8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


III.Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə6/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

III.Yangi mavzuning bayoni.
4-topshiriq. Matnni o`qing va mazmunini so`zlab bering.
Yozuvchilar uyi
Men bu maftunkor bog`da ko`p bo`lganman, gullardan bahra ol- ganman, atirgullarning anvoyi hidlarini simirganman. Chorpoyamisol baland qilib qurilgan ayvon-so`riga necha marta chiqib o`tirganman.
Kunduzlari bu bog` o`zining rang-barang gullari bilan maftun etsa, kechalari charaqlab turadigan chiroqlar daraxtlarning bargi orasiga us- talik bilan yashirinib, xuddi ertaklardagi yog`dudek kishini asir qiladi.
Oqshomlari harorat ajoyib, huzurbaxsh salqinlik tushadi. Bunday paytlarda hamma narsa haqida o`y surish, so`zlashish qanday maroqli!
5-mashq. Berilgan gapiami o`qing. Ko`chiring va ajratib ko`rsatilgan fe’l shakllarining nomini ayting.
1. Kitob o`qish bolalarning eng sevimli mashg`ulotiga aylanishi kerak. 2. Kitob - hayot darsligi, uni nafaqat o`qish, sinchiklab uqish ham kerak. 3. Kitob evaziga hech narsa talab qilmay, o`zidagi barcha narsani beradi. 4. Ilm olish va ijod qilishdan zavqliroq va foydaliroq narsa yo`q. 5. Kitob nondek aziz: uni yirtish, yerga tashlash, yoqish jaholatdir.
Bilib oling!
Fe’lning otga xoslangan shakli harakat nomi deb ata- ladi. Harakat nomi fe’l asosiga -sh(-ish ), -v(-u v), -m oq qo`shimchalarini qo`shib yasaladi. M asalan: o`qish, yozish, boruv, yaratm oq. Bunda a yoki i tovushi bilan tugagan fe’l asoslariga -v qo`shimchasi qo`shilganda, a unlisi о ga, i unlisi u ga aylanadi.
Masalan: qara - qarov, o`qi - o`quv.
Harakat nomi ot kabi egalik, kelishik, ko`plik qo`- shimchalari bilan birga keladi va gapda otga xos vazifalarni bajaradi. Masalan: Olmoqning bermog'i bor.
6-mashq. Berilgan fe’llardan sof fe’l va harakat nomi shakllarini yasang va savollar asosida ikki guruhga ajratib yozing. Tovush o`zgarishlari yuz bergan so`zlarga izoh bering.

O ‘yla, qara, ijod qil, yarat, yoz, sot, chiq, chaq, say la, o`qi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə