning hammasi ham begona o‘tdir.
O‘zbekistonda oilaning tabiiy holda o‘sadigan tugmachagul, gulxayri, dag‘al kanop, bo‘ritaroq kabi turkumlari bor.
Daryo va ko‘llar sohilidagi to‘qaylarda, sernam yerlarda dorivor gulxayri o‘sadi. U gulxayri turkumiga oid, bo‘yi 70-150 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. Ildizidan tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo‘talga qarshi ishlatiladi.
Respublikamizda ekiladigan, gulxayridoshlarga mansub o‘simliklar orasida g‘o‘za asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘zbekistonda g‘o‘za turkumiga mansub asosan 3 tur o‘sadi. Bularning hammasi ham bir yillik, madaniy o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
1. Jaydari g‘oza – ko‘saklari mayda. Tolasi mallarang, qisqa va dag‘al. Vatani Afrika, O‘rta Osiyoda eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925-yilgacha ekilgan. Hozirgi vaqtda uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin.
2. Meksika g‘o‘zasi yoki oddiy g‘o‘za. Ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yirik, gultojbarglari och sariq, tubi qizil, dog‘siz. Ko‘saklari yirik, 4–5 chanoqli, yaxshi ochiladi, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo‘ng‘ir rangda. Vatani Markaziy Amerika. 1925-yildan beri O‘zbekiston dehqonchiligida asosiy o‘rinni egallab kelmoqda. Hozir O‘zbekistonda shu tur asosida yetishtirilgan ko‘plab navlar ekiladi.
3. Misr g‘o‘zasi yoki Barbadoss g‘o‘zasi. Ostki gulkosachabarglari ham 3 ta. Gullari yirik, gultojbarglari sap-sariq – limon rangida, tubida qizil dog‘i bor. Ko‘saklari yirik, 3–4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o‘xshash mayin, och sariq. Vatani Janubiy Amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya).
O‘zbekistonda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. Hamma «ingichka tolali g‘o‘za navlari» va «Misr g‘o‘zasi» shu turga taalluqlidir.
Respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rniga ko‘ra gulxayridoshlar oilasi vakillari orasida g‘o‘za alohida o‘rinda turadi. Seleksioner olimlarimiz tomonidan g‘o‘zaning serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg‘oqchilikka, tuzga hamda kasallikka chidamli ajoyib navlari yetishtirilgan. Bu navlardan yil sayin mo‘1 hosil olinmoqda. Paxta xomashyosidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanib kelinmoqda.
O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda o‘zining salmoqli o‘rniga ega.
Gulxayridoshlarga mansub tolali o‘simliklardan yana biri bo‘ritaroq turkumiga mansub kanopdir.
O‘zbekistonda kanopdan tashqari bo‘ritaroq turkumiga oid yana 5 ta tur kiradi.
Bu oilaga kiruvchi o‘simliklar gulkosachasining tagida ostki gulkosachabarglarning borligi, changchilarining qo‘shilib o‘sganligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə