8- mavzu: ta'limning tashkiliy shakllari va metodlari asosiy savollar



Yüklə 60,79 Kb.
səhifə4/15
tarix21.10.2023
ölçüsü60,79 Kb.
#129895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-mavzu

Darsning turlari va tuzilishi.

1 soatlik darsga mo'ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talabalarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg'ulot turi dars turlari deb yuritiladi. Ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars turlari quyidagilardir:

  1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

  2. O'tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.

  3. O'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini tekshirish va baholash darsi.

  4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari.

  5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasi birga qo'llanilishi)

Ma'lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining unsurlari bo'lishi mumkin.
Masalan, maktablarimizda eng ko'p qo'llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi:

  1. Yangi bilimlarni bayon qilish.

  2. Yangi bilimlarni mustahkamlash.

v) Yangi bilimlar ustidan mashq qilish.
g) Yangi bilimlarga bog'liq holda uy vazifalarini topshirish.
Demak, dars boshdan-oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimlarni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash, yangi bilimlar ustidan mashq o'tkazish uyga vazifa kabi boshqa unsurlarning bo'lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo'lsa, butun didaktik usullar shunga bo'ysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.
Ma'lum dars turi bilan ish olib borilayotganda boshqa bir unsurlari asosiy dars turidan o'rin olishi va ayni paytda asosiy dars turining tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Demak, dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi.
Darsning quyidagi turlari mavjud:

  • Аrаlаsh (kombinatsion dаrs).

  • Yangi bilimlarni bаyon qilish dаrsi.

  • O'rgаnilgаnlаrini tаkrоrlаsh vа mustаhkаmlаsh dаrsi.

  • O'quvchilarning bilim, ko’nikma vа mаlаkаlаrini nаzоrаt qilish dаrsi.

  • Laboratoriya darslari.

  • Amaliy darslar.


Yüklə 60,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə