8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə2/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

О`zbek yozuvchilari О`zbek adabiyotining eng qadimgi namunalari xalq og`zaki ijo- diga mansubdir. Unda ertaklar, rivoyatlar, dostonlar alohida о`rin egallaydi. Dostonlar, kо`pincha, she’riy tarzda yozilgan bо`lib, Sharqda nasriy asarlarga qaraganda she’riy usulda yozish keng tar-qalgan edi. Mumtoz adabiyotimizda nasriy yozilgan asarlarga Ali­sher Navoiyning „Muhokamat-ul lug`atayn“, „Majolis un-nafois“, Za- hiriddin Muhammad Boburning ,,Boburnoma“, Muhammad Sharif Gulxaniyning ,,Zarbulmasal“ asarlarini kiritish mumkin. Nasriy usul­da yozish о`zbek adabiyotiga XX asrning boshlarida kirib keldi. Mah- mudxо`ja Behbudiyning dramatik asarlari, Abdulla Qodiriyning mash- hur tarixiy romanlari bu janrda yaratilgan ilk asarlar edi. О`tgan asr о`rtalarida Oybek, Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor, Mirmuhsin, Pi- rimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, О`lmas Umarbekov, О`tkir Hoshimov, Tohir Malik kabi yetuk yozuvchilar yetishib chiqdi. Ular tomonidan yaratilgan roman, qissa, hikoyalar, dramatik asarlar о`zbek adabiyotining oltin fondi hisoblanadi.
Bilib oling!
Fe’llar gapda kesim vazifasini bajaruvchi sо`zlardir. Fe’l- ning kesim vazifasini bajarib keluvchi shakli sof fe’l shakli hisoblanadi. Fe’llarning boshqa vazifalarni bajarishga xos- langan shakllari ham mavjud bо`lib, ular vazifaviy shakllar de- yiladi. Fe’lning vazifaviy shakllariga harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllari kiradi.

2- mashq. 1-mashqda ajratib kо`rsatilgan fe’llami sof fe’l shakli va va­zifaviy shakllarga ajratib yozing.
3- mashq. Gaplami yozing Sof fe’llar va vazifaviy shakllami aniqlab, gapda bajarayotgan vazifalaiiga izoh bering.
О`n tо`rt yoshida Afg`oniston va Hindistonni zabt etib, buyuk im- periya barpo etgan Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ memuari о`sha davr haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi nodir asar hisoblanadi. Ushbu asarda u bosib о`tgan yо`llarini, о`sha davr hayotiga oid tarixiy lavhalarni yoritgan. Shu bilan birga, О`rta Osiyodagi shahar va qishloqlarga oid geografik ma’lumotlar, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati va adabiyotiga doir kо`pgina ma’lumotlar aks ettirilgan.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə