7-mavzu. Mukammal bozor va monopoliya Reja


-chizma Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari



Yüklə 41,08 Kb.
səhifə2/12
tarix07.10.2023
ölçüsü41,08 Kb.
#125943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
7-mavzu. Mukammal bozor va monopoliya Reja-fayllar.org

8.1-chizma
Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari

Iste’molchi va xaridorlar o‘rtasida

Raqobat

Ko‘proq naflilikka


erishish

Ko‘proq foyda


olish

Asosiy
maqsadlari

Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o‘rtasida

Chizmadan ko‘rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay bozorlar, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash boradi. O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.


Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. tartibga solish vazifasi;


  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;


  3. innovatsion vazifa;


  4. moslashtirish vazifasi;


  5. taqsimlash vazifasi;


  6. nazorat qilish vazifasi.


Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.

Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.

Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.

Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.



Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.



Yüklə 41,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə