6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə4/18
tarix31.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
6MAVZU

Qo‘qon xonligi

Qо‘qon xonligi о‘zbek xonliklaridan biri bо‘lib, 1710 yilda tashkil topgan, davlatga о‘zbeklarning ming urug‘i xonadoni vakili bо‘lgan Shohruxbiy asos solgan. Shoxruxbiy davrida xonlik о‘z tasarrufiga Qо‘qon, Isfara va Marg‘ilon atroflarini qо‘shib olgan.Davlatning poytaxti Qо‘qon shahri hisoblangan. Davlatning asosiy hududlari Farg‘ona vodiysi hisoblanib, davlat tarkibiga dastlab Qо‘qon, Na­mangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara kabilar kirgan bо‘lib, keyingi hukmdorlar davrida xonlik xududlari kengayib borgan, xususan, dastlabki xonlar davrida asosan Farg‘ona vodiysi va unga tutash hududlar davlat tasarrufiga kiritilgan bо‘lsa, Olimxon (1798-1810 yy) va Umarxon (1810-1822 yy) hukmronligi davrida xonlik chegaralari Turkiston shahrigacha kengyib borgan. Muhammad Alixon hukmronligi (1822-1841 yy) davrida Sharqiy Turkistonga harbiy yurish amalga oshirilgan, bu yurish natijasida Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xо‘tan va b.) dan soliq olish huquqini Qо‘qon xonligi vakolatiga berishga majbur bо‘lgan.

Muhammad Alixon davrida xonlikning hududlari yanada kengaydi. Bu davrda xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi yerlar - Shug‘non, Rо‘shoi va Vaxon (bu hudud Qо‘qonga nomigagiga qaram bо‘lgan) Kо‘lob bilan, sharqda Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik yerlariga Sirdaryo bilan Qorategin о‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning о‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, Xо‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qо‘qon xonligi о‘rtasida joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash kо‘ligacha bо‘lgan qirg‘izlar yashaydigan yerlar, kо‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining sharqiy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan.1 Bu hududlar turli vaqtlarda Qо‘qon xonligidan tortib olingan holda Buxoro amirligiga ham bо‘ysundirilgan. Ayniqsa, О‘ratepa bir necha marta qо‘ldanqо‘lga о‘tib turdi.

XIX asrning birinchi yarmida Qо‘qon xonligi hududiy jihatdan О‘rta Osiyodagi yirik davlat edi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bо‘lgan. Qо‘qon xonligi bilan Rossiya о‘rtasida huvillab yotgan Mirzachо‘l va Muyunqul chо‘llari yastanib yotgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Kо‘lob, Darvoz, SHо‘g‘non singari tog‘li о‘lkalarni о‘z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez tо‘qnashuvlar bо‘lib turgan.

Qо‘qon xonligining hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli о‘laroq, sersuv daryolar, sо‘lim vodiylar, serhosil yerlarga boy edi. Xonlikning markaziy shaharlari Qо‘qon, Marg‘ilon, О‘zgan, Andijon, Namangan Farg‘ona vodiysida joylashgan edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, Suzak, Oqmachit kabi yirik shaharlar ham Qо‘qon xonligi tasarrufida edi.

Qо‘qon xonligi 15 beklik, Yа’ni harbiy okrugga bо‘lingan bо‘lib, ularning yarmidan kо‘piga xonning о‘g‘illari yoki yaqin qarindoshlari hokimlik qilganlar. Hokimlar о‘z hududidagi harbiy kuchlar qо‘mondoni hamda fuqaro boshqaruvining boshlig‘i edi. Ular о‘z tasarrufidagi qо‘shinni о‘zlari moddiy jihatdan ta’minlaganlar. Hokimlar harbiy yurishlar oldidan xonning birinchi da’vati bilan о‘z qо‘shinlari bilan belgilangan joyga yetib kelishlari shart edi. Qо‘qon xoni zaruriyat tug‘ilganda oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bо‘lgan 60 mingtacha sipohni yig‘a olardi.

XIX asrning birinchi choragida Buxoro bilan Xiva va Qо‘qon xonliklari о‘rtasida О‘rta Osiyoda ustunlikka erishish uchun qirg‘inbarot va talontaroj urushlari bо‘ldi. Toshkent, Turkiston, Chimkent va ularning atrofi Qо‘qon xonligi tasarrufiga о‘tdi. Qо‘qon xonligi hududlari kengaygan vaqtlarda uning tarkibidagi yirik viloyatlar va bekliklar Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Shahrixon, Sо‘x, Mahram, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va boshqalar tashkil qilgan.

Qо‘qon xonligining markazi Qо‘qon shahri hisoblangan. Qо‘qon Farg‘ona vodiysi shaharlaridan biri bо‘lib, Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida, Sо‘g‘d daryosining quyi oqimida joylashgan.

Shaharning yoshi 2000 yildan ortiq degan taxminlar mavjud, ammo shahar haqidagi dastlabki ma’lumotlar X asrga oid. Shahar etimologiyasi haqida turli taxminlar bor. Masalan, Istaxriy va Ibn Xavqal asarlarida “Havoqand” shaklida, Yа’ni, “Gо‘zal”, “Yoqimli” yoki “Shamol shahri” degan ma’noda uchraydi. Keyingi asrlarda “Huvqandi latif” atamasi ham ishlatilgan. Bundan tashqari “Balandlikdagi shahar” degan nomi bо‘lgan.

Qadimiy Xitoy qо‘lyozmalarida uning nomi “Guyshan”, “Huvxan” tarzida ifodalangan. Shaharning XVIII asrgacha bо‘lgan siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar juda oz. Buyuk Ipak yо‘lining Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yо‘lida joylashgan Qо‘qon XIII asrda mо‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron etilgan va XVIII asrgacha kichik aholi turar joyi sifatida mavjud bо‘lgan. XVIII asr boshidan XIX asrning ikkinchi yarmigacha ushbu kо‘rkam shahar Qо‘qon xonligining poytaxti bо‘lgan.1711 yilda shahar eski qо‘rg‘on qal’asi о‘rnida qaytadan tiklangan. Shu davrdan boshlab shahar Qо‘qon deb atala boshlagan. Shaharning mustahkam devori, 12 ta darvozasi bо‘lgan. Sharqning yirik savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan bir bо‘lgan Qо‘qon XIX asrda fan, madaniyat, adabiyot va san’at markaziga aylangan. Shaharda ishlab chiqarilgan misgarlik, zargarlik, kulolchilik, kashtachilik, temirchilik mahsulotlari ayniqsa Qо‘qon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur bо‘lgan. Qо‘qon qog‘ozi hunarmandchilikning alohida tarmog‘i sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P.Fedchenkoning ta’riflashicha, XIX asrda О‘rta Osiyodagi eng sifatli qog‘ozlar Qо‘qonda ishlab chiqarilgan. Qо‘qon xonligi davrida shaharda bir qator me’moriy obidalar, jumladan Xudoyorxon о‘rdasi (XIX asr), Jome’ masjidi (XIX asr), Norbо‘tabiy madrasasi (XVIII asr), Dasturxonchi madrasasi (XIX asr), Kamolqozi madrasasi (XX asr), Modarixon maqbarasi (XIX asr), Daxmai Shohon ansambli (XIX asr) kabilar bunyod etilgan. Xonlik bozorlari orasida poytaxt Qо‘qon bozori yaqqol ajralib turgan. Xonlikning kо‘plab hukmdorlari mamlakat shaharlarida, poytaxtda bozor, savdo rastalari, dо‘kon va karvonsaroylar qurishga katta e’tibor berganlar. Xususan, Qо‘qon xoni Shohruhbiy (1709 – 1721) yangi tashkil qilingan davlatning markaziga О‘rda bilan bir qatorda bozor bunyod etgan. Uning vorisi Abdurahimbiy (1721 – 1734)ning poytaxtda dastlabki amalga oshirgan ishlaridan biri bozor va rastalarni qurish bо‘lgan. Abdukarimbiy (1734 – 1750) esa Qо‘qon atrofini devor bilan о‘ragan hamda shaharda yangi bozor va rastalar barpo qilgan. Norbо‘tabiy (1763 – 1798) hukmronligi davrida xonlikning nisbatan iqtisodiy yuksalgan davri boshlangan bо‘lib, xonlik shaharlarida, xususan, Qо‘qonda ariqlar, masjid, madrasa, hammom, karvonsaroy va savdo dо‘konlari barpo qilingan.

1876 yilda Qо‘qon xonligi davlat sifatida tugatilgach, Qо‘qon shahri siyosiy markaz, Yа’ni poytaxt maqomini yо‘qotdi va tashkil etilgan Farg‘ona viloyatining markazi Skobelev (Farg‘ona) shahriga kо‘chirildi.

Qо‘qon xonligi viloyatlaridan biri Namangan bо‘lib, shahar nomi о‘rta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. XVIII asrda Namangan Qо‘qon xonligiga tobe bо‘lgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida о‘z ahamiyatini saklab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga xam xizmat qiluvchi hunarmandchilik markazi bо‘lgan. Dehqonlar Namangan bo-zorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda me’morchilik sezilarli darajada taraqqiy etgan.

Andijon Qо‘qon xonligining asosiy viloyatlaridan biri sanalgan bо‘lib, shahar Farg‘ona vodiysining sharqida, Andijonsoy yoqasida joylashgan. Andijon shaharining paydo bо‘lishi qadimgi davrlarga borib taqaladi, barcha davrlarda Farg‘ona vodiysidagi muhim iqtisodiy va siyosiy markazlardan biri bо‘lib, Temuriylar davlatiga qarashli bо‘lgan Farg‘ona mulkining markazi sanalgan. 1504 yilda Andijon shayboniylar hukmronligiga kiritiladi. 1710 yilda Qо‘qon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qо‘qon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876 y) Andijon bekligining qarorgohi bо‘lgan. Aholisining kо‘pchiligini о‘zbeklar tashkil etadi. Qirg‘iz, tojik, uyg‘urlar ham bor. Rossiya imperiyasi Qо‘qon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqalar kо‘chib kelganlar. Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar о‘zining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan. XIX asr о‘rtalarida Andijon shahri tо‘rtta dahaga bо‘lingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi bо‘lgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga bо‘lingan. 1877 yildada shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlog‘i aholisi kо‘chirilib о‘rnida mustamlakachi harbiylar uchun yangi shahar qurila boshladi. Shahar Rossiya imperiyasi bilan temir yо‘l orqali bog‘langach (1899 y), qishloq xо‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keldi.

Qо‘qon xonligidagi bekliklardan biri Marg‘ilon bekligi bо‘lib, Marg‘ilon shahri uning markazi bо‘lgan. Marg‘ilon Farg‘ona vodiysining janubiy qismida, Oloy tog‘lari etagida joylashgan. Marg‘ilon Qо‘qon xonligining iqtisodiy markazlaridan biri sanalib, unda asosan hunarmandchilikning ayrim turlari ixtisoslashgan bо‘lib, dо‘ppidо‘zlik, misgarlik rivojlangan, shaharda ayrim vaqtlarda tangalar ham zarb qilingan.

Qо‘qon xonligining eng yirik bekligi Toshkent bekligi hisoblanib, Qо‘qon xonligi tarkibiga XIX asrning boshlarida Qо‘qon xonligi va Toshkent bekligi о‘rtasidagi bir nechta harbiy tо‘qnashuvlar natijasida qо‘shib olingan. Toshkent viloyati Chorhokimlik davridan sо‘ng mustaqil davlat bо‘lib, Yunusxо‘ja boshchiligida markazlashgan davlat idorasi barpo etildi (1784–1809). Yunusxо‘janing faol siyosat olib borishi natijasida Toshkent shimolidagi dashtlikda joylashgan qal’a, qishloq hamda karvon yо‘llari, shuningdek, Qurama va boshqa joylar yana Toshkent tasarrufiga о‘tdi. Toshkent chor Rossiyasi bilan elchilar almashib, savdo munosabatlari о‘rnatgan edi, chunki Toshkent muhim savdo maskani sifatida qadimdan qulay geografik о‘rinda bо‘lgan. Toshkentning Buxoro amirligi bilan munosabatlari yaxshi edi, shuning uchun 1803 yilda Qо‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi о‘rtasida О‘ratepa uchun bо‘lgan jangda Toshkent Buxoro tomonida turib qatnashgan. Qо‘qon xoni Olimxonning 1799 yilda Toshkentga qilgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqach, Olimxon harbiy islohot о‘tkazgan. U 10 ming kishilik maxsus otliq askarlar qо‘shinini tuzgan. 1803 yil Yunusxо‘ja Qо‘qon xonligiga yurish qilib Furumsaroy jangida Olimxondan mag‘lubiyatga uchragan. «Tarixi Shohruxiy» asarida keltirilishicha, Olimxon Toshkentni tasarrufiga olishga tayyorgarlik kо‘rgan. Avval u Qurama hududini egallagan va u yerdan turib 12 ming kishilik qо‘shinni Toshkent atrofidagi qal’alarni ishg‘ol qilishga yuborgan, natijada Tо‘ytepa va Niyozbek qal’alari egallanib, u yerlarga Qо‘qon garnizoni joylashtirilgan. Olimxon Toshkentga 1809 yil Qurama orqali harbiy yurish qilib Kerovchiga kelganda unga Qurama qо‘shini va qilquyruqlar (bosib olingan yerlarlardagi kо‘chmanchi va о‘troq aholidan zо‘rlab harbiy majburiyatga tortilgan kishilar) qо‘shilgan. Sо‘ngra Tо‘ytepa orqali Qо‘yliqqa va nihoyat Salor arig‘i sohiliga yetib kelgan Qо‘qon askarlari shahar atrofidagi muhim qal’alarni egalladi. Toshkent yaqinidagi Niyozbek qal’asini egallagan Qо‘qon garnizoni askarlarining tez-tez bosqini tufayli toshkentliklarning iqtisodiy ahvoli og‘irlashgan. Toshkent Qо‘qon xonligi tomonidan uzil-kesil bо‘ysundirilgandan keyin shaharni 1810 yildan xon noibi boshqara boshladi. Toshkent qiyofasi Kо‘qon xonligiga qaramlik davrida ancha о‘zgarishlarga uchragan. Shahar hududi kengaygan, Yunusxо‘ja о‘rdasi buzib tashlanib, Anhorning sо‘l sohilida Yangi О‘rda qurilgan. Shahar 1865 yilgacha xonlik tarkibida bо‘lgan, 1865 yil iyunda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, dastlab Turkiston viloyati, 1867 yil iyuldan boshlab Turkiston general gubernatorligi markaziga aylantirilgan.




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə