6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə5/18
tarix31.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
6MAVZU

4. Xonliklar aholisi

Qо‘qon xonligining aholisi kо‘p millatli bо‘lib, tarkibi о‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, qozoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Aholi soni XIX asr о‘rtalarida 3 mln.ga yaqin bо‘lgan bо‘lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning Toshkent bekligi va uning atroflarigacha bо‘lgan hududlari bosib olingandan sо‘ng xonlik chegaralari asosan Farg‘ona vodiysi hududlari bilan chegaralanadi va aholining soni ham keskin kamayib ketadi.

Ma’lumki, Farg‘ona vodiysi va unga tutash hududlar aholisi azaldan poliyetniylik xususiyati bilan О‘rta Osiyoning boshqa hududlaridan ajralib turgan. Bunday etnik о‘ziga xoslilik, Qо‘qon xonligi davrida ham saqlanib qolgan edi.3

Qо‘qon xonligi hududida asosan о‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, uyg‘urlar va qoraqalpoqlar istiqomat qilganlar. Bundan tashqari xonlik hududida son jihatidan kamroq bо‘lsada yahudiylar, tatarlar va boshqa etnik jamoa vakillari ham yashar edilar.



О‘zbeklar. О‘zbeklar Qо‘qon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Ta’kidlab о‘tish о‘rinliki, XX asr boshlariga qadar о‘zbeklarning bir qismi о‘troq, qolgan qismi esa yarimо‘troq (yarimkо‘chmanchi) holda yashaganlar. XX asr boshlariga kelib, vodiy о‘zbeklarining 828 mingdan ziyodrog‘i о‘troq holda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bо‘lganlar. Turli urug‘-qabilaviy tuzilishga ega bо‘lgan yarimо‘troq (yarim kо‘chmanchi) о‘zbeklarning vodiydagi umumiy soni о‘sha davr ma’lumotlariga kо‘ra 215 ming nafardan kо‘proqni tashkil etgan. Bular ichida turk, ming, qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qо‘qon xonligi hududidagi yirik etnografik guruhlar hisoblangan.

Tojiklar. Tojiklar Qо‘qon xonligi hududidagi aholining salmoqli qismini tashkil qilganlar. Ular asosan vodiyning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismida joylashganlar. Tojikistonning hozirgi Sо‘g‘d viloyati hududida tojiklar aholining asosiy qismini tashkil etadilar. Ayni vaqtda Qо‘qon xonligining boshqa bir qator manzilgohlarida ham ular g‘uj yashaganlar. Etnografik adabiyotlarda Farg‘ona vodiysida yashagan tojiklar shartli ravishda ikki guruhga – voha tojiklari va tog‘lik tojiklarga ajratiladi. Voha tojiklari – bu ushbu о‘lkaning azaliy xalqlaridan biri bо‘lib, qator etnik xususiyatlari bilan Qо‘qon xonligi davrida va undan keyingi davrlarda ham boshqa etnoslardan ajralib turgan. Tog‘li tojiklar Qо‘qon xonligi hududiga asosan Tojikistonning tog‘lik hududlarida joylashgan Mastchoh, Qorategin, Darvoz, Kо‘lob, Hisor kabi joylardan kо‘chib kelganlar. Shu о‘rinda ta’kidlab о‘tish joizki, kо‘plab tog‘li tojiklar Qо‘qon xonligi qо‘shinlarida xizmatda ham bо‘lganlar.

Qirg‘izlar. Tarixiy manbalarning tahlili shuni kо‘rsatadiki, XVII va XVIII asrlarda Tyanshan tog‘ining shimolida yashovchi qirg‘izlarning katta guruhi Farg‘ona erlariga kelib о‘rnashdilar. Turli urug‘-qabilaviy tuzilishga ega bо‘lgan qirg‘iz etnosi ham Qо‘qon xonligi hududidagi tog‘ va tog‘oldi manzilgohlarida yashab, vodiyning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida faol ishtirok etganlar.

Uyg‘urlar. Uyg‘urlar Sharqiy Turkistonning eng qadimgi turkiy etnoslardan biri hisoblanadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran, ayniqsa XIX asrda Xitoy feodallariga qarshi kо‘tarilgan musulmonlar qо‘zg‘aloni mag‘lubiyatga uchragandan keyin Sharqiy Turkistonning kо‘plab musulmon aholisi, xususan juda kо‘p uyg‘ur oilalari Farg‘ona vodiysiga qochib о‘tdilar. XIX asrning о‘rtalaridayoq Qо‘qon xonligida 300 mingga yaqin uyg‘urlar yashagan.

Qoraqalpoqlar. XVIII asrdan Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy inqiroz kо‘plab xalqlarni bu hududni tashlab ketishga majbur etdi. Oqibatda Buxoro va Samarqand atroflarida yashagan aholining bir qismi Qо‘qon xonligi hududiga kelib о‘rnashdi. Xususan, Sirdaryoning о‘rta oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qо‘qon xonligi hududiga kelib qо‘nim topdilar. Qо‘qon xonligi hududiga kо‘chib о‘tgan qoraqalpoqlar Sirdaryo va Qoradaryo bо‘ylariga о‘rnashib, an’anaviy xо‘jaligini yuritishni davom ettirdilar. Qо‘qon xonligi о‘zining etnik qiyofasining turli-tumanligi bilan ham xarakterlanadi. Holbuki, bunday etnik turli-tumanlik vodiy aholisini о‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanishida muhim omillardan biri bо‘lgan.

Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez kо‘paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminai 2,5 mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqand shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.

Amirlik aholisning katta qismini о‘zbeklar tashkil qilgan bо‘lib, juda kо‘plab о‘zbek urug‘lari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand, Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog‘li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorategin, Kо‘lob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog‘ bekliklarida, Zarafshonning yukori kismida istiqomat qilganlar1.

Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta kismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bо‘lgan Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida joylashgan yerlarda, Yа’ni, amirlikning janubiy va g‘arbiy xududlarida istiqomat qilishgan. Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashkil etgan bо‘lib, ular asosan Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar.

Shuningdek amirlik qududida hindlar, eroniylar, yaqudiylar, lо‘lilar, afg‘onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham istiqomat qilganlar.

Buxoro amirligida istiqomat qilgan nomaxalliy xalqlar, jumladan hindlar va yaxudiylar ijtimoiy qatlam sifatida tо‘la huquqga ega emas edilar va ular aloqida mavzelarda yashaganlar. Amirlikda о‘troq aholidan tashqari tog‘ oldi va dasht hududlarda kо‘chmanchi va yarim kо‘chmanchi aholi ham yashagan.

Xiva xonligi aholisining kо‘pchilik qismini о‘zbeklar tashkil qilib, ulardan eng kо‘p sonlilari qо‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qang‘li, xitoy, qipchoq qabilalari edi. О‘zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoq yoygan qismda, kanal bо‘ylarida joylashgan. Aholining anchagina qismini (taxminan tо‘rtdan birini) turkmanlar tashkil etgan.

Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol dengizining janubiy qirg‘oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoqlarning asosiy mashg‘uloti edi. XVIII-XIX asrlarda Amudaryoning sharqiy tarafidan oqib, Orol dengiziga quyilgan Kо‘kо‘zak daryosi bо‘yidagi kо‘psonli qoraqalpoqlar bilan orollik о‘zbeklarda dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik gullab yashnagan. XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy о‘zgarishlar yuz bera bordi. Bu о‘zgarish avvlo ularning endi kо‘proq dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlashida namoyon bо‘ldi. Qoraqalpoqlar xayotida baliqchilik muxim axamiyat kasb etadi. Endilikda baliqchilarning qishloqlari vujudga keldi. Sol ustiga qurilgan suzib yuruvchi uylar paydo bо‘ldi. Bu davrda xunarmandchilik ma’lum darajada qaddini rostlab bormoqda edi. Qoraqalpoqlar endilikda olacha, dag‘al ip gazlama mato, gilam tо‘qiy boshladilar, yog‘ochdan turli buyumlar yasay boshladilar, teri pishirdilar, egar, yugan, ayil, kigiz tayyorlash bilan shug‘ullandilar. XIX asrning о‘rtalarida Chimboy shaxri barpo etildi. О‘zining qulay geografik xolati tufayli shaxar ma’muriy markazga aylandi. Qoraqalpoqlar ijtimoiy xayotida urug‘-qabilachilik an’analari ustun edi. Yerga jamoa egaligi xukmron edi. XIX asr boshlarida qoraqalpoq yerida yangi-yangi urug‘lar vujudga keldi. Masalan, 1810 yilda el qabilasidan chiqqan qiyotli qoraqalpoqlar biyi Ekilikning 400-500 о‘toviga qо‘nqirot va mang‘itlardan 200 о‘tov qо‘shilgan. Bunday xolat boshqa о‘tovlarda ham sodir bо‘lgan. Natijada 14 ulus deb nom olgan yirik urug‘lararo birlashma tashkil topgan. XIX asr о‘rtalaridan boshlab qoraqalpoq yerida ham urug‘ qabilachilik munosabatlarida о‘zgarish boshlandi. Ayni paytda yerga jamoa bо‘lib egalik qilish ham barxam topa boshladi. Endilikda uning о‘rnida yirik zamindorlik qaror topdi.

Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qо‘ng‘irot, Qipchoq kabi shaharlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bо‘lgan. Mazkur shaxarlarning eng yirigi Qо‘ng‘irot bо‘lib, u Orolliklar markazi bо‘lgan. Xо‘jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bо‘lib, bojxona shu shaxarda joylashgan. Yana Mang‘it, Chimboy, Janga qal’a, Oydо‘s qal’a, Ernazar qal’a, Kо‘k о‘zak, Eshon qal’a shaxarlari qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan madaniy va me’morchilik yodgorligi markazlari xisoblanadi.

Turkmanlar. Xо‘jalik madaniy jihatdan turkmanlar kо‘chmanchi (chorvador) va о‘troq dehqonlarga bо‘lingan. Turkmanlarning kо‘pchilik urug‘lari orasida chorvachilik yetakchi soha sanalgan. Chorvachilikda asosan quyruqli qо‘ylar boqilgan. XVI-XVIII asrning boshlari turkmanlarning shimoliy hududlarga kо‘chib о‘tishlari ularning xо‘jalik hayotida dehqonchilikning о‘rnini oshirdi. Chorvachilik bilan birga yiliqichilik ham rivojlangan bо‘lib, turkmanlar о‘zlarining axalteke zotli otlarini butun dunyoga mashhur qilganlar. О‘rta Amudaryo hududlarida yashovchi turkmanlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Bu yerlarda turkmanlarning boshqa hududlarga qaraganda sug‘orish tizimlari va suv ta’minoti yetarli daraja bо‘lgan. Bundan tashqari turkmanlar pillachilik, tikuvchilik, teri oshlash bilan ham shug‘ullaniganlar. Dehqonchilikda paxta, kunjut, arpa, bug‘doy, donli va dukkakli ekinlar ekkanlar. Xorazm atrofidagi turkmanlar XVII asrdan boshlab yarim о‘troq xо‘jalik tarziga о‘ta boshlaganlar. Xо‘jalik hayotida dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik yetakchilik qilgan bо‘lib, dehqonchilikda paxta, bug‘doy, arpa, guruch, mosh, qovun, tarvuz hamda tamaki yetishtirganlar. Bu yerda ham xо‘jalikning muhim tarmoqlaridan biri pillachilik bо‘lgan. Murg‘ob va Tajan viloyatlarida yashovchi turkmanlarning asosiy mashg‘ulotlari chorvachilik bо‘lgan. XIX asrning oxirlarida bu yerlarda ham xо‘jalik hayotida sug‘orma dehqonchilik yetakchilik qila boshladi. Ayni vaqtda qorakо‘l qо‘ylar ham chorvachilikning yetakchi sohasi hisoblangan. Turkmanlarning janubi-g‘arbiy hudularida, Kaspiy dengizi bо‘ylarida yashovchi turkmanlarning xо‘jalik hayotida dehqonchilik va baliqchilik yetakchi soha sanalgan. Bu yerda yashovchi turkmanlar Kaspiy dengizi sohillarida neft va tuz konlarida mehnat qilganlar. Turkmanlarda ovchilik ham keng tarqalgan sohalardan biri bо‘lgan. Turkmanlar hunarmandchiligida temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, kо‘nchilik, duradgorlik, gilamdо‘zlik kabilar yetakchi sohalar sanalgan.4 Turkmanlar Eron, Buxoro, Xiva bilan faol savdo aloqalari olib borganlar, turkmanlarning ayrim shahar va qal’alari, ovullarida katta bozorlar ham bо‘lgan.




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə