6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar


Qо‘qon xonligining iqtisodiy markazlari va ularning



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə7/18
tarix31.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
6MAVZU

Qо‘qon xonligining iqtisodiy markazlari va ularning

mamlakat iqtisodiy taraqqiyotdagi о‘rni

Xonlik shaharlari yirik iqtisodiyot markazlar edi. Ularda istiqomat qiluvchi aholining asosiy mashguloti hunarmandchilik, savdo, qisman dehqonchilik va bogdorchilikdan iborat bо‘lgan.

Avvallari unchalik ahamiyati yuqori bо‘lmagan, xonlik davrida yirik iqtisodiy markazlardan biriga aylangan shaharlardan biri Namangan hisoblanadi. XIX asr boshlariga kelib, Qо‘qon xonligida iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri sifatida Namangan shahrining mavqei ortib bordi. 1803 yilda Norin daryosidan suv oluvchi Yangiariq kanalining qazilishi va uni 1819 yili kelib Umarxon tomonidan kengaytirilishi qо‘riq yerlar о‘zlashtirilishiga va Namangan shahri yanada kengayishiga sabab bо‘ldi. Siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksalib borgan Namangan 1842 - 1845 yillarida mudofaa devori bilan о‘ralgan19. Ma’lumotlarga qaraganda, XIX asr 20 - yillarida Namanganda tahminan 5000 uy bо‘lgan va ularda 25 mingdan ortiq aholi yashagan. XIX asr о‘rtalarida Qо‘qon xonligida bо‘lgan rus sharqshunosi V. V. Velyaminov-Zernov, Namangan shahri xonlik hayotida Qо‘qon va Toshkent shaharlari kabi muhim ahamiyat kasb etishi, yerlari asosan Yangiariq va Podsho Ota kanallaridan suv ichishi va shahar aholisining asosiy qismini Chig‘atoy urugiga mansub о‘zbeklar tashkil etishi xususida malumot keltirib о‘tgan20.

Kо‘qon xonligi davrida tashkil topib, yirik savdo markazlaridan biriga aylangan shaharlardan yana biri Avliyoota bо‘lib, u Qо‘qon xoni Muhammadalixon 1826 - 1827 yillarda qurdirgan harbiy qal’a asosida rivojlangan. Bu yerda dastlab faqatgina harbiylar turgan bо‘lsa, asta-sekin chorva savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar joylashgan. 1837 yil qal’ada qо‘y savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdogarlarning "Namangan" deb ataluvchi kо‘chasi paydo bо‘lgan. Avliyoota asta-sekin kengayib, yirik savdo shahriga aylangan va bu yerda О‘rta Osiyoga mashhur "qozoq bozori" faoliyat yuritgan.21

Qо‘qon xonligi davrida asos solingan va asta-sekin yirik iqtisodiy markazlardan biriga aylangan shaharlardan yana biri Shahrixon hisoblangan. Qо‘qon xoni Umarxon (1810 - 1822) ning zamondoshi Dilshodi Barnoning "Tarixi Muhojiron" asaridagi ma’lumotga kо‘ra, Umarxon Shahrixonga 1821 - 1822 yillarda asos solgan22. Umarxon yangi shaharga asos solganidan sо‘ng, xonlikning turli hududlaridan hunarmandlarni kо‘chirib keltirgan va bu yerda savdoni rivojlantirish maqsadida savdogarlardan bir necha yil boj olmaslikni buyurgan. Shuningdek, Umarxon Shahrixonsoy kanalini qazdirganidan sо‘ng, kо‘p yerlar о‘zlashtirilgan va Shahrixon yanada kengaygan. Tarixchi Mirzo Olim Mushrif, "Shahrixon obod bо‘lib, g‘allasi Xо‘qand askariga kifoyat qilib, yana ziyodasi ombor qilinur edi", - deb yozgan edi .23

XIX asr boshlarida xonlikda siyosiy va iqtisodiy yuksalish davri boshlangan. Natijada, mamlakat shaharlarining mavqei kо‘tarilishi bilan bir qatorda, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram kabi yirik siyosiy va iqtisodiy markazlar qо‘shib olindi. Shuningdek, xonlikning chegara hududlarida Oqmasjid, Tо‘qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarga asos solindi. Toshkent Urta Osiyoning yirik iqtisodiy markazlaridan bо‘lib, xonlikning ichki va tashqi savdo aloqalarida muhim ahamiyat kasb etgan. Xonlikning Rossiya va qozoq dashtlari bilan savdo aloqalarida hamda mamlakat bozorlarini chorva bilan ta’minlashda Turkiston, Chimkent, Sayram va Oqmasjid shaharlari muhim ahamiyatga ega bо‘lgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, xonlikning ayrim shaharlari yirik karvon yо‘llarida joylashgan bо‘lib, bu ularning taraqqiyotga erishishida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan. Ular jumlasiga Toshkent, Qо‘qon, О‘sh, Xо‘jand, Turkiston, Chimkent shaharlarini kiritish mumkin.

Shaharlar - atrof qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholining iqtisodiy farovonligi kо‘tarilishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Xususan, qishloq aholisi tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar shahar hunarmandlari uchun xom-ashyo vazifasini о‘tagan. О‘z navbatida, shahar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning asosiy iste’molchilari qishloq aholisi hisoblangan. Bu esa, qishloq aholisining hayot tarzini yaxshilanib borishiga va о‘z navbatida shahar hunarmandchiligi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan.

Xonlik shaharlari yirik iqtisodiyot markazlar edi. Ularda istiqomat qiluvchi aholining asosiy mashguloti hunarmandchilik, savdo, qisman dehqonchilik va bog‘dorchilikdan iborat bо‘lgan.

Iqtisodiy markazlarning kо‘payishi xonlik aholisining hayoti farovonlashishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Shaharlarda hunarmandchilikning taraqqiy etib borishi natijasida ustaxonalarda atrofdagi qishloqlarda yetipggirilgan xom-ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi. Xonlikda ma’lum bir hunarmandchilik turining rivojlanganligi va о‘ziga xos mahsulot turlari bilan alohida markazlar ajrala boshladi. Xususan, Qо‘qon qogoz, zargarlik buyumlari, egar va ot- aravalari, Toshkent qо‘shni dasht aholisi orasida talab katta bо‘lgan ipdan tayyorlangan matolari va hunarmandchilik buyumlari, Margilon va Xо‘jand ipak mahsulotlari, Ush va Andijon kо‘nchilik va chorvachilik mahsulotlari, Namangan bogdorchilik mahsulortlari va yogoch buyumlari, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Sayram shaharlari chorva va chorvachilik mahsulotlari bilan ajralib turgan. Shaharlarda hunarmandchilikning taraqqiy etib borishi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ham kо‘paytirdi. Natijada, mahalliy о‘troq aholi bilan bir qatorda chо‘l va tog‘ zonalarida yashovchi aholi xonlik hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan о‘z ehtiyojlarini qondira boshladi. Iqtisodiy markazlar sonini kо‘payib, hunarmandchilikning taraqqiy etib borishi qо‘shni xudud aholisini shaharlarga intilishini kuchayishiga olib keldi va etnointegratsiyon jarayonlarni tezlashtirdi.

Mamlakat bozorlariga shahar va qishloq aholisi dehqonchilik hamda hunarmandchilik mahsulotlari, tog‘li hudud aholisi va kо‘chmanchi chorvadorlar chorva va chorvachilik mahsulotlarini olib chiqqan. Mahalliy savdogarlar xonlikning chekka qishloqlariga borib, о‘sha hududsa yetishtiriladigan yoki tayyorlanadigan mahsulotlarini arzon bahoda, ulgurjasiga sotib olgan va yirik shahar bozorlariga keltirgan. О‘z navbatida, hunarmandlarning mollarini sotib olib, о‘zlari bozorma-bozor, shaharma-shahar, qishloqma-qishloq sotib yuruvchi savdogarlar ham faoliyat yuritgan.

Bu davrda xonlikdagi tо‘kin-sochinlik va arzonchilik haqida Muhammad Aziz Margiloniy, - "Qо‘qon xonlari vaqtida Farg‘ona ahli orasida pul oz va narx arzonchilik edi. Yoz faslida bir arava xandalak ikki yarim tangadan 5 tangagacha turgan, bir arava qovun 3,5 tangagacha sotnlgan, bir savat о‘rik uch miri va 1 tanga, bir chaqsa gurunchning baxosi bir tangadan ikki tangagacha, bir chaqsa toza un bir tangadan ziyodroq, toza pista ellik paysadan bir tangagacha, toza sariq mag‘iz yuz paysagacha, qandak о‘rik, sabzi va piyozni bir puldan olti pulgacha xarid qilinib, zо‘rg‘a kо‘tarib ketardingiz, bir tangaga 40 chaqa berur, bu chaqani hamyoningizga solib bozorga borib to kechgacha sarf qilishingiz mumkin va hammasi sarf bо‘lmasdan qaytib ham keladi" va yana "...bozorlarda narxlar arzonligi uchun fuqarolar podsholik xaqlarini о‘z vaqtida jamlab berolmasdan kо‘p qiynalardilar", - deb yozgan edi.24

Qо‘qon shahri xonlikning yirik iqtisodiy markazi bо‘lib, ichki savdoda ham muhim ahamiyat kasb etgan. Mahalliy aholi Qо‘qon bozorlariga hunarmandchilik va shahar atroflaridan dehqonchilik mahsulotlarini olib chiqqan. Shuningdek, xonlikning turli hududlarida tayyorlangan va yetishtirilgan mahsulotlarning sarasi Qо‘qon bozorlarida sotilgan. Qо‘qon bozori Farg‘ona vodiysiga qо‘shni hududlardan kirib kelayotgan mollarning asosiy tarqatuvchi markazi bо‘lib, uning bozorlarida xonlikning turli hududlaridan kelgan savdogarlarni kо‘rish mumkin edi.

Qо‘qondan Toshkentga xom-ashyo paxta, xom ipak hamda ipak va yarim ipak, ip matolar, xо‘l va quruq mevalar, Qashqar va Xitoy mollari keltirilgan. Toshkent bozori - Xо‘jand, Buxoro, Qо‘qon, Marg‘ilon ipak matolarining о‘zaro raqobat qiladigan markaz hisoblangan. XIX asrning о‘rtalarida Farg‘ona vodiysidan Qо‘qon orqali Toshkentga har yili 10-15 ming tuyada paxta, qog‘oz, xom ipak va ipak matolar, quritilgan mevalar, Namangandan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri Toshkent bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bо‘lgani uchun har yili 500 tuyada quritilgan meva, 1000 tuyada ipak va ipak matolar, rо‘yan bо‘yog‘i va boshqalar olib borilgan.25 Namangan mevalari, Qо‘qon, Xо‘jandxonlik bozorlarida, xususan, Toshkentda "namanganniki" nomi bilan tanilgan . Shu asr boshlarida, Farg‘ona vodiysidan har yili fevral oyidan aprelgacha paxta, oktabr’ va noyabr’ oylarida quritilgan mevalar ortilgan karvonlar Toshkentga kelgan. Toshkent bozorida 1847 - 1848 yillarda 1 botmon26 paxta 4 tillo, bir tuya paxta esa 9-10 tillodan baholangan. XIX asr 60 – yillarida Namangan bozorida paxtaning botmoni 15 tillo, 1871 yil oktabr oyida Quqon bozorida paxta pudi naqs pulga 17 tillo, 1 oyga nasiyaga 18 tilloga 121sotilgan . Bu ma’lumotlar siyosiy vaziyatning yomonlashib borishi natijasida narx-navoning yildan yilga kо‘tarilib borganligini kо‘rsatadi. XIX asrning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysiga Toshkentdan har yili 10 mingdan ortiq tuyada g‘alla, temir, pо‘lat, chо‘yan, mis va ulardan yasalgan buyumlar, shakar, charm, mо‘yna va boshqa rus sanoat mollari, qozoq dashtlaridan chorva olib ketilgan. Qо‘qon xonligi davrida Farg‘ona vodiysi - Toshkent savdo aloqalarida vodiylik savdogarlar katta о‘rin tutgan bо‘lib, ikki о‘rtadagi savdoning faqat 30 foizi toshkentlik savdogarlar hissasiga tо‘g‘ri kelgan . XIX asrning о‘rtalarida vodiydan Toshkentga 4 mln. 580 ming rubllik mol olib borilgan bо‘lsa, Toshkentdan 2 mln 375 ming rubllik mol olib ketilgan. Bu davrda Toshkent va Qо‘qonning yillik savdo aylanmasi 7 mln. rublga teng bо‘lgan.27

Qо‘qon xonligi aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri ipakchilik bо‘lib, ipakchilik markazlari Marg‘ilon, Namangan hisoblangan. Tayyorlangan pilla, xom ipak va ipak mahsulotlari xonlik bozorlariga va u yerdan qо‘shni mamlakatlarga olib chiqilgan. Ipakchilikning ilk mahsuloti hisoblangan pilla yangi yetishtirilgan xolatda baxorda va quritilgan xolatda kuzda bozorlarga keltirilgan. Xususan, Xо‘jandsa (1871) yiliga 1000 pud atrofida pilla yetishtirilgan hamda bahorda pudi 7 rub. 60 kop.dan 12 rublgacha, kuzda 32 rubldan 38 rublgacha sotilgan28.

Mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan ipak turli navlarga ajratilgan va sifatiga qarab narx belgilangan. 1871 yil oktabr oyida Qо‘qon bozorida eng sifatli ipak hisoblangan "chilla" ning pudi 50 - 52 tillo, "tafil" 50 tillo, Qо‘qon kalavasi 28 - 30 tillo, sarnoq 3,5 - 4,5 tillodan sotilgan29.

Ichki savdoda muhim о‘rin tutgan mahsulotlarning katta qismi tо‘qimachilik mahsulotlari hisoblangan. Bu borada faol ichki savdo olib borilgan mahsulotlarining katta qismini bо‘z (karbas) tashkil qilgan. Bu mato asosan astarlik uchun ishlatilgan va arshini Qо‘qon bozorida 4-6 kop., bosma - oddiy bо‘z 5-6 kop.dan sotilgan. Rossiya istilosi arafasida Toshkent bо‘zining 18 arshinli bо‘lagi 1,5 tangadan 2,5 tangagacha sotilgan. Ichki savdoda bо‘yalgan ipdan tayyorlangan yо‘l-yо‘l mato olacha ham muhim ahamiyatga ega bо‘lgan va undan yaktak va choponlar tikishda foydalanilgan. XIX asr о‘rtalarida olachaning arshini Qо‘qonda 10-15 kop., Toshkentda 8 arshinli bо‘lagi 50 - 75 kop., bir bо‘lagining jufti 2 tangadan sotilgan.30 Xonlik hududida chit eng haridorgir matolardan hisoblangan. 1874 yilda Qо‘qonda oliy navli qizil chitning bir bо‘lagi 26 tangadan 1,5 tillogacha, xushvaqt (och qizil rangli chit) deb nomlanuvchi chit esa 4 - 5 oy muddatga qarzga 68 - 78 tangaga sotilgan. Qо‘qon bozorlarida ipak gazlamalar hamda ip va ipak aralashgan matolar rang-barangligi bilan ajralib turgan. XIX asr о‘rtalarida Qо‘qon bozorida shoyi, duriya, beqasab, adras, banoraslarning arshini 70 – 95 kop.dan sotilgan . Atlas mahalliy bozorlarda yuqori baholangan bо‘lib, XIX asr о‘rtalarida poytaxt bozorida 12 arshin atlas 7-8 rublga baholangan. Vodiy shaharlarida tayyorlangan yarim ipak matolarning sifatlilari asosan Toshkent bozorlarida sotilgan. Kо‘rsatilgan davrda, Toshkent bozorlarida Marg‘ilonda ishlab chiqarilgan bir choponlik banoras 20 - 25 tanga, beqasab 14-18 tanga, adras 18-20 tangadan baholangan.31

Qо‘qon xonligining Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Xо‘jand va boshqa shaharlari Rossiya tarkibiga kir itilganidan sо‘ng, xonlik hududi asosan Farg‘ona vodiysidan iborat bо‘lib qoldi. Shunday bо‘lsada, xonlik bozorlari Turkiston general-gubernatorligining shaharlari bozorlaridan mahsulotlar narxining arzonligi bilan ajralib turgan. XIX asr 60 - yillari oxirlarida Qо‘qonda ipakning funti 3 rub. 50 kop., О‘ratepada 4 rub. 40 kop., Toshkentda 5-6 rub., bug‘doyning pudi Qо‘qonda 20 - 30 kop., Toshkentda 50 - 60 kop., arpa Qо‘qonda 10-15 kop., Toshkentda 40 kop., tarik Toshkentda 40 - 50 kop., Qо‘qonda ikki barobar arzon, guruch Qо‘qonda 50 kop., Toshkentda 1 rub. 10 kop., XIX asr 70 - yillarida paxta tolasi Toshkentda pudi 3-7 rub., Qо‘qonda 50 kopdan 1 rub.gacha sotilgan.32

Urta Osiyo xonliklariga xos ravishda Qо‘qon xonligi bozorlarida о‘g‘irlik xolatlari juda kam rо‘y bergan va shunday xolat yuz bersa jiddiy jazo qо‘llanilgan. Xususan, 1814 yil xonlikda bо‘lgan F. Nazarovning yozishicha, qо‘y о‘g‘irlagan kishining barmoqlari kesilgan va qaynab turgan chelakka tiqilgan hamda eshakka teskari о‘tkazilib, bozor aylantirilgan. Tarozidan urgan kishi esa yalang‘och holda bozorda qamchilab yurilgan. Bu kabi keskin chora-tadbirlar bozorlarda haridor va sotuvchilarni erkin harakat qilishlariga imkoniyat yaratgan.33




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə