7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash


Kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə8/20
tarix17.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#102734
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
7 maruza

Kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish. Hozirgi vaqtda insoniyat faoliyatining ko‘p sohalarida kompyuterlar keng ko‘lamda qo‘llanib kelinmoqda. Kompyuterlardan katta hajmdagi hisoblash, yozish, bezash, nazorat qilish va boshqa Shu kabi turli tuman ishlarning bajarilishi albatta foydalanuvchilarni og‘ir mehnatdan ozod qilmoqda, ularning mehnat unumdorligini oshirmoqda.
Kompyuterlarni texnik vosita sifatida qaralishi bilan bir qatorda ularda ham turli xil insonlar kasalligiga o‘xshash «kasallik»larga chalinishi mumkin ekanligi ma’lum. Ular ham turli hil kompyuter «virus»lari xujumiga duchor bo‘ladilar. Tegishli choralar o‘z vaqtida ko‘rilmasa, kompyuter «kasallikka» chalinib, noto‘g‘ri axborotlar beradi, ishlamay qoladi yoki umuman yaroqsiz holatga keladi. Kompyuterlarning viruslar bilan zararlanishi juda katta xavf tug‘dirishi, ya’ni faqat bitta kompyuter emas balki u orqali boshqa kompyuterlarga ham o‘tishi (tarmoqqa ulangan holda yoki zararlangan kompyuterlarda foydalanilgan disketadan foydalanish natijasida) mumkin.
Viruslar. Kompyuter viruslari ixtiyoriy kompyuter uchun turli xildagi muammolarni keltirib chiqaradi. Kompyuter virus bilan zararlanganda ekranga turli xildagi ma’lumotlarning chiqishiga, klaviaturaning noto‘g‘ri ishlashiga, tezkor xotiraning to‘lib ketishiga, fayllarning buzilishiga, yuklovchi (exe tipli) fayllar xajmining ortib ketishiga va Shunga o‘xshash bir qator qiyinchiliklarga olib keladi. Natijada ayrim fayllarni o‘chirish ayrim hollarda qattiq diskdagi barcha fayllarni o‘chirish yoki qaytadan formatlashga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun hozirgi kunda kompyuter foydalanuvchilari oldida katta muammo, ya’ni viruslardan ximoyalanish muammosi turadi. Chunki, kompyuterlarning viruslar bilan zararlanishi korxona va tashkilotlarga katta zarar keltiradi.
Kompyuter viruslari o‘z o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi.Ular maxsus dastur orqali yoki zararlangan fayllar orqali kompyuterdan kompyuterga ko‘chib o‘tadi. Kompyuter virusi-maxsus yozilgan kichik programma bo‘lib, u dasturlash tillarining birida yoki assembler tilida yoziladi. Virus dasturlarining yozilishiga qarab ular ko‘payishi, boshqa dasturlarga ko‘chishi mumkin.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə