7-sinf Ushbu bo’limda 5-sinflar uchun 10-soat 7-sinflar uchun 12-soat ajiratilgan. Mavzu



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#159933
1   2   3
Shoxboz aka Dasr ishlanmasi

Dars shakli: Ma’ruza va amaliy dars,
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvch
Dars metodlari : Suhbat ,savol- javob, guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”,
“Inoq qo’shnilar”, “A4 format” ,,80/20 metodi” ,,Til bilimdoni’ ,,Labirint’’
metodlaridan foydalaniladi.
Darsni bosqichlari: kirish, joriy, yakuniy.


Darsning tipi:Yangi bilimlar bayon qilish va egallash darsi
O’quvchilar bilimi ,ko’nikma va malakalarni amalda qo’llash darsi
Bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llash dars
Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darsi
O’quvchilarni o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shaqllantiruvchi;
O’quvvchilar bilan,ko’nikma va malakalarni rivojlantiruvchi
Umumlashtiruvchi
O’quvchilar egallagan bilim ,ko’nkma va malakalarni taxlil nazorat qiluvchi
Darsning jihozi: gazlama bo‘lagi, qaychi, qalam, igna, ip, dazmol va dazmol stoli, mehnat qurollari.
Dars uchun zarur jixozlar va ma’lumot manbalar : mavzuga oid rasmlar , slayd, test, tezkor savollar,tarqatmali materiallar, elekron materiallar , o’quv qurollari, shablonlar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
a)Salomlashish

b)Davomatni aniqlash


v) o’quvchilarni guruhlarga bo’lish (o’qituvchi tomonidan oldindan guruhning har bir azosi uchun tayyorlangan emblemalarni tarqatiladi va bir xil emblemaga ega bo’lgan o’quvchilarni birinchi qatorga, ikkinchi guruh o’quvchilarini esa ikkinchi qatorga o’tirishlari kerakligini aytadi);


g) o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Uyga vazifani so‘rash:


Yangi mavzu bayoni :
Reja.

  1. Mashina choklari haqida o’rganamiz

  2. Tutashtirma chok va Qo‘sh chok

  3. Eng ko‘p tarqalgan zigzag chok turi

  4. Tikuvchilik xonasida ishlashda va asbob uskunalardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari

  5. Tikuv mashinasida ishlash qoidalari.

1.Mashina choklariga ishlab chiqarish va iste’molchilar tomonidan yuqori talablar qo‘yiladi. Ishlab chiqarish talablariga gazlama sarfi, chok uchun material sarfi (chok va bukib tikish haqi), ishning hajmi va hokazolar kiradi. Iste’molchi talablariga esa chokning tashqi ko‘rinishi, baxyaqatorlar butunligi, chokning bo‘sh yoki tortilgan joylarining mavjud yoki mavjud emasligi, mustahkamligi va hokazolar kiradi.
Kiyim qismlari ip yordamida xilma-xil tikuv mashinalarida bir ipli yoki ikki ipli baxyaqator yuritib birlashtiriladi. Choklar konstruksiyasi hamda vazifasiga ko‘ra mashinalarning 3 turi mavjud:
1) birlashtiruvchi chokli – kiyim detallarini birlashtiruvchi;
2) ziy chokli – detallar ziylarini ishlovchi va qirqimlarni titilib ketishdan saqlovchi;
3) bezak chokli – kiyim detallarini bezatuvchi.


2.Tutashtirma chok bort qotirmasining qirqim va vitochkalarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Bunda ikkita detal bir-biriga taqalib, tagiga kengligi 3–4 cm li ip gazlama qo‘yiladi va ikkita parallel baxyaqator yuritib chiqilgandan keyin, ular orasiga siniq baxyaqator yuritiladi. Bunda chokning kengligi 1 cm ni tashkil etadi.
Qo‘sh chok ko‘rpa-yostiq jildlari, choyshablar, cho‘ntak xaltalarni tikishda ishlatiladi. Qo‘sh chok hosil qilish uchun detallar teskari tomonlari bir-biriga qaratilib, 0,3–0,5 cm kenglikda biriktirma chok bilan tikib olinadi. Keyin detallar o‘ngiga ag‘darilib, chok to‘g‘rilanadi va detallar chetidan 0,6–0,7 cm masofada ikkinchi baxyaqator yuritiladi.
Ichki chok ich kiyim, ip gazlamadan tikilgan pidjak, shim detallarini biriktirib tikishda ishlatiladi.
3. Eng ko‘p tarqalgani zigzag chok turidir. Chokning kengligi gazlamaning yupqa, qalinligiga bog‘liq. Yupqa gazlamada zigzag bir tekis, tortilmay hosil bo‘lishi uchun qo‘shimcha yelimli noto‘qima matodan foydalaniladi. Noto‘qima mato gazlamaning teskari tomoniga yopishtirilib, so‘ngra zigzag chok qatori yuritiladi.
Yarimavtomat tikuv mashinalarining maxsus tepkisi yordamida petlya tikiladi. Tikuv mashinasi chokni tikadi, chokning uzunligini esa operator belgilaydi va nazorat qiladi.



4.Tikuvchilik xonasida ishlashda va asbob uskunalardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari:

1. Ish boshlashdan oldin tikuvchilik fartugini, ro‘molini o‘rab oling.

2. Tirnoqlarni o‘stirmang, qo‘llarni yaxshilab yuving.

3. Gazlamaga ishlov berayotganda ishga yaroqli bo’lgan asbob uskunalardan foydalaning.

4. Kiyim detallarini bir biriga birlashtirishda sifatli igna, qaychi va b.q lar foydalaning

5. Tikuvchilik xonasida ish yakunlangandan xona jihozlarining tozaligiga hamda ishlatib bo’lingan asboblarning o’z o’rnida joylashganiga e’tibor qiling

Tikuv mashinasida ishlash qoidalari:
1) tikuv mashinalari maxsus himoyalash qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
2) tikuvchi qo‘liga igna sanchilmasligi uchun tepkiga himoya elementi o‘rnatilgan bo‘lishi;
3) quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish: mashinani ishlatishdan oldin ish o‘rnini yig‘ishtirish, yuritish tasmasining to‘siqlari, barmoqlarni igna teshishdan saqlovchi saqlagichlari borligini tekshirish; ish vaqtida qaychi va iplarni yuritish tasmasi yaqiniga qo‘ymaslik; ish tugagach, hamma asboblarni maxsus qutichalarga solib qo‘yish;
4) siniq chiziqli baxyaqator tikayotganda, mashina yurishini sekinlashtira borib, igna hosil bo‘ladigan burchak cho‘qqisida gazlamadan chiqarmasdan pastki holatda qoldirilishi va mashina tepkisini sal ko‘tarib, detal ignada aylantirilishi;
5) materiallar surilib ketmasligi uchun, mashinani ignaning eng pastki holatida to‘xtatib, tepkini ko‘tarish va materialni ma’lum burchakka burish;
6) tepkini tushirib, yangi yo‘nalishda baxyaqator yuritish lozim.
Ishning tezligi
Ishning tezligi tepki bilan boshqariladi. Tikuvchi tepkini qancha tez bossa, mashinaning tezligi shuncha oshadi. Ish jarayonida tikuvchi uzoq vaqt tepkini bosish natijasida toliqib qolishi mumkin. Muhandislar ish samaradorligini oshirish uchun boshqarishning ikki turini o‘ylab topishgan: bosqichli hamda bir tekis tezlik. Bunda tepkini ishning ko‘lami, og‘ir-yengilligiga qarab boshqarish mumkin.
Yeng platformasi hamma tikuv mashinalarida ham mavjud emas. U qisqartirilgan ish stoli bo‘lib, unga yeng yoki shimning etak qismini o‘rnatish va aylanma holatda tikishni qulay bajarish mumkin. Ish stolining bir qismini qisqartirish orqali tor yengli platforma hosil qilinadi.
Tikuv mashinalarida shunday maxsus moslamalar mavjudki, ular yordamida to‘g‘ri chokni nafaqat oldiga va orqaga, shuningdek, yon tomonga hamda diagonaliga tikish ham mumkin. Bunday holat mashinada kashta tikish uchun maxsus tepki o‘rnatilmagan bo‘lsa ham, dekorativ tikuvli ishlarni loyihalash imkonini beradi

Ta’lim texnologiyasi:






Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə